Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

Tabiatshunoslikni o’qitishning 
o’lkashunoslik tamoyili. 
Maktab 
o’lkashunosligining vazifasi o’quvchilar tomonidan ta'lim-tarbiya maqsadida har xil 
manbalar bo’yicha va bevosita kuzatishlar asosida o’z o’lkasi hududini har tomonlama 
o’rganishdir. 
O’lkashunoslik hayot bilan bog’lanishning qudratli vositasidir. Ko’pchilik 
o’quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va qishloq 
xo’jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlari hisobga olinganda, o’lkashunoslik 
alohida ahamiyat kasb etadi. 
O’lkashunoslik bevosita tabiat muhofazasi bilan bog’liq, chunki o’z o’lkasini 
bilish o’quvchilarga uni muhofaza qilish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha ishlarda 
ongli qatnashish imkoniyatini beradi. o’z o’lkasini o’rganish o’quvchilarning 
mustaqilligini rivojlantiradi, chunki bu ijtimoiy-foydali mehnatda faol qatnashishga 
imkon beradi. 
O’lkashunoslik materialini o’rganish bo’yicha ish o’quv maqsadlariga javob 
berishi kerak, shuning uchun ham uning mazmuni va xarakteri o’quv dasturi bilan 
belgilanadi. O’lkashunoslik ishlari tashkil qilinish shakllari bo’yicha sinfda va sinfdan 
tashqarida bo’lishi mumkin. Faqat ular barcha o’quvchilar tomonidan bajarilsin. 
O’lkashunoslik tamoyili nazariy tabiatshunoslik kursining o’quvchilar o’z 
o’lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo’lishida oladigan tasavvurlarga 
uzviy ravishda bog’lanishini nazarda tutadi. o’lkashunoslik bilimlaridan 
foydalanish o’quv o’lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun o’qituvchi 
yetarli o’lkashunoslik materiallariga ega bo’lishi, o’quv materialini 
o’zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigan mahalliy ma'lumotlarni darslar 
uchun tanlab olishi kerak. 
Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish “og’zaki sxemada” bo’lmay, balki 
haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o’lkashunoslikdan tabiatshunoslikni 
o’qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma'lum bo’ladi. Barcha darslar 
o’lkashunoslik tamoyili asosida tuzilishi kerak. 
O’quv o’lkashunosligini o’lkani o’rganish bo’yicha faqat yurish va to’garak 
ishlari tashkil qilish bilangina emas, balki har xil tabiiy hodisalarni muntazam 
kuzatishlar bilan, o’rganilayotgan hududning ajoyib tabiiy va xushhavo joylarini 
tekshirish bilan hamda o’z kuzatishlarini umumlashtirish bilan ham bog’lash kerak 
bo’ladi. 
Darslardagi umumlashtirish o’rganiladigan dastur mavzulari bilan bog’liq 
holda borishi lozim. O’lkashunoslik tamoyilining mohiyati shundan ham iboratki, u 
o’quvchilarga tanish bo’lgan joyda tabiat hodisalarini kuzatish va haqiqiy tasavvurlar 
asosida tabiatshunoslik asoslarini tashkil qiluvchi tushunchalarni shakllantirish 
imkoniyatini beradi. 
Jonajon o’lkani o’rganish umumiy tabiatshunoslik kursini o’rganish bilan 
parallel holda olib borilmog’i lozim. 3- 4- sinflardagi o’lkashunoslik tadqiqotlarining 
muhim qismi tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga xarakteristika tuzish, daryolar 


oqimining rejimi va xarakterini o’rganish, tabiat muhofazasidir. O’quvchilar 
o’zlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa? daryo,anhor kabi suv havzalari, 
ko’chatzorlar borligini, ifloslanishdan saqlashni bilib olishlari kerak. Hayvonlarga 
g’amxo’rlik qilish lozim. Qimmatli tabiat obyektlarining ta'rifini tuzish va ularni 
qo'riqlash,zararli tabiiy jarayonlarning (jarliklar, o’pirilishlar, yemirilishlardan hosil 
bo’lgan jismlarning) odamning xo’jalik faoliyatiga ta'sirini o’rganish va ularning 
oldini olishda ishtirok etish lozim. 
O’lkashunoslik tamoyilini o’quv-tarbiya ishlarida faqat maktab o’lkashunoslik 
burchagida mahalliy materiallarni izchil ravishda to’plab borgan sharoitdagina amalga 
oshirish mumkin. Eng oddiy o’lkashunoslik kuzatishlari, boshlang’ich sinfda 
o’quvchilar chiqargan xulosalar ular ongida asta-sekin to’planib boradi va bu 
xulosalar hayotda hamda tabiatni keyinchalik o’rganishda kerak bo’ladigan asosiy 
tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish uchun baza bo’lib xizmat qiladi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish