PIYER O'GYUSTEN KARON BOMARSHE (1732-1799-y.)
Piyer O'gyusten Karon, keyinchalik dvoryanchasiga de Bomarshe soatsoz
oilasida tug'ilgan. U yoshlikdayoq ko'p sohaiarda yorqin namoyon bo'lgan layoqati
bilan odamlarni hayratga solgan: yangi, g'aroyib soat nusxasini ixtiro qilgan;
musiqaga zo'r layoqati bo'lganidan Lyudovik XV saroyida uning qizlariga
musiqadan dars bergan. U yangi arfa nusxasini ixtiro qiladiki, bu so’z keyinchalik
ham qo'llanilib keldi; saroydagi obro'-e'tiboridan foydalanib, moliya oldi-
berdilarida omilkorlik ko'rsatib kattagina pul ham to'playdi, qamalib ham chiqadi.
Shundan so'ng Bomarshe o'zini sahnada ko'rsatish payiga tushadi. Lekin
ma'rifatparvarlar bu saroy shovvozini o'z saflariga olmaydilar. Bomarshe sudlanib,
boyligidan ajrab, saroy doirasidan bezib, tabaqachilik tuzumini fosh etgandan
keyin ilg'or ziyolilar uni tan ola boshlaydi. Bomarshening o'tkir tanqidiy ruhdagi
«Xotiralar»i (1773-1774) nashr qilinib, o'zi bir fursat hibsda yotib chiqqandan
keyin bu zaxmatkash zot jamoat ko'z o'ngida yo'qsillarning huquqi va qadr-
qimmatining mardonavor himoyachisi tarzida o'zini ko'rsatadi. Uni ilk bor
dramaturg sifatida tanitgan «Seviliya sartaroshi» komediyasi ham shu davrda
yozildi, lekin faqat Lyudovik XV ning vafotidan keyin, 1775-yili sahnaga qo'yildi.
«Figaroning uylanishi» «Seviliya sartaroshi»ning davomi bo'lib, 1781-yili yozildi,
lekin oradan uch yil o'tgach, sahna yuzini ko'rdi. «Bu tuban bir narsa, u hech
qachon oynalmaydi,-deya g'avg'o ko'targan edi asarni o'qigach Lyudovik XVI, -
Bastiliyani buzib tashlash lozim, aks holda bu pyesa dahshatli nashtari bilan
hammani xarob qiladi. Mamlakatda nimaiki muqaddas hisoblansa, hammasining
ustidan kulgan bu zot». Chindanda, «Figaroning uylanishi» sahnaga qo'yilgandan
keyin besh yilgina o'tishi bilan bosh ko'tarib chiqqan Parij xalqi Bastiliyani
egallaydi. Napoleon «Figaroning uylanishi»ni «harakatga kelgan inqilob», deb
atadi.
«Figaroning uylanishi» asarida graf Figaroning raqibi sifatida ko'rinadi: u
Figaro uylanmoqchi bo'lgan qaylig'i Syuzanna bilan to'yoldi birinchi tunni
o'tkazish payida o'z xizmatkori bilan to'qnashuvga kiradi. Figaro esa zinokor graf
Almaviva va Syuzannaga oshiq aslzoda Kerubino intilishlirini bartaraf etib, o'z
murod-maqsadiga erishadi.
Figaro asarning bu qismida shafqat talab kishi emas, u dadil tortishadi, olishadi
va haqini qo'ldan boy bermaydi. Uning achchiq asosli so'zlari butun hukmdorlar
saltanatiga qaratilgan ta'nalar tarzida jaranglaydi. Bomarshe Figaro obrazi bilan o'z
ijodining hayotga naqadar yaqinligini namoyish etdi.
1792-yili Bomarshe trilogiyaning «Jinoyatchi ona» degan oxirgi qismini
yozadi. Lekin bu dramaturgning avvalgi g'oyalaridan chekinishidan o'zga ish
bo'lmadi.
1680-yili Molyer truppasi, Burgundiya va Genego teatrlaridan tanlab olinib, 27
nafar iste'dodli aktyorlar tarkibida tashkil topgan
«Komedi Fransez» teatri XVIII asr davomida Fransiyaning bosh tetari sifatida
faoliyat ko'rsatib keldi. Bu davlat tomonidan moddiy ta'minlanuvchi va Parijda
yakka hokimlik huquqiga ega qirollikning imtiyozli teatri edi. Yigirma yetti aktyor
soseter (paychi) daromadni o'zaro teng bo'lish huquqiga ega xodim hisoblanib,
ularning faoliyati kamer — yunker deb atalgan to'rt kichik saroy amaldori to-
monidan har oy navbatma-navbat boshqarilgan. «Komedi Fransez» teatridan
tashqari XVIII asrning 20-yillarida Parijda bulvar — xiyobon teatrlari keng avj
oladi.
Aktyorlik sa'nati sohasida ayniqsa uch aktyor shuhrat topdi. Shulardan biri Mari
Dyumenil (1713—1803) qaynoq hissiy kechinmalarga boy san'atkor sifatida
tanildi. U ijodi ko'ngil mayli (intuitsiya) dan tug'iluvchi aktirisa bo'lib,
tomoshabinning ko'z o'ngida ilhom epkini bilan obraz yaratar, goho hayratlanarli
tarzda his-ehtiroslar quyuniga g'arq bo’lar edi. Lekin ilhom parisi hamisha ham
yordamga kelaver-mas va bunday vaziyatda uning rollari noravon bo'lib chiqar edi.
Didra «Aktyor haqida paradoks” risolasida his-ehtrosga berilish aktyor uchun
xatarli ekani haqida so'z ocharkan, o'z fikrini tasdiqlash maqsadida Dyuminel
ijodini misol qilib ko'rsatgan.
Dyumenil Volter dramaturgiyasi estetik tabiatining faqat bir jihatiga mos
tushdi, ya'ni u yuqori darajadagi his-tuyg'u ifodachisi sifatida qahramon taqdirida
favqulodda ro'y beruvchi ruhiy o'zgarishlarni yashin chaqinidek jo'shish,
alangalanish orqali mohirona namoyon etdi. Garrikning ta'biricha, «Unda
shunchalik chiroy va tarovat jamuljamki, bular meni hayratga soldi va unga nis-
batan hurmat-e'tiborimni oshirib yubordi».
Ippolita Kleron (1723—1803) yuksak texnika egasi ekanligi bilan Dyumenildan
tubdan farqlanib turadi. U Volter asarlari orqali mantiqiy tahlil usullarini
o'zlashtiradi va shu yo'l bilan kechinma san'atiga yaqinlashadi.
Kleron umr bo'yi o'qish-o'rganish bilan shug'ullanadi: u anatomiyadan inson
yuz-yanoq muskullarining har birining harakat va tuslanishi orqali his-tuyg'uning
qaysi turini ifodalash usullarini o'zlashtirgan edi. Kleron obrazni chuqur tahlil etish
bilan uning ijtimoiy kelib chiqishi, axloqiy qiyofasi, u yoki bu xatti-harakatining
asoslarini anglab olishga harakat qilardi.
Kleronning tabiati uchun his-tuyg'u cho'g'i yot emas edi. Didroning guvohlik
berishicha, mashq jarayonida ba'zan u hissiy jazavalar alangasida yonguvchi edi.
Kleron «Komedi Fransez» sahnasiga viloyatda olti yillik va Parij opera teatrida
birmuncha tajriba to'plab, 1743-yili kelgan edi.
Leken ijodi gullagan bir paytda, 1765-yili sahnani tashlashga maj-bur bo'ladi va
saroy-kishilari bilan urushib qolib, shu yili bir fursat qamoqda yotib chiqadi va
keyin sahnani tashlab ketadi.
Volter dramturgiyasida o'zini buyuk ijodkor sifatida ko'rsatgan aktyor Anri Lui
Leken (1729—1778) bo'ldi. Leken yoshligidan uy havaskorlik truppalarida rollar
ijro etib, so'ng Volterning uy teatrida uning ustozligida mahoratini oshirgach,
«Komedi Fransez» sahnasiga kelgan. Leken o'z ustida sabot bilan ishlab,
klassitsizm talabi darajasida jarangdor ovoz, tashqi ko'rkamlik fazilatlarini ort-
tiradi. Leken o'z ijodida Dyumenilga xos ko'ngil izxori va hissiy joziba va
Kleronning zakovati, mantiqiy izchilligini uyg'un tarzda o'zlashtirib, Volter
qahramonlarini sahnada butun borlig'i bilan namoyon etuvchi aktyor sifatida
maydonga chiqqan edi. Volter Lekenni o'z dramaturgiyasining eng iqtidorli
talqinchisi deb bilgan.
Volterning «Xitoylik yetim» (1755) asaridagi Chingizxon Lekenning birinchi
yirik roli bo'ldi. Volter yordamida rol ustida ishlab, o'z ijrosining tabiiyligi bilan
tomoshabinni hayratga soluvchi darajaga ko'tariladi. Bu spektaklning tarixda
qolishining yana bir sababi, Leken Chingizxon, rolida Xitoy qizi Idema rolida
Kleron chiqqan edi. Leken Muhammad va Orasman rollari bilan yangi yutuqlarga
erishadi. Orasman sharq kishisi emas, balki fransuz saroy mulozimi tarzida
namoyon bo'ldi. Orasman rol yechimi Otello obrazini chuqur o'rganish orqali topdi
va u tez ta'sirlanuvchan, jo'shqin qalbli, lekin saroy tarbiyasini ko'rmagan dag'al
ehtirosli shaxs tarzida ko'rindi.
Leken keyingi yigirma yillik xayotini ko'proq rejissuraga bag'ishladi. 1759-yili
«Komedi Fransez» sahnasi atrofida tomoshabinlarning joylashish tartibini bekor
qiladi va u kengaytirilgan sahnaning birinchi ijodkori sifatida maydonga chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |