Mavzu: Shvesiya, Daniya, Norvegiya, qirolliklari ortasidagi


partiya (Xoyre partiyasi) tuzildi. 1848—50 yillardagi D.Prussiya va 1864 yilgi



Download 296,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana29.04.2023
Hajmi296,86 Kb.
#933442
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shvesiya daniya Norvegiya kursavoy ishi


partiya (Xoyre partiyasi) tuzildi. 1848—50 yillardagi D.Prussiya va 1864 yilgi 
Avstriya-Daniya urushlaridan soʻng Shlezvig, Golshteyn va Lauenburgdan ajrab, 
yagona milliy davlatga aylandi. 70-yillarda Xoyre partiyasi bilan Venstre partiyasi 
oʻrtasida siyosiy hokimiyat uchun boʻlgan kurashda qishloq sarmoyadorlari manfaatini 
himoya qilgan Venstre partiyasi gʻalaba qozondi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida roʻy 
bergan siyosiy va ijtimoiy uzgarishlar 1915 yilgi konstitutsiyada oʻz aksini topdi. 
Birinchi jahon urushida Daniya betaraf turdi. 1930-yillardagi jahon iqtisodiy buhroni 
Daniya iqtisodiyotiga katta salbiy taʼsir etdi. 1940 yil aprelda Olmoniya Daniyani bosib 
oldi va uni oʻzining oziqovqat bazasiga aylantirdi. 1942—43 yillarda mamlakatda 
qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1943 yil sentabrda qarshilik koʻrsatish 
qarakatining rahbar organi hisoblangan Ozodlik kengashi tuzildi. 1945 yil 5 mayda 
mamlakat toʻla ozod qilindi. D.— 1945 yildan BMT aʼzosi. 1949 yil 4 apreldan 
Shimoliy Atlantika pakti (NATO) aʼzosidir. Milliy bayramlari — 16 aprel — Qirolicha 
tugʻilgan kun (1940), 5 iyun — Konstitutsiya kuni (1849). Oʻzbekiston Respublikasi 
bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 25 yanvarda oʻrnatgan. Asosiy siyosiy 
partiyalari va kasaba uyushmalari. Venstre, soʻl liberal partiya, 1870 yilda tuzilgan
Konservativ xalq partiyasi, 1916 yilda tuzilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1972 yilda asos 
solingan; Radikal soʻl partiya, 1905 yilda tuzilgan; Daniya sotsial-demokratik partiyasi, 
1871 yilda asos solingan; Sotsialistik xalq, partiyasi, 1959 yilda tuzilgan; Xristian xalq 
partiyasi, 1970 yilda asos solingan; Markaz demokratlari partiyasi, 1973 yil tuzilgan; 
Daniya xalq partiyasi, 1995 yilda tashkil etilgan. Daniya kasaba uyushmalari markaziy 
birlashmasi, 1898 yilda tuzilgan boʻlib, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari 
konfederatsiyasi, Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Shimoliy Yevropa 
kasaba uyushmalari kengashiga kiradi. Xoʻjaligi. Daniya yuksak darajada rivojlangan 
industrial-agrar mamlakat boʻlib, boshqa davlatlar bilan keng iqtisodiy aloqa bogʻlagan. 
Xususiy sarmoya ustunlik qiladi. Yalpi milliy mahsulotning 30 % davlat sektoriga 
toʻgʻri keladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat va qurilishning ulushi 26,4 %, qishloq, 
oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi — 3,5 %. Yalpi mahsulotning 40 % dan 
koʻprogʻi chetga sotiladi. Sanoatida neft, tabiiy gaz, kaolin qazib chiqarish katta oʻrin 
oladi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan keyin mashinasozlik sanoati rivoj topdi. 


26 
Kimyo sanoati, neftdan turli mahsulotlar ishlab chiqarish ham rivojlangan. Yoqilgʻiga 
boʻlgan ehtiyojning bir qismi chetdan keltiriladigan neft va neft mahsulotlari hisobiga 
qondiriladi. Sanoatda mayda va oʻrta korxonalar koʻp. Kemasozlik alohida oʻrin tutadi; 
eng yirik sanoat markazlari: Kopengagen, Odense, Xelsingyor, Nakskov. 
Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari asosan kema dizellari, sement va oziq-ovqat 
sanoati uchun asbob-uskunalar, elektr motor, transformator, radiopriyomnik, televizor, 
magnitofonlar ishlab chiqaradi (asosiy markazlari Kopengagen, Odense). Kimyo sanoati 
doridarmon, fosfatli va azotli oʻgʻitlar, sintetik smola va plastmassalar ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan. Toʻqimachilik, trikotaj va tikuvchilik sanoatining asosiy 
markazlari Yutlandiyaning sharqi va shimolida joylashgan (Vayle, Xerning, Viborg va 
boshqa). Mamlakatning turli joylarida oziq-ovqat, xususan sut va goʻsht sanoati 
korxonalari barpo etilgan. Yiliga oʻrtacha 30 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil 
qilinadi. 90-yillarning oʻrtalarida neft qazib olish eng yukrri darajaga yetdi (7 mln. 
tonna). Kishloq xoʻjaligi Daniya iqtisodiyotining eng mahsuldor tarmogʻi hisoblanadi. 
Mamlakatda 80 mingga yaqin fermer xoʻjaligi bor. Ular yuksak hosildorlikka 
erishadilar va mahsulotning asosiy qismini chet ellarga sotadilar. Daniya hududining 
70 % (3 mln. ga) qishloq xoʻjaligida foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsuloti 
umumiy qiymatining 90 % ini chorvachilik beradi. Aholi jon boshiga sut, yogʻ va goʻsht 
yetishtirishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Dehqonchiligi yuqori 
darajada 
mexanizatsiyalashgan. 
Chorvachilikda 
qoramol, 
choʻchqa boqiladi, 
parrandachilik rivojlangan. Transporti. Temir yoʻl uzunligi 3 ming km dan ortiq, undan 
2470 km elektrlashtirilgan. Avtomobil yoʻllari uzunligi 71 ming km. Asosiy porti — 
Kopengagen. Tashqi savdosi yalpi ichki mahsulotning 37 % ini tashkil etadi. Chetga 
asosan mashina va asbob-uskunalar, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari 
chiqaradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Olmoniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya. 
Pul birligi — Daniya kronasi. 
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Daniya maorif tizimining ilk 
boʻgʻini — bolalar bogʻchalari. 6 yoshdan bolalar uchun 9 yillik majburiy taʼlim joriy 
etilgan. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati — 7 yil, kichik oʻrta (real) 
maktablarda 3 yil, yuqori oʻrta maktab (gimnaziya)larda 3 yil, xunar-texnika bilim 
yurtlarida 1 — 3 yil Bolalarning 90 % bepul davlat maktablarida taʼlim oladi. Oliy 


27 
oʻquv yurtlariga gimnaziya attestatlari asosida tanlov yoʻli bilan qabul qilinadi. 5 ta 
universitet, 3 ta texnika universiteti, 20 ga yaqin institut va kollejlarda oliy maʼlumot 
beriladi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Kopengagen (1479 yilda asos solingan) va Orxus 
(1928 yilda asos solingan) universitetlari, Daniya muxandislik akademiyasi, 
Kopengagen texnika universiteti. Ilmiy muassasalari: Daniya qirolligi fanlar 
akademiyasi (1742 yil Kopengagen shahrida tashkil etilgan, 210 dan ortiq aʼzosi bor), 
Nafis sanʼat akademiyasi (1754 yilda asos solingan), Daniya qirolligi texnika fanlari 
akademiyasi (1937 yil Lingbi shahrida tashkil etilgan, 580 dan ortiq aʼzosi, 25 ilmiy 
tadqiqotlar instituti va assotsiatsiyalari bor), 20 dan koʻproq ilmiy tadqiqotlar 
muassasalari va boshqa Kutubxonalari: Kopengagendagi Qirollik va Munitsipal, 
Orxusdagi davlat va universitet kutubxonalari va boshqa Muzeylari: Kopengagendagi 
milliy qirollik nafis sanʼat muzeyi, Kirollik dengiz muzeyi, Odensedagi X. K. Andersen 
uymuzeyi va boshqa. Matbuoti, radioeshittirishi va te-lekoʻrsatuvi. Daniyada nashr 
etiladigan yirik gazeta va jurnallar: „Informashon“ („Axborot“, kundalik gazeta, 1943 
yildan), „Nyu dag“ („Yangi kun“, kundalik kechki gaz.), „Politiken“ („Siyosat“, 
kundalik gazeta, 1884 yildan), „Ekstra bladet“ („Favqulodda gazeta“, kundalik gazeta, 
1904 yildan), „Billed bladet“ („Suratli haftanoma“, haftalik suratli jurnal, 1938 yildan), 
„Nyu politik“ („Yangi siyosat“, oylik jurnal, 1967 yildan). Ritsaus byuro — Daniya 
axborot agentligi 1866 yilda tuzilgan. Daniya radio va televideniyesi rasmiy ravishda 
mustaqil hisoblansa ham, amalda yarim davlat tashkilotidir. Mamlakatdagi barcha 
radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni Daniya radiosi davlat tashkiloti nazorat qiladi. 
Adabiyoti. Qadim zamonlardan Daniyada boy ogʻzaki xalq ijodiyoti paydo boʻlgan. 
Dastlabki yozma yodgorliklar 12-asrda lotin tilida yaratilgan. Sakson Grammatikning 
„Danlarning ishlari“ tarixiy asari (12—13-asrlar) maʼlum. 13— 14-asrlarda dan tilida 
yaratilgan asarlar, chet tillardan qilingan tarjimalar tobora koʻzga tashlana boshladi. K. 
Pedersen (1480—1554)ning xalqchil ijodi, „Bibliya“ni tarjima qilishidan adabiy tilining 
rivojiga asos soldi. 18-asr adabiyotida maʼrifatparvarlik gʻoyalari keng targʻib qilindi. L. 
Xolber oʻtkir hajviyalari bilan shuhrat qozondi. 19-asr boshlarida A. Elenshleger, N. F. 
Grundtvig, S. S. Bliker, K. Vinter kabi romantiklar dehqonlar turmushi va tabiat 
goʻzalliklarini tasvirladilar. 19-asrning 30-yillari adabiyotiga realizm unsurlari kirib 


28 
keldi. Bir yoki ikki pardali (kichik) komediya janri rivojlandi, psixologik tahlil 
chuqurlashdi. Bu davrda Xans Andersen ertaklari shuhrat qozondi. 
40-yillarda ijtimoiy ziddiyatlarning chuqurlashuvi siyosiy lirika va satiraning 
rivojiga taʼsir etdi. 70-yillar adabiyotida realizm chuqurlashdi. Mashhur realist yozuvchi 
Ye. P. Yakobsen „Nils Lyune“ romanida kiborlarning fojiali taqdirini psixologik 
asosladi. X. Draxman, K. Gyellerup, E. Brandes kabi realist adib va shoirlar yirik 
asarlar 
yaratdilar. 
l-jahon 
urushi 
davri 
(1914—18) 
adabiyotida „noumid 
avlod“ kayfiyatlari paydo boʻldi. 20-asrning 20 — 30-n.larida realistik proza yuksaldi. 
X. R. Kirk, E. Kristensen, K. Bekker, X. Xerdal, M. Klitgor, X. Pontoppidan, Y. 
Yensen romanlarida mehnatkashlar hayoti haqqoniy aks etdi, 30-yillarda, keyinroq 
Qarshilik koʻrsatish harakati davrida (1940-45) M. Andersen-Nekse, X. Sherfig, X. R. 
Kirk, Martin Nilsen kabi yozuvchilar ijodi fashizmga qarshi ruh kasb etdi, ular qamoq 
va konslagerlarda ham kurashni davom ettirdilar. Urushdan keyingi yillarda X. Vulf, T. 
Ditlevsen, X. L. Yepsen realistik asarlar yozishdi, 60—80-yillarda adabiyotga kirib 
kelgan yozuvchilar yangi shakllar izlashdi, voqelikni falsafiy idrok etishga intilishdi. 
Meʼmorligi. Daniya hududida qadimgi meʼmoriy davrga (mil. av.) xos sanʼat va 
meʼmoriy yodgorliklar (Trelleborg, Aggersborg qalʼalarining harobalari va boshqa) 
mavjud. Daniyada yagona qirollik tuzilib (10-asr), xristianlik qabul qilingach, dastlab 
yogʻochdan, 11-asr urtalarida esa toshdan ibodatxonalar qurildi. Roman davrida (12-
asr—13-asr boshi) xoch shaklida sobor va qalin devorli cherkovlar solindi. Gotika 
davrida (13-a,—16-asr 30-yillari) Roskill va Odenseda yirik ibodatxonalar, qalin, 
baland devor va minorali qasrlar barpo etildi. 16—17-asrlarda renessans taʼsirida 
bezatilgan saroylar, jamoat va turar joy binolari qurish anʼana boʻldi. 18-asr 1-yarmida 
binolar barokko uslubida, 2-yarmida esa klassitsizm uslubida qurila boshladi. 19-asr 
oxiri — 20-asr boshida milliy romantizmga xos binolar yaratildi. K.F. Harsdorf Daniya 
klassitsizmining atokli namoyandasidir. 20-yillarda neoklassitsizm, 30-yillarda esa 
funksionalizm (X. Kampman, V. Lauritsen kabi meʼmorlar) uslubi tarqaldi. Ikkinchi 
jahon urushidan keyin Kopengagen, Odense, Ryonne kabi shaharlar qayta tiklandi. 60—
90-yillarga kelib koʻp (8—12) kavatli turar joylar kurildi. Uy-joy va sanoat zonalarini, 
qatnov yoʻllarini qulay joylashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga katta eʼtibor berildi. 


29 
Xulosa 
Skandinaviya Shimoliy Yevropa mamlakatlari tomonidan shakllangan geografiyadir. 
Skandinaviya mamlakatlariga Daniya, Shvetsiya va Norvegiya kabi davlatlar kiradi. Bu 
davlatlar bilan bir qatorda, Skandinaviyani Finlandiya, Islandiya, Faroe orollari, Åland 
orollari va Grenlandiya tashkil etadi. Ushbu mamlakatlarning tillari oʻxshash, faqat fin 
tili bundan mustasno. Ushbu tillar shimoliy olmon tillari yoki skandinaviya tillari deb 
nomlanadi. Skandinaviyaga kiruvchi Norvegiya Yevropaning eng boy mamlakatlaridan 
biridir. Ushbu mamlakat neft eksport qiluvchi mamlakat, biroq baliqchilik hamda 
Angliya bilan munosabati tufayli Yevropa Ittifoqiga qoʻshilmagan. Bu qatorda, 
Islandiya ham Yevropa Ittifoqi aʼzosi emas. Daniya esa 1973-yilda Yevropa Ittifoqiga 
qoʻshilgan. Daniyaga qarashli Grenlandiya oroli 1979-yilda referendum orqali Yevropa 
Ittifoqidan ajralib chiqqan. Faqat 1995-yilda Shvetsiya va Finlandiya betaraflikdan voz 
kechib, Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishdi. 
Shvetsiya (Sverige), Shvetsiya Qirolligi (Konungariket Sverige) — Shimoliy 
Yevropada, Skandinaviya yarim orolning sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 450 ming 
km². Aholisi 9, 517 mln. kishi (2012). Poytaxti – Stokgolm shahri. Maʼmuriy jihatdan 
24 len (gubernya)ga boʻlynadi. Stokgolm lenga tenglashtirilgan mustaqil maʼmuriy 
birlik sifatida ajratilgan. Davlat tuzumi. Shvetsiya – konstitutsiyali monarxiya. 
Amaldagi konstitutsiyasi 1975-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi qirol 
(1973-yildan Karl XVI Gustav). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni riksdag (1 palatali 
parlament), ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Shvetsiya 
Yevropaning Atlantika boʻyi qismida, moʻʼtadil mintaqa shimolida joylashgan. 
Shimoliy va gʻarbiy qismi togʻli (Skandinaviya togʻlari, eng baland joyi 2123 m, 
Kebnekayse togʻi). Shvetsiya shimolida Norland yassitogʻligi (bal. 200–800 m), 
janubida Smoland qiri bor. Qolgan qismi pasttekislik va koʻllardan iborat. Foydali 
qazilmalardan temir, mis, qoʻrgʻoshin, rux, uran rudalari, oltin, kumush, marganets, 
volfram konlari hamda mineral buloqlar bor. Iqlimi moʻʼtadil, Golfstrim iliq oqimining 
taʼsiri katta. Shimolida iqlim sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi janubida 0–5°, 
shimolida –6° dan –14° gacha, iyulniki xuddi shu joylarda 15–17° va 10–11°. Yillik 
yogʻin togʻlarda 1500–2000 mm, tekisliklarda 700–800 mm.


30 

Download 296,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish