Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida


Bilimlarani puxta o’zlashtirish tamoyili



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

Bilimlarani puxta o’zlashtirish tamoyili. 
Bu tamoyil olingan bilimlarni, 
shakllantirilgan o’quv hamda ko’nikmalarni o’quvchilar xotirasida uzoq 
saqlanishini nazarda tutadi. O’quvchilar bilimining puxta bo’lishi o’qituvchining 
ko’rsatib o’tilgan tamoyillardan o’quvchilarning taraqqiyot saviyasi hamda qiziqishiga 
qanchalik muvofiq tarzda foydalanishiga bog’liq. 
Bilimlarni puxta bo’lishiga erishish uchun, avvalo, o’quv yili boshlanishida 
ilgari o’tilgan materialni yangi bilimlarning o’zlashtirilishi ongli bo’lishi uchun 
tiklash zarur. Birinchi navbatda, dasturning yangi material bilan ko’proq bog’liq 
bo’lgan bo’limlarini takrorlash lozim. Bunda yangi bilimlarni o’zlash-tirishning 
birinchi bosqichida o’qituvchi o’quvchilar yangi materialni asosli ravishda 
tushunishlari va o’zlashtirib olishlari uchun uning barcha hajmini emas, balki asosiy 
mazmunini berishi kerak 
O’qitishning individuallashtirish tamoyili. O
’rta ta'lim tizimini isloh qilish 
sharoitida bolalarning individual xususiyatlarini o’rganish tobora katta ahamiyat 
kasb etib bormoqda. Har bir maktab o’quvchisi muayyan axborot va individual 
xususiyatlarga ega, bu xususiyatlar ularning bilimlarni o’zlashtirish jarayonlariga 
ta'sir ko’rsatadi. Biroq o’qitish jarayonida bolalar guruhida bilimlarni o’zlashtirish 
darajasi bir xil bo’lishi mumkin. Binobarin, bolalar taraqqiyotiga to’g’ri keladigan 
umumiylikni aniqlash mumkin. 
U rivojlanish darajasi, bilim zaxirasi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvor, 
bahonalarining o’xshashligi bo’lishi mumkin. Ammo umumiylik bilan bir qatorda har 
bir o’quvchi uchun o’zining individual xususiyatlari;
1) diqqatning rivojlanishi;
2) darsdagi xulq-atvorning xarakteri; 
3) predmetga munosabati; 
4) ko’rgazmali va og’zaki materialning qabul qilishining tezligi va aniqligi;
5) o’quv materialini tushunib olishi va fikrlash xarakteri;
6) tabiat to’g’risidagi bilimlarining sifati, og’zaki hamda yozma nutqlarining 
rivojlanish darajasi o’ziga xosdir. 
O'qituvchi sinfda ish olib bora turib, har bir o’quvchi bilan yakka tarzda 
ishlash, ijobiy hislarni rivojlantirish, salbiylarini bartaraf etish, sinfni jamoa ishiga 
tortish maqsadida har bir bolaning shaxsiy qobiliyatini o’rganish va hisobga olish 
zarurligini unutmasligi kerak. 
O’qituvchining o’z o’quvchilarini yaxshi bilishi ularga individual 
yondashishning asosi hisoblanadi, buning uchun u doim o’quvchilarni kuzatib, har 
xil 
faoliyat 
jarayonida 
o’rganib 
boradi. 
O’quvchilarning 
qanday 
o’zlashtirayotganligidan qat'iy nazar, ularning hammasiga individual 
yondashish kerak. Darsni o’zlashtirishga qiynalayotganlarga o’z vaqtida qo’shimcha 
yordam ko’rsatish zarur. O’qituvchi har bir topshiriqni (gerbariy va 
kolleksiyalar tayyorlash, tirik tabiat burchagi va o’quv-tajriba maydonchasidagi 


ishlar, tabiat obyektlarini kuzatish) o’quvchining individual xususiyatlarini, shu 
topshiriqni uddalay olishini, o’rganilayotgan obyektga nisbatan qiziqishini hisobga 
olgan holda berishi kerak. O’quvchilarga individual yondashishga asoslangan 
o’qitish jarayoni o’quv materialining muvaffaqiyatli o’zlashtirilishini, bolaning 
aqliy rivojlanishini ta'minlaydi, axloqiy me'yorlarni singdiradi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish