Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

KARLO GOTSSI (1720-1806-y.) 
Go'tssi bir paytlar boy-badavlat bo'lgan va keyinroq qashshoqlashib qolgan 
zodagonlar xonadonida tavallud topgan edi. U Goldoni amalga oshirgan 
islohotlarni san'at va ijtimoiy tuzum haqidagi azaliy tushunchalarni yo'qqa 
chiqaruvchi harakat deb qabul qiladi. U har bir ijtimoiy tabaqaning o'z o'rnida 
bo'lishi, eski feodalcha tartibotni saqlab qolish tarafdori edi. Goldonining o'z 
komediyalarida jamiyatning quyi tabaqalarini teng huquqli qahramonlar tarzida 
ko'rsatishi Go'tssiga mutlaqo yoqmaydi. Goldoni olg'a surgan odob-axloq qoidalari 
ham uni dahshatga soladi: kishilar orasidagi munosabatlarning aql-idrok asosiga 
qurilishi, uning fikricha, axloqni barbod etuvchi usuldir. Go'tssining e'tiqodicha, 
axloqning asosi — dindir. 
Ayni chog'da Go'tssi o'z qarashiga ega haqiqiy san'at jonkuyari, tug'ma iste'dod 
egasi sifatida maydonga chiqqan edi. U Goldoniga o'z teatrini qarshi qo'ya oldi: 
birinchi teatr ertagi - «Uch apelsinga sevgi» asari bilanoq san'atda yangi va 
g'oyatda samarali yo'nalishni belgilab berdi. Go'tssi fiyab ustida besh yil ishlab, bu 
janrda o'nta pyesa yozadi. Bular «Uch apelsinga sevgi», «Quzg'un» (1761), «Qirol-
kiyik», «Malikayi Turandot», «Ayol-ilon» (1762), «Zobeida» (1763), «Baxtiyor 
gadolar», «Zangori maxluq» (1764), «Ko'k qushcha» «Jinlar qiroli-Dzeim» (1765) 
asarlaridir. 


 
1772-yili Go'tssi saylanma asarlarini nashr ettirib, unga yozilgan bag'ishlovda 
del arte komediyasi haqida quyidagilarni yozdi: «Italiyada teatrlar yopilib qolmas 
ekan, badiha komediyasi hech qachon yo'qolmaydi va uning niqoblari ham yo'q 
bo'lmaydi.
Go'tssining bir qator asarlari sharq ertaklari asosiga qurilgan, ularda hayotiy 
haqiqiatga tutash tarzda ajoyib-g'aroyib sarguzashtlar uchraydi, niqoblar 
komediyasiga xos to'rt niqob orqali kulgi-mutoyiba, parodiya, hajv mavjlanib 
turadi. «Malikai Turandot» shunday asarlardandir. Unda er hukmiga toqatsiz, to'rt 
topishmoq aytib er zotini sinovchi, hato ketsa kallasidan judo etuvchi va oxiri 
samarqandlik shahzoda Qa'lafni sevib qoluvchi tanti va sarkash xitoy malikasi 
Turandot haqida hikoya qilingan. 
Go'tssining «Baxtiyor gadolar» asari ham sharq hayotiga daxldor. Unga 
mansabdorlar adolatsizligini o'z ko'zi bilan ko'rib jazolashni maqsad qilib olgan 
sultonlar haqidagi ertaklardan biri asos qilib olingan.
O'zbek sahnasiga Gootssi ilk bor Cho’lpon tarjimasida Moskva teatr studiyasida 
yaratilgan «Malikayi Turandot» (1927) asari orqali kirib keldi. Shu bo'yi fusunkor 
italyan dramaturgi o'zbek tomoshabinlarining sevimli mualliflaridan biri bo'lib 
qoldi. 
NEMIS TEATRI 
XVIII asrda nemis teatri erishgan ulkan muvaffaqiyatlar jahon teatri va 
adabiyotiga bebaho hissa bo'lib qo'shildi. Aynan nemis dramaturglaridan Lessing, 
Gyote, Shiller Ma'rifatparvarlik davrida dramaturgiya va teatr sohasida erishilgan 
yutuqlarga yakun yasab, ma'rifatparvarlik realizmidan XIX asr tanqidiy realizmiga 
o'tish yo'lini belgilab berdilar. 
Nemis teatri ham Ovro'poning boshqa mamlakatlari san'ati kabi turlicha 
rivojlanish bosqichini o'taydi. U ma'rifatparvarlik klassitsizmi, ma'rifatparvarlik 
realizmi, sentimentalizm, ilk romantizm davrlarini boshdan kechiradi. Lekin bu 
oqimlar Germaniyada boshqa mamlakaflarga qaraganda o'zgacha ahamiyatga ega 
bo'ldi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish