TURKIY ADABIYOTDA YARATILGAN LAFZIY SAN’ATLAR.
REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISIM.
I. Turkiy adabiyotlarda yana qanday sanat turlari bor.
1.2. Turkiy adabiyotda qo‘llaniladigan san‘atlar
1.2. Lafziy san'at turi qanday.
II. bob. Turkiy adabiyotta lafziy san‘atlarning o‘rni
2.1. Lutfiy qit’alarida lafziy san’atlar qanday bòladi.
2.2. Lafziy san‘atlarning kelib chiqishi
XULOSA VA TAVSIYALAR.
KIRISH
Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi,yuksak bosqichiga qadam qo‘ymoqda.Xalqimiz milliy tiklanishdan –milliy yuksalishga erishishni o‘z oldiga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo‘ydi.
‘’Hozirgi notinch va tahlikali zamonda butun bashariyat oldida paydo bo‘layotgan,biz ilgari duch kelmagan g‘oyat murakkab muammolar,global xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etish,shu yo‘lda barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirishda,dunyo aholisining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadigan yoshlarni gumanistik g‘oyalar ruhida tarbiyalashda badiiy so‘z san’atining o‘rni va mas’uliyatini har qachongidan yuksaltirish zarurligini bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda.Bundan yuz yil muqaddam buyuk o‘zbek shoiri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li - Cho‘lpon “Adabiyot yashasa,millat yashar!’’degan otashin da’vat bilan maydonga chiqqan edi.Hayot va tarix sinovlaridan o‘tgan teran ma’noli bu so‘zlar bugun ham o‘z ahamiyati va qimmatini yo‘qotgan emas.Darhaqiqat,adabiyot,san’at va madaniyat yashasa,millat va xalq,butun insoniyat bezavol yashaydi.’’
Darhaqiqat, istiqlolimizning dastlabki kunlaridan to hozirga qadar ajdodlarimiz merosini har tomonlama o‘rganish ,shu asosda millatning kelajagi bo‘lgan yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor berilmoqda.Hozirgi kunda bu masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani hech kimga sir emas.
Bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda Navoiygacha bo‘lgan davrdagi o‘zbek she’riyatining yirik vakili Mavlono Lutfiy asarlarining ham o‘rni beqiyos.O‘zbek adabiyotida o‘zining go‘zallik tajassumidan iborat g‘azallari bilan katta shuhrat qozongan shoir ijodiyoti ulkan ma’naviy xazinadir.Sharqda sohibidevon shoir bo‘lish nihoyatda murakkab ish sanalgan.Devon tartib berish uchun shoir arab alifbosidagi har bir harfga mos she’r yoza olish malakasiga ega bo‘lishi kerak.Lutfiy ham sohibidevon shoirdir.U o‘zining turkiy tilda bitilgan she’rlaridan devon tartib bergan.Shoir devonidan o‘zining g‘azal,ruboiy,tuyuq,qit’a,fard kabi bir qancha lirik janrlardagi she’rlari o‘rin olgan.Shoir mazmunan yuksak va shaklan go‘zal g‘azallar yaratib,bu janr rivojiga ulkan hissa qo‘shdi.Uning rang-barang mavzularda yozilgan g‘azallari mohiyatini hayot zavq-shavqlari, tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish,sevgi-sadoqatni ulug‘lash ,ezgulikni targ‘ib etish g‘oyalari tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |