Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida


O’quv materialining ilmiy va tushunarli bo’lish tamoyili



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

O’quv materialining ilmiy va tushunarli bo’lish tamoyili. 
Uzoq vaqtlar 
boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni mustaqil o’quv predmeti sifatida o’qitishga 
yetarli darajada e'tibor berilmadi. U goho tabiyot deb nomlanib kelindi, goho 
predmetli darslar va izohli o’qish bilan almashtirildi. XX asrning 60-yillaridan 
boshlab tabiatshunoslik mustaqil predmet sifatida o’qitilmoqda. Hozirgi vaqtda 
maktab tabiatshunoslik kursining mazmuni zamonaviy fan taraqqiyoti darajasiga 
muvofiq keladi. Tabiatshunoslik dasturi o’lkashunoslik xususiyatlarini hisobga 
olgan holda tuzilgan, boshlang’ich sinflardagi tabiatshunoslik ta'limining mazmuni 
esa botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, 
geografiya fanlarining hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keladi. 
Tabiatshunoslikni o’qitishda 
ilmiylik 
tamoyili hoziigi zamon fanida qaf’iy 
qaror topgan tamoyillarni o’quvchilarga o’zlashtirish uchun taklif etilishini nazarda 
tutadi. Tabiatshunoslik bo’yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta'minlash 
uchun kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini 
hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma'lumotlarni tanlab olish kerak. 
O’quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish 
talab qiluvchi o’quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib 
borish jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to’g’ri aniqlash 
o’quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o’quv materialini 
izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng to’g’ri metodik 
variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o’quvchilarning aqliy taraqqiyotini 
asta-sekin ko’tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o’zlashtirib olinishiga imkon 
beradi. 
Nazariyani amaliyot bilan bog’lash. 
Nazariyani amaliyot bilan bog’lash 
o’quvchilarni amaliy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga 
olib keladi, bu ularning o’zlashtirish sifatini oshiradi. Bu tamoyil mehnat ta'limi va 
o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb 
etadi. 
O’qitishda nazariya bilan amaliyotning bog’lanish xarakterini o’quv 
predmetining mazmuni taqozo qiladi. Tabiatshunoslikda nazariy bilimlar 
o’quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida 
puxtaroq o’zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o’quvchilarni nazariyani o’zlashtirishga 
qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, tabiatda bahor mavzusi 


(3- sinf) ni o’rganish bo’yicha amaliy ishlar ekish (ildiz mevalarning hosiliga ekinlar 
zichligining ta'sirini aniqlash uchun urug’lar ekish), keyin esa mavzuni o’rganishda 
amaliy ish natijalarini tahlil qilish ma'qul. 
Tabiatshunoslikni o’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lanishi, 
uning barcha bosqichlarida amalga oshirilishi nazariy bilimlarning chuqurlashishi, 
shuningdek, 
amaliy 
faoliyatga 
tayyorlashga 
yordam 
berishi 
kerak. 
o’rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari 
mashg’ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, sayohatlar, amaliy 
mashg’ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnatdan foydalanish mumkin. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish