Tashkiliy strukturalarning strategik ustunliklari va kamchiliklari. Strukturani strategiyaga moslashtirishda asosiy beshta rasmiy yondashuv mavjud:
Funksional ixtisoslashuv;
Ikki tomonlama vakolatlar va strategik ustunliklarga matritsali strukturalar.
Ularning har biri strategik ustunliklarga va kamchiliklarga ega bo‘lib, ular rasmiy va norasmiy tashkiliy elementlar bilan to‘ldiriladi.
Funksional tashkiliy strukturalar. Funksional ixtisoslashgan bo‘limlar asosida yaratilgan tashkiliy strukturalar – bu bitta korxona bilan faoliyat ko‘rsatadigan firmalarning strukturasini strategiyaga moslashishining keng taršalgan usulidir. Funksional ixtisoslashuvning shakli xaridorlar talabini e’tiborga olish uchun, mahsulot turlari va texnologiyalarga moslashish uchun o‘zgartiriladi. Masalan, texnik asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi sifat nazorati, marketing, kadrlar, moliya va kayd etish, tadqiqot va ishlanmalarni yaratish xizmatlari asosida tashkilotni yaratishi mumkin.
Funksional strukturalar asosan uzoqni ko‘ra olmaslik va strategik muhim xo‘jalik jarayonlarini an’anaviy funksional bo‘limlar o‘rtasida tarqoqligidan jabr ko‘radi. Funksional mutaxassislar o‘z bo‘limlari manfaatlarini jiddiy mudofaa qiladilar. Bunda ular firmaning, mijozlarning yoki biznesning manfaatlarini e’tiborga olmaydilar. Yuqorida keltirilgan muammolar avtoritar, byurokratik, muammoga nisbatan bir tomonlama qaror qabul qilish kabi salbiy ta’sir etuvchi omillarni funksional strukturalar kuchaytiradi. Bundan tashqari funksional strukturalar bozor va texnologiya o‘zgarishlariga tezkorlik bilan javob bera olmaydi.