Jeyms Kuin esa klassitsizmni asosiy uslub sifatida qabul qiladi. Charlz Maklin
realistik ijro yo'lini ilk bor ingliz sahnasida amalda namoyon
etgan aktyorlardan
biri bo'ldi. Uning shogirdi Devid Garrik ingliz sahna san'ati rivojida yangi davr
ochdi.
Devid Garrik (1717—1779)ning onasi irland oilasidan, otasi fransuz zobiti
bo'lib, ular o'z farzandlarining huquqshunos bo’lishini istar edilar. Oilada teatrni
juda sevishar va shu bois Devid havaskorlik spektakllarida ishtirok etib turar edi.
Shunday hodisalardan biri 1741-yili kichik Gudmens — Filds teatrida ro'y
beradi
— u Richard III rolini ijro etadi va butun Londonga taniladi.
O'sha davrda Londonda 1682-yili tashkil etilgan Druri-Leyn va 1732-yili
uyushgan Kovent Garden teatrlari mavjud edi. Garrik 1747-yili Druri-Leyn teatrini
sotib oladi va qariyb 30 yil davomida shu teatrga rahbarlik qilib, Shekspirning 25
ta asarini sahnaga qo'yib, ularning ko'pchiligida o'zi bosh rollarni ijro etadi.
O'rta bo'yli, qaddi-qomati
kelishgan, yuz-ko'zlari benihoya ifodali bu inson,
avvalo, buyuk aktyor edi. Unda aktyorlik salohiyati davrning estetik ehtiyojlarini
teran his etish layoqati bilan ajib tarzda uyg'unlashib ketgan edi.
Garrik ijodida Richard III, Qirol Lir va Hamlet rollari, ayniqsa, katta
ahamiyatga ega bo'lgan.
Garrikning Hamleti yana ham xayratlanarli edi. Aktyor
dard-alamlardan azobda
qolgan mardonavor kishi siymosini yaratdi. Hamlet deyarli har bir sahnada ajib
sahnaviy shakllar orqali jo'shib turuvchi va ba'zan butkul bir-biriga zid his-
tuyg'ular hukmi ostida ko'rinar edi.
Garrik trgediyada ham, komediyada ham bir xil darajada muvaffaqiyat
qozongan. Eng muhimi, turli toifadagi rollarda chiqish san'atkor is'tedodining
barcha jihatlari ochilishiga olib kelgan.
Rejissura sohasidagi islohotni Garrik 1747-yili tomoshabinlarning sahna
atrofida o'tirish tartibini bekor qilishdan boshladi. Klassitsizm
ruhidagi spektaklda
tomoshabinning sahna atrofida joylashuvi aktyorlarga unchalik xalaqit bermas edi.
Garrik sahna bo'shlig'idan kengroq foydalanishni ko'zlaydi. 1765-yili sahna ich-
karisida parda-to'siqlar (rampalar) o'rnatilishi ham shu intilishning natijasi edi.
Garrik o'z teatriga atoqli fransuz va ingliz rassomlarini taklif etadi,
libos sohasida
ham islohotlar o'tkazadi.
Devid Garrik ingliz teatri tarixidan eng ulug' teatr arboblaridan biri sifatida o'rin
oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: