Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish


-Mavzu: XIX asrning birinchi yarmi va o’rtalarida G’arbiy Evropa teatri



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
6-Mavzu: XIX asrning birinchi yarmi va o’rtalarida G’arbiy Evropa teatri 
Reja: 
1.
Romantizm teatri haqida tushuncha. 
2.
XIX asrning birinchi yarmi va o’rtalarida fransuz teatri. 
3.
XIX asrning birinchi yarmi va o’rtalarida ingliz teatri. 
4.
XIX asrning birinchi yarmi va o’rtalarida nemis teatri. 
Ovro'po mamlakatlari va AQSH teatri XIX asrda o'z taraqqiyotining yangi 
bosqichiga ko'tariladi. 1789—1794-yillar fransuz burjua inqilobi tufayli iqtisodiy-


 
ijtimoiy sohada shunday o'zgarishlar ro'y berdiki, ular teatr san'atini tubdan 
yangilanishga olib keldi. 
Ovro'po teatrining faoliyat tarzi XIX asrda butkul boshqacha tusga kirdi: o'sha 
davr uchun xos erkin raqobat tarzi teatrlar tarmog'ining mudom kengayishiga olib 
keldi. Ovro'po mamlakatlarida bo'lganidek, AQSHda ham markaz va viloyatlarda 
ko'pdan-ko'p shaxsiy teatrlar paydo bo'ldi. Ular ommaviy tomoshabinlarga 
moijallangan imtiyozli teatrlar (Parijda xiyobon teatrlari, Londonda kichik teatrlar) 
dan farqlanib turardi. Demokratik doiralar mafkurasi ma'naviy hayotning boshqa 
sohalari qatori teatrga ham samarali ta'sir ko'rsata boshladi. 
XIX asrning birinchi yarmida ijodiyotda romantizm yetakchi badiiy yo'nalish 
bo'lib qoladi. Shakllanish bosqichi shu davrga oid tanqidiy realizm uslubi 
romantizm bilan baqamti yashab, XIX—XX asrlar bo'sag'asida drama va sahna 
san'atining asosiy badiiy yo'nalishiga aylanadi. 
Romantizm dunyoni anglash usuli, ijodiy uslub tarzida XVIII asrning oxiri — 
XIX asrning boshlarida umuminqilobiy ko'tarilish, ijtimoiy va milliy ozodlik 
harakatlari mahsuli sifatida shakllandi. Romantizm o'sha davrning bayrog'iga 
aylandi, bunga sabab bu san'at orqali davr olg'a surgan insonning shaxsiy erkinligi, 
xalqlarning mustaqillik uchun kurashish g'oyalari idrok etildi. 
Romantizm atamasi fransuzcha romantisme so'zidan olingan bo'lib, ishqiy 
munosabatlar bilan bog'liq voqea va yozishlarni anglatgan. Romantizm teatri — 
tabiatan shoirona kechmishga, lirik jo'shqinlikka asoslangan san'at; shu holat 
mazkur san'atda avval muqimlashib qolgan san'at qoidalariga zid tarzda «his-tuyg'u 
ustuvorligi» bosh qoidaga aylanishini belgilab bergan. Romantiklar yangi tarixiy 
bosqichda klassitsizmga qarshi kurash ochib, bu oqimga xos aql-idrok ustuvorligi 
qoidasini yo'qqa chiqardilar. Ular voqelikni badiiy idrok etishda uni yaxshiligu 
yomonlik, ulug'vorligu tubanlik uyg'unligidan iborat rango-rang va o'zgaruvchan 
narsa tarzida ko'rsatish uchun kurashdilar. Romantiklar san'atni yangi marralarga 
olib chiqish omillarini xalq ijodidan topdilar. Xalq urf-odatlari, rivoyat va ertaklari, 
ommabop demokratik teatr turlari yangi ruhdagi drama turini yaratishda ularga 
bebaho xazina bo'lib xizmat qildi. Shuningdek, ular Uyg'onish davri san'ati, 


 
chunonchi, ispan va ingliz dramaturgiyasi va, ayniqsa, o'zlarining estetik ideallari 
ifodachisi tarzida qabul qilingan Shekspir ijodidan bahramand bo'ldilar. 
1830-yillarga kelganda romantik qahramon sahnani butkul o'ziniki qilib oladi; 
e'tiborlisi shundaki, pyesa voqeasi qaysi davrda o'tishidan qat'i nazar, bu qahramon 
zo'rlik va haqsizlik olamiga qarshi kurashga kirgan o'tyurak, beorom «XIX asrning 
navqiron shunqori» tarzida namoyon bo’ladi. 
XIX asrning o'rtalariga kelganda tanqidiy realizm san'ati yetakchi o'rinni 
egallaydi. Tanqidiy realizm burjua jamiyatining yetilish jarayoni bilan bevosita 
bog'liqlikda shakllandi. Shu bois bu uslubning ilk namunalari Fransiya va Angliya 
mamlakatlarida paydo bo’ldi. 
Fransiya XIX asr jahon teatr madaniyati tarixida alohida nufuzli o'ringa ega. 
Fransuz burjua inqilobi fransuz san'ati rivojiga alohida ta'sir ko'rsatdi. 1791-yili 
Ta'sis majlisi teatr haqida alohida dekret qabul qildi. Bunga ko'ra fransuz teatrlari 
orasida hukm surib kelgan imtiyozli va imtiyozsiz teatr degan farqlash maqomlari 
bekor qilindi, kimki istasa, unga teatr ochish huquqi berildi. Shuning natijasida bir 
yil ichida Parijning o'zida o'n sakkizta yangi teatr ochildi. 
Klassitsizm an'analari boshqa mamlakatlarga qaraganda Fransiyada chuqur ildiz 
otgan edi. Bu hol g'oyaviy maslagidan qat'i nazar romantiklarni o'zaro birlashib, 
shu oqim aqidalariga qarshi kurashga da'vat etdi. 
XIX asrning o'rtalarida Balzakning realistik san'ati yuksak namunalar bera 
boshlaydi. V. Gyugo, A. Dyuma (otasi), A. de Vini romantik dramalarining teatr 
amaliyoti bilan bog'liqligi 1820— 1830-yillar Fransiya teatr hayotining muhim 
yutuqlariga aylandi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish