Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish


-Mavzu: Ma’rifatparvarlik davri teatri



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
5-Mavzu: Ma’rifatparvarlik davri teatri 
Reja: 


 
1.
Ma’rifatparvarlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari. 
2.
Ma’rifatparvarlik davri Ingliz teatri. 
3.
Ma’rifatparvarlik davri fransuz teatri va uning mashhur ijodkorlari. 
4.
Italiya teatri namoyondalari. 
5.
Ma’rifatparvarlik davrida nemis teatri. 
1688—1689-yil ingliz burjua inqilobidan 1789-yil ulug' fransuz burjua 
inqilobiga qadar bo'lgan yuz yillik — Ovro'po teatri tarixiga Ma'rifatparvarlik 
davri sifatida kirdi. 
Ma'rifatparvarlar Uyg'onish davridan shaxs hurligi va uning erkin ma'naviy 
takomillashuvi g'oyasini meros qilib oldilar. Ular manfaatparastlikka asoslangan 
burjuacha ishbilarmonlikni fuqarolik vazifalari bilan uyg'unlashtirish, burjuaziyani 
«fuqaro»ga xizmat qildirish mumkin, deb hisobladilar. Bunga erishishning eng 
maqbul yo'li — insonni ma'rifatli qilish deb bildilar. Dili va aql-idroki ma'rifat nuri 
bilan jilolangan inson fosiqlik tuzog'iga ilinmaydi, jamiyat saodati yo'lida xizmat 
qilish uning uchun mo'tabar maqsadga aylanadi, deb tushundilar ular. 
Ijodkorlar turli mamlakatlarda turlicha ijod qilgan bo'lsalar-da, lekin ularni 
yagona ma'rifatparvarlik g'oyasi birlashtirib turdi. Ayni zamonda XVIII asr badiiy 
ijodiyotida bir-biridan tubdan farqlanuvchi o'ziga xos, betakror ijodiy siymolarni 
yetishtirib berdi: Angliyada Sheridan va Garrik, Fransiyada Volter, Didro, 
Bomarshe va Leken, Germaniyada Lessing, Gyote, Shiller, Italiyada Goldoni va 
Gotssilar jahon madaniyati tarixidan munosib o'rin olgan shunday so'z ustalari va 
san'atkorlar edilar. 
Ma'rifatparvarlar «dili va aqli» bir-biriga mutanosib shaxsnigina ideal shaxs deb 
bilganlaridan ular san'at bobida ham his-tuyg'u talablariga e'tibor bilan qaraganlar. 
Lekin his-tuyg'u va aql idrok orasidagi mutanosiblik darajasiga nisbatan bo'lgan 
tushunchalarda o'zgarishlar yuz berib bordi. Ma'rifatparvarlik san'ati rivojining 
birinchi, ya'ni ma'rifatparvarlik klassitsizmi yetakchi yo'nalishga aylangan davrda 
aql-idrok his-tuyg'udan sezilarli darajada ustun turardi. 


 
XVIII asr san'atining keyingi rivojlanish bosqichi ma'rifatparvarlik realizmi deb 
yuritildi. Uchinchi bosqichda ko'pchilik ma'rifatparvarlar hissiyotiga ro'ju 
qo'ydilar. Shu bois uni sentimentalizm bosqichi deb atash taomilga kirdi. 
Ma'rifatparvarlik teatriga xos qator teatr janrlari dastlab Angliyada shakllandi. 
Shunday janrlardan biri sentimental (hazin) tash-viqiy komediya bo'lib, uning bosh 
maqsadi — yaxshilik namunalarini ko'rsatish bllan kishilarni ezgulikka da'vat 
etishdan iborat bo'ldi. Keskin to'qnashuv va kulgili vaziyatlarni chetlab o'tuvchi bu 
xil komediyada burjua turmushi ko'tarinki ruhda ifodalandi, burjuacha axloqiy 
tamoyillar tasdiq etildi. 
1730-yillarning boshida yana bir janr — burjua tragediyasi yoki meshchan 
dramasi paydo bo'ladi. Meshchan dramasida oddiy inson fojeiy sahnaning bosh 
qahramoniga aylandi. Jorj Lillo (1693— 1739)ning «London savdogari yoki Jorj 
Barnvel qissasi» (1731) asarining ulkan muvaffaqiyati bu janrning sahnada 
tasdiqlanishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Asarda Jon Barnvelning suyug'oyoq 
Milvudga ilashib qolib, uning qistovi bilan xo'jayinining mulkini o'g'irlasbi, keyin 
merosiga egalik qilmoqchi bo'lib, o'z amakisini o'ldirishi liaqida hikoya qilingan 
edi. Jinoyatchilarning har ikkalasi ham qatl etiladi. 
Ballada Operasi va mashq (repetitsiya) janrlari keng yoyiladi. Bu janrlarga 
mansub asarlarda mavjud tartibotga nisbatan tanqidiy munosabat kuchli ifoda 
etilgan. Ballada operasi — parodiya janridir; unda qo'shiqlar, odatda, mutlaqo 
nomuvofiq ohanglarda, ya'ni kulgili so'zlar, g'ussali so'zlar kulgili ohanglarda 
aytilgan. Qahramonlar bamisoli ikki qiyofali bo'lib ko'rinadilar: masalan, 
qaroqchilar tarzida ko'ringan kimsalar mutlaqo o'zgacha — qaroqchi-siyosiy 
arboblar tarzini oladilar. 
Mashq — repetitsiya janri «teatrda teatr» usuliga asoslangan janrdir. Bu 
janrning tarixi «Bukengemning» Mashq (1671) pyesasidan boshlandi. 25 ta pyesa 
yozgan yirik hajv ustasi Genri Filding (1707—1754) ham bir qator pyesalarini 
mashq janrida yozib, burjua demokratiyasidagi soxtaliklarni fosh etgan. 
Lekin tomoshabinlar orasida keng shuhrat topgan ballada operasi janri bo'lib, u 
Jo'n Gey (1685—1732) ning 1728-yili sahnalashtirilgan «Qashshoq operasi» 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish