Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

LYUDVIG TIK
(1773-1853-y.) 
Lyudvig Tik teatr tarixchisi, tarjimon, rejissyor va bir qator pyesalar muallifi 
bo'lish bilan birga nemis romantik dramaturgiyasi va teatri tarixidan nufuzli o'rin 
olgan dramaturglar sanog'ida turadi. 


 
Tik butun umrini adabiy va teatr ijodiga qaratgan zot edi. Ko'pgina romantiklar 
qatori Tik ham xalq ijodi va ko'hna nemis adabiyotiga alohida qiziqish bilan 
qaraydi. U nemis ertaklarini romantiklar ruhida qayta ishlab, ularni nashr ettiradi. 
Nemis «Xalq ertaklari» deb atalmish kulliyotlar ham uning e'tiboridan chetda 
qolmaydi. U XV—XVII asrlarda ijod qilgan nemis dramaturglari asarlarini to'plab 
o'rgandi va keyinroq ular «Nemis teatri» nomi bilan to'plam tarzida nashr etiladi. 
Tikning “Ko'hna ingliz teatri” degan kitobi ham uning o'tmish teatr hayotiga 
qiziqib qaraganligidan dalolatdir. 
Nemis romantiklariga xos to'pori va g'arib kundalik hayotdan uzoqlashish 
hususiyati Tik asarlarida yaqqol aks etgan. Bunga u ertak-pyesalarda real borliq 
bilan teatr tomoshasi, maishiy turmush bilan taxayyur chegaralarini bir-biriga 
tutashtirish orqali erishdi. 
“Etik kiygan mushuk” 
(1797) va 
«Olamning pala-partishligi» 
(1799) 
pyesalarida, masalan, ishtirokchi kimsalar badiiy timsollik holatidan chiqib, dab-
durustdan sahna ishchisi bilanmi, asar muallifimi, tomoshabin bilanmi muloqotga 
kira boshlaydi. Odatda, tomosha davomida sahnada ro'y beruvchi «ishkalliklar» 
oraga tushib, sannaviy holatni buzishga olib keladi. Shu usul bilan muallif tasvir-
lanuvchi hayot voqeligiga nisbatan o'z kinoya va istehzoli munosabatini ifoda 
etadi. 
Shu ma'noda Tikning «Bolalar uchun ertak» deb ataluvchi «Etik kiygan 
mushuk» pyesasi juda ibratli. Bu odatdagicha boyvachchalar, zodagonlar didiga 
mo'ljallangan asarlardan farqli o'laroq, keng doira teatr ishqibozlariga qaratilgan 
g'ayriodatiy komediya edi. Ayni paytda u teatr romantizmning romantik kinoya 
qoidasini amalda tasdiq etuvchi dasturiy asar hamdir. Undagi voqealar romantiklar 
alohida ko'ngil qo'ygan «teatrda teatr» ifoda usuli asosiga ko'rilgan. Sahnada teatr 
sahnasi va tomoshabinlar zali: voqea bir vaqtning o'zida zalda ham, sahnada ham 
davom etadi; sahnada etik kiygan mushuk haqida ertak namoyishkorona ravishda 
o'ynaladi; soddadil, lekin qovoqbosh bechora hol Gotlib meros olish o'rniga 
mushuk oladi. Mushuk bo'lganda ham biroz olg'irligi bo'lsa-da, turgan-bitgani aql, 
amali zo'r mushuk edi. Mushik o'ziga bashang etik tiktirib berilishini so'raydi, 


 
shundan so'ng u ertak syujeti bo'yicha noshud xo'jayini ishini o'nglashga kirishadi. 
Kishilar ko'zi tushishi bilan quti o'chadigan, o'z mahramlarini ezib adoyi-tamom 
qilgan Olabuji tengsiz imkonini ko'z-ko'z qilib, turli qiyofalarga kiradi, lekin 
behosdan sichqonga aylanib qolganini o'zi ham sezmaydi. Shu on mushuk bir 
tashlanadi-yu, uni gumdon qiladi. Asfalasofinga ketgan zulmkorning martabasi-
yu,' boyligi Gotlibga o'tadi. Bu hodisaga mushuk «Endi Gotlib misolida bosh-
qaruv tizg'ini uchinchi tabaqa (burjua) qo'liga o'tdi” deya istehzoli so'z qotadi. 
«Demak, bu inqilobiy pyesa ekanada» deya tomoshabinlar baqirib xushtak chalib, 
yer tepinib o'z noroziligini bildiradilar. 
Lekin bu yerda inqilobdan asar ham yo'q edi. Ovsar Gotlib malikaga uylanadi
yangi qirol yaxshi xizmatlari uchun mushukni orden bilan mukofotlaydi va 
dvoryanlik unvonini beradi. 
Tomosha davomida sahnadagi tomoshabin pyesa voqeasiga aralashib, unda goh 
hayotiy haqiqat yo'qligi, goh pand-nasihat unutilganligini aytib g'ovg'o ko'taradi, 
tomosha alg'ov-dalg'ov tusga kiradi. Quti o'chgan muallif sahnaga chiqqanicha 
niyatini tushuntira ketadi, aktyorlar qo'rquvdan suflyor so'zini eshitolmay 
dovdiraydi, ishchilar sahna pardasini beo'rin yopib, yana muallifni gapga qoldiradi. 
Pyesa siyosiy musohabadan ham holi emas. Unda muallif nazarida biron-bir 
o'zgarishga yo'l ocholmagan fransuz inqilobi haqida sha'malar eshitilib turadi. 
Uchinchi tabaqa vakili Gotlib obrazi kinoyaviy usulda chizilgan. Fikr-o'yi 
taralabedodlik bilan band zodagon tomoshabinlarning to'rachilik kayfiyati xajv 
ostiga olinadi. 
Turmush ikir-chikirlari tasvirining «ayoliy tasavvur bilan qorishiq holda kelishi, 
ko'tarinki orzu-istak va kinoya uyg'unligi, adabiy teatrga xos masharaomuz ifoda 
usullari Tik pyesalari Gotsining pyesa-ertak «fyablari» bilan yaqinligidan dalolat 
beradi. Tik yangi teatr tasvirchilik vositalarini ishlab chiqadi. U teatrning shartlilik 
tabiatiga asoslanadi. “Teatrda teatn” jozibadorligini ko'rsatish mahoratida bo'lg'usi 
rejissura ustasining yo'li va teatr nazariyachisining o'tkir zakovati ko'rinib turardi. 
Tik tomonidan sinchkovlik bilan ishlanib, amalda qo'llanilgan teatrga xos 
tomoshaviylik usuli estetik tamoyil tarzida dramaning keyingi rivojiga o'z ta'sirini 


 
ko'rsatdi, 1799-yildan Tik ijodining ikknichi bosqichi boshlanadi. Bu davrda XV-
XVI asrlar nemis xalq kitoblari asosida yaratilgan «Avliyo Genovevaning hayoti 
va o'limi» (1800), «Imperator Oktavian» (1804), «Fartunat» (1816) pyesalari diniy 
sujetlar tasviriga qaratilgan. Bulardan birinchisi eng mashhuri bo'lib, unda o'rta asr 
miraldi, shaklida avliyo. Genoveva hayoti tasvir etilgan. Asarda katolikchilik ruhi, 
o'rta asr davriga ihlosmandlik tuyg'usi ufurib turadi. «Avliyo Genovevaning hayoti 
va o’limi» diniy o'git ruhidagi asargina emas. Unda xalq kitobidan olingan 
oddiygina lavha ko'hna rivoyat tarzida tasvir etilgan. Pyesada diniy ohang ixlos 
qo'yishga qaratilgan tashxis tarzida namoyon bo'ladi. 
Tik pyesalar yozish bilan birga o'zini rejissyor sifatida ham ko'rsatgan. 1819-
yildan u Drezden teatrining badiiy rahbarligi vazifasini egallaydi. Tik teatrning 
nimaligini «His-ehtiroslar epkini, buyuklik va yuksaklik, hayrat va dilkusholik» 
vositasida kishini o'ziga rom etuvchi badiiy tasavvur tarzida ta'riflaydi. Tikning 
fikricha, bunday maftunkorlikka klassitsizmga xos ohangdorlik va va'z usuli 
o'rnida tabiiy hayotiy nutq asosida o'zaro uyg'un harakat qilish orqali erishish 
mumkin. Uning talabiga ko'ra, spektakl shartlilik asosida bezalishi, tomoshabin 
diqqatini aktyordan chalg'itmaslik uchun orqaga gilam tortib, spektakl ko'rsatish 
lozim. Teatr liboslari ham shu kabi shartli umumlashgan tarzda bo'lishi mumkin. 
Tik aktyor bilan tomoshabin orasida o'zaro: uyg'unlik yaratgan Shekspir davri 
teatrini eng ibratomuz teatr deb hisoblagan. 
Tik teatr faoliyatining ahamiyati uning teatrda romantizm estetikasi 
tamoyillarini tasdiqlashi bilan izohlanadi. Atoqli adib va dramaturg Kleys esa o'z 
pyesalari orqali nemis romantik dramasining repertuardan o'rin olib, nemis 
sahnasida uzoq vaqt davomida hukm surishini ta'min etib berdi. 
XIX asrning birinchi yarmida nemis teatri o'ta beqarorlik vaziyatini boshdan 
kechirdi. Shunga qaramay, XVIII asrning oxirlarida aktyorlik san'atida ko'rina 
boshlagan yangi tamoyillar romantik ijro usulining shakllanishiga olib keldi. Bu 
yo'nalishning asoschisi, Shryoderning shogirdi bo'lmish Yogann-Fridrix Flyok 
Berlin teatrida kechgan 18 yillik faoliyati davomida Lir, Makbet, Sheylok, Otello, 
Karl Moor kabi rollarni ijro etish orqali nemis sahnasida Shekspir qahramonlariga 


 
romantizm ruhida yondashuv tomoyillarini belgilab berdi. «Shekspirning fojeiy 
qahramonlarida mavjud bo'lgan qochirim, kinoyaviy o'rinlar, -deb yozgan edi 
dramaturg Tik, — Flyok ijrosida ajib bir tarzda bo'rtib ko'rinib turadiki, han-
gomavashlik bilan jiddiylikni dadilona uyg'unlashtirishdek bu g'alati salohiyat 
Flyokning buyukligini ko'z-ko'z qilib turadi». 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish