Mavzu: Sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalardan foydalanish Reja: I. Kirish



Download 52,46 Kb.
bet1/11
Sana20.07.2022
Hajmi52,46 Kb.
#826646
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi aaa


Mavzu: Sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalardan foydalanish
Reja:
I.Kirish
1.1. Ta’limda yuz bergan o’zgarishlar.
1.2. Ilm-fan taraqqiyoti.
II. Asosiy qism
2.1. Sinfdan tashqari mashg’ulot turlari.
2.2. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi.
2.3. Biologiyani o’qitishda darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari
mashg’ulotlarda pedagogik texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlari.

III. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

I.Kirish
1.1
Koronavirus pandemiyasi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tezlashtirishni taqozo qilmoqda. Bugungi kunga kelib, karantin choralari tufayli vujudga kelgan iqtisodiy muammolarni yengib, oldinga harakat qilish lozim.
Biz islohotlar haqida 1991 yildan buyon gapirib kelamiz (undan avval qayta qurish islohoti bo‘lgan). Ular har doim «keng miqyosli» va «ko‘p sohani qamrovchi» deb ta’riflangan. Bu esa, baholarning balandparvozligiga ahamiyat bermasak, hayotimizning barcha sohalaridagi ko‘plab, katta yoki kichik, chora-tadbirlarni anglatadi. Biroq tizimli yondashuvga ko‘ra, tizimning iyerarxik tuzilishi tufayli o‘zgarishlar bir vaqtning o‘zida va bir xil intensivlikda sodir bo‘lmaydi. Bu yerda qanday vazifa eng ustuvor, eng asosiysi ekanligini aniqlash muhim.
Kelajagimiz xavfsizligining kaliti innovatsion iqtisodiyot ekanligi barchaga ma’lum. Men ilgari ham bilimga asoslangan innovatsion iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyati, uning nisbatan qisqa davr ichida katta o‘zgarishlarga erishib, samarali va raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratishi mumkinligi haqida so‘z yuritganman. Bu esa «quvib yuruvchi» iqtisodiyotlar qatoridan ilg‘or iqtisodiyotga o‘tishni anglatadi. Innovatsiyalar va dinamik innovatsion iqtisodiyotning asosiy drayveri esa sifatli ta’lim olgan, yaratuvchan va muvaffaqiyatga intiluvchi inson kapitali hisoblanadi. Buning uchun mamlakatda sifatli ta’lim tizimi va kuchli ilm-fan maktabi bo‘lishi lozim.
2018 yilda Prezidentning «2019−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» farmoni qabul qilindi. Unda murakkab va uzoq ko‘zlangan maqsad qo‘yilgan: 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingida O‘zbekistonni dunyoning 50 ta eng ilg‘or mamlakati qatoriga kiritishga erishish.
Strategiyaning asosiy maqsadi — «mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish"dir.
Mamlakatning innovatsion rivojlanishida inson kapitalining ahamiyati haqida matnda aniq yozilgan bo‘lsada, amaliyotda ba’zida buning teskarisi bo‘lib turibdi: innovatsion iqtisodiyot deganda ko‘pchilik, jumladan, davlat amaldorlari hali-hanuz ishlab chiqarish texnologiyalarini tushunadilar.
Bunday qo‘pol xato strategiyada belgilangan asosiy tushunchaning e’tibordan chetda qolishiga olib keladi. Asosiy g‘oya esa «barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlikni integratsiya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish»ni o‘z ichiga oladi.

Download 52,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish