Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

GYOTE (1749-1832-y.) 


 
Yogann Volfgang Gyote Frankfurt - Maynda boy oilada tavallud topgan 
Gyotening otasi huquq doktori bo'lib, ota-bobolaridan meros qolgan sarmoyadan 
tushuvchi foiz hisobiga yashagan va o'g'lining tarbiyasi bilan shug'ullangan. 
Gyote oilada juda yaxshi tarbiya ko'radi, so'ng Leypsig va Strasburg 
universitetlarida tahsilni dayom ettiradi. Gyote bolaligidan teatrga ishqiboz bo'lib 
yashagan. Teatrga borish uning o'quv jadvaliga kiritilgan edi. Uning yoshlikdan 
o'zini dramaturgiyada sinab ko'rishi ajablanarli emas. U mashhur bo'lib ketgan 
«Gyote fon Berlixingen» (1773) nomli birinchi pyesasini Strasburgda yozdi. Bu 
xalq hayotiga bag'ishlangan birinchi nemis tarixiy dramasi bo'lib, u yangi 
adabiyotni shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Asar oilaviy-maishiy 
mojaro emas, balki to'g'ridan-to'g'ri ijtimoiy-siyosiy to'qnashuv asosiga qurilgan 
edi, 
Tarixiy mavzudagi keyingi «Egmont» (1775) asarida ispan hukmiga qarshi 
kurashgan nedirlandlar sardori graf Egmont ispan noibi gersog Alba tomonidan 
qatl etilishi hikoya qilingan.
Gyote “Ifigeni Tavridada” (1779), «Torkvato Tasso» (1790) kabi tragediyalar 
yozadi. Lekin uning «Faust» tragediyasi jahon adabiyoti xazinasiga qo'shilgan 
bebaho hissa bo'ldi. Gyote bu asar ustida yetmish yil davomida goh to'xtab, goh 
davom ettirib ish olib borgan. Gyote bu asarda ma'rifatparvarlikning tub ma'no va 
mohiyati insonning olamaro muloqoti, tabiat sirlarini anglash va shu cheksiz 
mo'jizalar xilqatida o'z o'rnini topishida ekanini ifoda etib berdi. 
Gyote dramaturggina emas, shu bilan birga, teatr san'atining yirik arbobi ham 
edi. 1791-yildan 1817-yilga qadar u Veymar saroy teatriga rahbarlik qiladi, o'z 
teatr maktabini yaratadi. 
FRIDRIX SHILLER (1759-1805-y.) 
Yogann Kristofor Fridrix Shiller Vyurtemberg gersogligining Marbax shahrida 
zobit oilasida tavallud topgan. Yoshligidan uni gersog Karl Yevgeniyning yopiq 
harbiy bilim yurtiga o'qishga beradilar. Bu yer — o'quv maskanini emas, 
qamoqxonani eslatardi. Talabalar ota-onalari bilan ham nazoratchining kuzatuvi 
ostida uchrashardilar. 


 
Shiller o'zining «Qaroqchilar» deb atalgan birinchi pyesasini shu yerda 19—20 
yoshida yozgan. Asar qo'shni Mangeym gersogligida qo'yiladi (1781). Shillerni 
badiiy ijodga qoi urganlikda ayblab, Karl Yevgeniy avaxtaga tashlaydi, jazodan 
qutilgach, u bir um-rga Vyurtembergdan chiqib ketadi. Ta'qib-tazyiqlar ostida 
uning keyingi «Makr va muhabbat» (1783), «Fiyesko fitnasi» (1784) pyesalari 
yaratiladi. 
Shiller Leypsig, Drezdenda yashaydi, umrining so'nggi davrini Veymarda 
Gyote bilan ijodiy hamkorlikda o'tkazgan. U tarixni o'rganishga beriladi, Iyen 
dorilfununining professori unvoniga sazovor bo'ladi. Tarixiy mavzularda «Don 
Karlos», o'ttiz yillik tarixidan «Vallenshteyn haqida trilogiya, «Orlean qizi», 
«Vilgelm Tell», «Mariya Styuart» tarixiy dramalarini yaratadi. 
Shillerning tarixiy mavzuda yozilgan asarlari orasida «Mariya Styuart (1800) 
ma'rifatparvarlik realizmi sohasida erishgan eng yirik yutug'i bo’ldi. Unda, 
umuman nemis dramaturgiyasi erishgan yutuqlar bir nuqtaga jo bo’lgandek 
uyushiq tarzda namoyon bo'lgan. 
Shiller «Mariya Styuart»ni tahliliy drama deb atagan. Bu ta'bir bo’lib o'tgan, 
endi rivojlanishi lozim bo'lgan voqea pyesaga asos bo’lganligini anglatadi. Muallif 
barcha voqealar kechimini ko'rsatmaydi, balki ularning eng qaynoq nuqtalarini 
chizib tahlil etadi. Shiller «Shoh Edip»ni shu toifadagi pyesa uchun namunaviy 
asar deb hisoblagan. Lekin, Shiller Sofokl asarining tashqi tomonini tiklagan emas. 
Shillerning antik merosni chuqur o'rganishi unga yangi toifadagi psixologik fojiani 
yaratishda yordam berdi. 
XVIII asrning 30-yillarida Leypsig shahrida iste'dodli aktrisa teatr tashkilotchisi 
Karolina Neyber tomonidan nemis teatri tarixiga «Leypsig maktabi» nomi bilan 
kirgan teatriga asos solindi. Shu asrning o'rtalarida ijod gulshaniga kirib kelgan 
deyarli barcha yirik nemis aktyorlari o'z faoliyatlarini shu teatrda boshlaganlar. 
Ular klassitsizmning rol va matn ustida ongli ishlash yo'riqlarini shu Lepsig 
sahnasida egallaganlar. 
XVIII asrda nemis teatrida yuz bergan eng shonli davr ulug' aktyor va rejissor 
Fridrix Lyudvig Shryoder (1744—1818) ning nomi bilan bog'liq. Shryoderning 


 
nemis teatri oldidagi tarixiy xizmati Shekspir asarlarini sahnaga qo'yish va ularda 
o'zi bosh rollarni ijro etishda ko'rindi. Uning bu boradagi faoliyati «Hamlet» 
asarini qo'yishdan boshlandi. Spektakl premyerasi 1776-yil 20-sentabrda katta 
muvaffaqiyat bilan o'tadi. Shundan so'ng «Otello», «Venetsiya savdogari», «Har 
narsaning me'yori yaxshi», «Qirol Lir», «Richard III», «Genrix IV» «Makbet» 
asarlari qo'yiladi. Shryoder Hamletning ichki dard-alam va ruhiy iztiroblarini butun 
murakkabligi bilan ifoda etib bergan edi. Shryoderning yana bir eng e'tiborli roli 
— «Lir» edi. «Uning o'tli qarashlari, - deb yozgan edi zamondoshlaridan biri, — 
og'riqli qalb jazavasi birgina sahna davomida obrazni tubdan o'zgartirib yubordi. 
Uning ko'zlaridan chaqmoq otilgandek, yuzi qizarib ko'pchib ketgandek bo'ladi. 
Gavdasining har bir qismi jarohat olgan misol titraydi, lablari qaltiraydi, qo'llari 
ko'kka ko'tariladi, momaqaldiroq gumburidan uzilib tushgandek dahshatli ovozda 
nasl-nasabiga tavqi la'nat toshlarini otadiki, tomoshabinni ham titroq qoplab 
oladi». Bu shunday dahshatli qarg'ish ediki, Gonerilya rolini ijro etuvchi aktrisa bu 
qarg'ishning bolalariga tegishidan cho'chib, Shryoder bilan chiqishdan bosh 
tortgan. 
Shryoder ham Garrik singari ma'rifatparvarlik realizmiga suyanib ish ko'rgan. 
«Ham his-tuyg'u va aql-idrok uyg'uriligi» uchun kurashdi va o'z shijoatini 
mohirona tarzda boshqara bildi. U har bir rolning ayricha, o'ziga xos qiyofada 
ajralib turishiga alohida e'tibor berar edi. «Men har bir rolning o'ziga yarashiq 
ifodasini topishga urinaman. Natijada, rol boshqacha emas, aynan o'z turqi va 
qiyofasini topadi», der edi u. Shryoder o'z ijodi bilan Germaniyada 
ma'rifatparvarlik realizmi rivojining eng yuqori cho'qqisini belgilab berdi. Uni 
«nemis Garriki» deb atasa ham bo'lardi, lekin u nemis Shryoderi edi; uning 
shuhrati o'ziga yetib ortardi. 
1780-yillarda Germaniyada klassitsizm uslubi kuchayadi. Shu yo'nalishga 
asoslangan Gyote boshliq Veymar teatri nemis sahna san'ati rivojida katta 
ahamiyatga ega bo'ldi. Ulkan san'atkor bo'lganligidan Gyote fransuz klassitsizmiga 
mutelarcha taqlidchi bo'lib qolmadi. Aslini olganda, u klassitsizm uslubiga 
moslangan ma'rifatparvarlik realizmi yo'nalishida ish ko'rgan edi. Gyote bir xil 


 
rollarni ijro etishusuli, «amplua»ni tan olmadi, u lanj, loqayd kimsalar rollarini 
shijoatli aktyorlarga ham beraverdi. Bu bilan u o'zidan uzoqlashib, o'zgalar 
qiyofasiga kirish usulini ko'zlar edi. Uning teatri repertuari klassitsistik 
tragediyalar qatori Shekspir, Shiller, Kalderon,. Gotssi va boshqa jahon 
dramaturglari asarlariga asoslangan edi. Muhimi, repertuarda shoirona ruhdagi 
asarlar bo'lishi kerak edi. Veymar teatri aktyorlari Germaniyada she'rni eng yaxshi 
o'qiydigan kishilar bo'lishgan. Ularning ulug'vor, biroz tantanavor nutqiy ifodalari 
shoirona ruh bilan uyg'unlashib, teatrni chin nafosat gulshaniga aylantirgan edi. 
Gyotening san'ati zamon ruhiga va jahoniy o'zgarishlarga mos bo'lib tushdi. 
Lekin shu bilan birga, Veymar sahnasi eski klassitsizm teatriga xos shakl va 
aqidalardan xoli emas edi. Bu Gyote tuzgan «Aktyorlar uchun qoidalar»da o'z izini 
qoldirdi. Bu risolada klassitsizmning qoida va amaliyotini chuqur bilgan 
san'atkorning qarashiarigina emas, Lessingning nazariy qarashlari ham o'z 
ifodasini topgan. 
XVIII asr teatr san'ati ma'rifatparvarlik tafakkuri tug'ila boshlagan palladan 
dramaturgiya va aktyorlik san'atining noyob namunalari yaratilgunga qadar bo'lgan 
g'oyat boy taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi. Bu ijodiy kashfiyotlar avlodlar xotirasida 
abadul-abad muhrlandi va ular sahna san'atining kelajak ravnaqi uchun mustahkam 
poydevor bo'lib qoldi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish