17
2.2. 1945-2021-yillarda Norvegiya davlati
Norvegiya, Norvegiya Qirolligi (bukmolcha: Kongeriket Norge, nyunorskcha:
Kongeriket Noreg) — Shimoliy Yevropadagi davlat. BMT aʼzosi. Skandinaviya yarim
orolining gʻarbiy va shimoliy qismida. Maydoni 385[2] ming km2. Aholisi 5,328,212
kishi (2019)[3]. Poytaxti Oslo shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga,
jumladan, fyulkega tenglashtirilgan Oslo shahriga boʻlinadi. Shpitsbergen arxipelagi,
Aiyq oroli, Yan Meyen va Buve orollari ham Norvegiyaga qaraydi. Davlat tuzumi.
Norvegiya — konstitutsiyali monarxiya. 1814-yil 17-mayda qabul qilingan Norvegiya
Qirolligi konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat
boshligʻi — qirol (1991-yil 21-yanvardan Harald V). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni
ikki palatali (yuqori palatasi lagting, quyi palatasi odelsting) parlament — storting
amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyat qirol qoʻlida boʻlib, u Davlat kengashi (hukumat)ni
tayinlaydi. Bosh Vazir 2013: Erna Solberg Tabiati. Norvegiya — togʻli oʻlka.
Hududining qariyb 2/3 qismi dengiz sathidan 500 m dan baland; dengiz sohilidagina
pasttekislik bor. Gʻarbiy qirgʻogʻida tik yon bagʻirli tor qoʻltiq (ford) koʻp. Yirik
orollari — Lofoten, Vesterolen, Senya, Mageryo va boshqalar. Hududining katta
qismini Skandinaviya togʻlari ishgʻol qiladi (eng baland joyi Galxyopiggen togʻi —
2470 m). Foydali qazilmalari: temir, nikel, mis, titan, uran, molibden, kobalt va kumush
rudalari. Shimoliy dengizning quruqlikka yaqin sayoz qismida neft va gaz konlari bor.
Iqlimi moʻtadil, shimoliy chekkasida subarktika, sohilida okean iqlimi yanvarning
oʻrtacha harorati shimolda —2—4 °C, janubda 2 °C. Yozi salqin, tez-tez yomgʻir
yogʻadi. Yillik yogʻin 1000–3000 mm. Muzliklarning umumiy maydoni 3000 km2 ga
yaqinni tashkil etadi. Yirik daryolari — Glomma, Logen (Gudbransdal), Logen
(Numedal). Katta gidroenergiya salohiyatiga ega boʻlgan bu daryolar qor, yomgʻir va
muzliklardan toʻyinadi. Eng katta koʻli — Myosa. Asosiy tuprogʻi — yupqa tundra
tuprogʻi, janubda togʻ podzol tuprogʻi uchraydi. Mamlakat hududining 27 % oʻrmon.
Yovvoyi hayvonlardan tulki, silovsin, rosomaxa, suvsar, los, bugʻu, quyon, tiyin,
lemming va boshqalar bor. Dengiz sohilida gala-gala qushlar, dengizlarda turli baliq va
tyulen koʻp. Aholisi. Aholisining 97 % norveglar. Saamlar kvenlar shvedlar danlar
nemislar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy til — norveg tili. Rasmiy din —
18
lyuteranlik. Shahar aholisi 50 %. Yirik shaharlari — Oslo Bergen Tronxeym va
boshqalar. Tarixi. Norvegiya hududida odam muzlik davridan keyingi asrlardan beri
yashaydi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida saam va german qabilalari
yashagan. Norveglarning hayoti azaldan dengiz bilan bogʻliq: mamlakatning nomi ham
„norveg“ — „shimoliy yoʻl“, „dengiz yoʻli“ maʼnosini bildiradi. 872-yil birinchi norveg
qiroli taxtga oʻtirdi. 8—11-asrlarda mohir dengizchi boʻlgan norveg vikinglari
Islandiyaga, Grenlandiya sohillari va Shimoliy Atlantikadagi orollarga yetib borib,
ularni mustamlakaga aylantirdilar. 11-asrda xristianlik joriy etildi, markazlashgan
monarxiya qaror topdi. 14-asr oʻrtalarida tarqalgan vabo mamlakat xoʻjaligini, ijtimoiy
va siyosiy xayotni izdan chiqardi, asta-sekin mustaqillik barbod boʻlishiga olib bordi.
1319-yil Shvetsiya, 1380-yil Daniya bilan ittifoq tuzdi. 1397-yil Kalmar ittifoqiga koʻra,
Norvegiya Daniyaga tobe boʻlib qoldi, 1537-yil Daniyaning viloyatiga aylandi. 1805—
14 yillardagi Angliya-daniya urushi va hosilsizlik Norvegiyani halokat yoqasiga keltirib
qoʻydi, oʻn minglab kishi ochlikdan oʻldi. 1814-yil Kil sulh shartnomasiga koʻra,
Norvegiya shvedlar mulki boʻlib qoldi. Bundan norozi boʻlgan norveg xalqi mustaqillik
uchun kurash boshladi. Oʻsha yil 17-mayda birinchi parlament (taʼsis majlisi) chaqirilib,
konstitutsiya qabul qilindi va qirol saylandi. Shvetsiya-Norvegiya ittifoqi 1905-yilgacha
amal qildi, Norvegiya ichki mustakillikdan foydalandi. 1905-yil 7-iyunda storting
Shvetsiya-Norvegiya ittifoqini bekor qildi. Birinchi jahon urushida Norvegiya betaraflik
eʼlon qildi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilanoq Norvegiya betaraf ekanini
bildirgan boʻlsa ham, 1940-yilda gitlerchilar Germaniyasi unga bostirib kirdi,
Norvegiya hukumati Londonga koʻchdi. 1942-yil fashistlar Norvegiyada V. Kvisling
boshchiligida sotqin hukumat tuzdi. Mamlakatda Qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi.
1945-yil 8-mayda Norvegiya ozodlikka erishdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakat
iqtisodiyotini qayta tiklash va rivojlantirishga kirishildi. 1945-yildan BMT aʼzosi.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 10-iyunda
oʻrnatgan. Milliy bayrami — 17-may Konstitutsiya kuni (1814). Madhiya: Civil:
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Norvegiya ishchi partiyasi, 1887-yil asos
solingan; Markaz partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1973-yil
tuzilgan; Venstre, liberal partiya, 1884-yil asos solingan; Sotsialistik soʻl partiya, 1975-
yil tashkil etilgan; Xristian xalq, partiyasi, 1933-yil tuzilgan. Xeyre, konservativ partiya,
19
1884-yil asos solingan. Norvegiya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1899-yil
tashkil etilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba
uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi. Iqtisodiyoti. Norvegiya — rivojlangan
indoʻstrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,6 %, qishloq
xoʻjaligining ulushi 2,9 %. Dengiz kema qatnovi, baliq ovlash, tashki savdoning roli
katta. Sanoati. Sanoatning yetakchi tarmoqlari: elektr metallurgiya, elektr kimyo,
sellyuloza-qogʻoz, baliq sanoati, asosan tashki bozor uchun ishlaydi. Ichki bozorga
xizmat qiladigan tarmoqlar orasida oziq-ovqat va yengil sanoat bilan birga
mashinasozlik va metallsozlik durust taraqqiy etgan. Konchilikda temir va titan rudasi,
kumir, neft va gaz qazib olish katta urin tutadi. Elektr energiyaning 99 % GESlarda
hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 122 mlrd. kVt-soat). Qora va rangli metallurgiya,
kemasozlik, elektrotexnika, radiotexnika va yogʻochsozlik sanoati koʻproq rivojlangan.
Axrli jon boshiga elektr energiyasi, sellyulozaqogʻoz mahsulotlari, ferroqotishma,
alyuminiy ishlab chiqarish va kemasozlikda Norvegiya dunyoda oldingi oʻrinlarda
turadi. Qishloq xoʻjaligi. Mamlakatning tabiiy sharoiti qishloq xoʻjaligi uchun juda
noqulay. Togʻ-tosh koʻpligidan Norvegiya hududining 3 % ga yaqini haydaladi. Qishloq
xoʻjaligi, asosan, goʻsht sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Dehqonchiligida yem-
xashak ekinlari, bir oz miqdorda gʻalla (suli va arpa), kartoshka ekiladi. Chorvachilikda
yilqi, qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-
ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondira olmaydi. Moʻyna hayvonotchiligi, baliqchilik
rivojlangan, oʻrmonlarda koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi. Transporti. Ichki yuklar
va tashqi savdo mahsulotlarining aksariyati dengiz kemalarida tashiladi. Dengiz savdo
flotining tonnaji 38,3 mln. tonna dedveyt. Yirik portlari: Oslo, Bergen, Stavanger.
Temir yoʻl uzunligi — 4 ming km, avtomobil yoʻllari 89,7 ming km. Asosiy
aeroportlari — Gardermoen (Oslo), Sulla (Stavanger) va Budyo. Eksport va import.
Chetga neft va tabiiy gaz, kemasozlik, sellyuloza-qogʻoz va kimyo sanoati mahsulotlari,
qora va rangli metallar, baliq mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina, mineral xom
ashyo, avtomobillar oladi. Tashqi savdodagi asosiy hamkorlari: Buyuk Britaniya,
Shvetsiya, Germaniya, Niderlandlar. Pul birligi — krona. Tibbiy xizmati. Norvegiyada
sogʻliqni saqlash yuqori darajada tashkil etilgan. Tibbiy xizmat qiymatining 80 %
ijtimoiy sugʻurta hisobidan qoplanadi. Vrachlar universitetlarning tibbiyot fakultetlarida
20
tayyorlanadi. Sankt — Olafs — Kille, Sanneford, Larvik, Xanke balneologik kurortlari,
gʻarbiy sohilida Bergen dengiz boʻyi iqlimiy shifoxonasi bor. Maorifi, ilmiy va
madaniy-maʼrifiy muassasalari. Dastlabki maktablar 12-asr boshlarida ochilgan. 1848-
yil 7 yoshdan 13—14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etildi,
1968-yil 16 yoshgacha yetkazildi. Hozir taʼlim tizimi maktabgacha tarbiya muassasalari,
6 yillik kichik va 3 yillik yuqori majburiy maktablar, oʻrta umumiy taʼlim maktabi —
gimnaziyalar, hunar-texnikalar oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini oʻz ichiga oladi. Oslo,
Bergen, Tronxeym, Tromsyodagi universitetlar, 10 ta institut oliy taʼlim beradi.
Mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlarni Fan va texnika davlat qoʻmitasi hamda ilmiy
tadqiqotlar maslahat kengashi muvofiklashtiradi. Norvegiya fan va adabiyot
akademiyasi (1857), 300 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituti, sanoat va savdo firmalarining
300 laboratoriya, 40 ga yaqin ilmiy jamiyat va boshqalar bor. Bundan tashqari, Oslo
universitetida 90, Tronxeym universitetida 50 ilmiy tadqiqot institut va laboratoriya ish
olib boradi. Universitetlar huzurida yirik kutubxonalar va Oslo shahri kutubxonasi,
Norvegiya xalq muzeyi (1894), universitet milliy osori atiqalar muzeyi, Milliy galereya,
Amaliy sanʼat muzeyi, Zool. muzeyi va boshqalar bor. Norveg vikinglarining kemalari,
T.Xeyerdalning „Kon-Tiki“ soli muzeyda saqlanayotir. Matbuoti, radioeshittirishi va
telekoʻrsatuvi. Eng yirik gazeta va jurnallari: „Adresseavisen“ („Manzilli gazeta“,
kundalik gazeta, 1767-yildan), „Arbeyderbladet“ („Ishchilar gazetasi“, kundalik gazeta,
1884-yildan), „Bergene arbeyderblad“ („Bergen ishchilar gazetasi“, kundalik gazeta,
1927-yildan), „Verdene gang“ („Harakatdagi dunyo“, kundalik gazeta, 1945-yildan),
„Vort
land“
(„Bizning
mamlakat“,
kundalik
gazeta,
1945-yildan),
„Dagbladet“ („Kundalik gazeta“, 1969-yildan), „Morgenbladet“ („Tonggi gazeta“,
kundalik gazeta, 1819-yildan), „Nashunen“ („Millat“, kundalik gazeta, 1896-yildan),
„Norges indoʻstri“ („Norvegiya sanoati“, 2 haftada chiqadigan jurnali, 1920-yildan),
„Fremover“ („Olgʻa“, kundalik gazeta, 1903-yildan), „Harstad tidende“ („Harstad
gazetasi“, kundalik gazeta, 1887-yildan), „Aktuelt perspektiv“ („Dolzarb istiqbol“,
jurnal, 1963-yildan), „Fri fagbevegelse“ („Erkin kasaba harakati“, 2 haftada chiqadigan
jurnal, 1906-yildan) va boshqa Norvegiya telegraf byurosi (NTB) — norveg
gazetalarining aksiyadorlik jamiyati, 1867-yilda tuzilgan. Norvegiya davlat
radioeshittirish mahkamasi (1933-yilda asos solingan) mamlakatdagi radioeshitirish va
21
telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi Adabiyoti. Qadimgi norveg adabiyoti yodgorliklari
deyarli saqlanib qolmagan. Ogʻzaki xalq afsonalari va qahramonlik qoʻshiqlari yozma
adabiyotning ilk manbalari boʻlgan. „Tushdagi sharpa“ dostoni va „Qirol
koʻzgusi“ aytishuvi (dialogi) 13-asrga oid adabiy namunalardir. 14—15-asrlarda ballada
paydo boʻldi. Daniya hukmronligi davrida adabiyot tushkunlikka uchradi, dan tili koʻp
vaqt Norvegiyaning adabiy tili boʻlib turdi. 18-asrda milliy tuygʻu kuchayishi bilan
norveg adabiyoti yuksala bordi, dramaturgiya va lirika rivoj topdi. Norveg va dan
madaniyatlarining atoqli namoyandalari — Skandinaviya teatrining ijodkori —
L.Xolberg va shoir K.Tullin shu davrda faoliyat koʻrsatdi. 1772-yil Kopengagenda
norveg adabiyotini tiklash maqsadida „Norveg jamiyati“ tuzildi. Shu yili Yu.N.Brun
birinchi milliy drama va Norvegiya madhiyasini yaratdi, K.Fasting, K. Friman milliy
vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlarini yozdi. 19-asr 1-yarmida tarix va folklorga qiziqish
kuchaydi, P.K.Asbyornsen va Y.E.Mu norveg xalq ertaklarini yigʻib nashr etdilar, xalq
qoʻshiklari va balladalarini yozib olishga kirishildi. Dramaturgiya va lirika rivojlandi.
50-yillarning 2-yarmida realizm xususiyatlari paydo boʻldi (B.M.Byornsonning
„Badjaxl Segurd“ dramatik trilogiyasi, Ya.K.Kolletning „Amtmann qizlari“ romani va
boshqalar). 70—90-yillarda tanqidiy realizm ustunlikka erishib, norveg adabiyotini
jahon darajasiga koʻtardi. (G.Ibsen, B.M.Byornson, Yu.Li, A.Xyellann ijodi). 20-asr
boshlarida Yu.Boyer, U.Duun, S.Unset kabi yozuvchilar adabiyotga kirib keldilar.
S.Xyol, A.Omre, A.Sandemuse, T.Vesos, Yu.Borgen inson ruxiyatini teran aks ettirdilar.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Norvegiya yozuvchilari fashizmga qarshi kurashda
qatnashdilar, 300 ga yaqin yashirin gazeta chiqarib turildi. Urushdan keyin yaratilgan
koʻpgina asarlar Qarshilik koʻrsatish harakatiga bagʻishlandi. 70—90-yillarda ijod
qilgan shoirlar R.Yakobsen, Ya.Bryuxeym, A.Andersen atrof dunyo chigalliklarini
tasvirladilar. G.Lyunde, E.Xovardsxolm va boshqa jamiyat illatlarini tanqid qildilar.
Meʼmorligi. Oʻrta asrlarda Norvegiyada yogoch meʼmorligi rivoj topdi, qoʻsh sinchli
cherkov („stavkirka“)larning oʻziga xos toifasi vujudga keldi (Urnes va Borgunnadagi
cherkovlar). 12—16-asrlardagi gʻishtli imoratlarda roman va gotika meʼmorligining
taʼsiri seziladi. Bergendagi 16-asr 2-yarmi va 17-asrga mansub Rozenkrans minorasida
Uygʻonish davri, Ser-Frundagi 18-asrga oid cherkovda barokko va rokoko,
Tronxeymdagi 19-asrga mansub qirol qarorgohida klassitsizm meʼmorligi unsurlaridan
22
foydalanildi. 19-asr meʼmorligida eklektizm (Byugdyo yarim orolidagi Oskarsxoll qasri,
meʼmor Yu.Nebelong), 20-asr boshlarida funksionalizm (Oslodagi „Skansen“ restorani,
meʼmor L.Bakker) usullari ustunlik qildi. Keyingi oʻn yilliklarda Oslodagi ratusha
(meʼmorlar A.Arneberg va M.Poulson), „Viking“ mehmonxonasi (meʼmor K. Knutsen),
Hukumat uyi (meʼmor E.Vikshe), Xovikaddendagi muzey (meʼmorlar I.Eykvar,
S.Engebretsen) binolari qurilishida oʻziga xos milliy meʼmoriy shakllar paydo boʻldi.
Mahalliy xalq meʼmorligi anʼanalariga murojaat qilinib, mehmonxona, xususiy villalar,
hovlili koshona uylar qurila boshlandi. Tasviriy sanʼati. Neolit va jez davrlarida
qoyalarga ishlangan rasmlar N. hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklaridir. 8-asr
oxirida oʻrta asr sanʼati (yogʻoch, fil suyagi oʻymakorligi va hokazo) tarkib topgan.
13—14-asrlarda gotika uslubidagi tasviriy sanʼat rivojlandi. Haqiqiy norveg sanʼati 19-
asrda yuzaga keldi. Atoqli rassom Yu.Dal goʻzal manzaralar chizdi, A.Tidemann,
X.Gude, F.Kollett, X.Bakker xalq hayotini tasvirladilar. 20-asr 1-yarmida monumental-
bezak sanʼatining roli kuchaydi. Haykaltaroshlardan R. Lunne, G. Yanson mashhur
boʻldi. 20-asrning 2-yarmida abstraksionizm va turli modern oqimlari vujudga keldi.
Amaliy sanʼat (metall buyumlar, jimjimador yogʻoch anjomlar yasash, gazlama, toʻr
toʻqish, kashtachilik, kulollik) xalq orasida keng tarqalgan. Musiqasi qadimda yuzaga
kelgan. Oʻziga xos norveg xalq qoʻshiqlari (qahramonlik va muhabbat qoʻshiqlari,
qissa-qoʻshiklar, choʻpon va baliqchi qoʻshiklari), raqslar (xalling, springtar va
boshqalar), cholgʻu kuylari (lyuarslott va boshqalar) keng yoyilgan. Azaliy cholgʻu
asboblari — buk-kexorn (echki shoxi), prillar (buqa shoxi), selye (nayning bir turi), har-
tingfele (gʻijjakning bir turi) va boshqa 16-asrda sayyor baxshi (zingmeyster)lar, mohir
skripkachilar, organchilar boʻlgan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida F.Grot,
AFlintenberg, F.Fogel, L.M.Linneman kabi kompozitor, dirijyor va musiqa
nazariyotchilari ijod qilgan. 1850— 60 yillarda X.Xyerulf, U.Bull, R.Nurdrok va
boshqa milliy musiqa maktabini yaratdilar. E.Grig ijodi va ijtimoiy fa-oliyati musiqa
madaniyati yuksalishiga katta taʼsir qildi. Kompozitor F. U. Valen zamonaviy norveg
musiqasiga asos soldi. 20-asr oʻrtalarida X.Severud, K.Egge, E.Tveyt, L.Yensen,
A.Yanson, L.Nilsen kabi kompozitorlar ijod qildilar. Osloda Norvegiya operasi (balet
truppasi bilan), Oslo va Bergenda konservatoriya, Tronxeymda Oliy musiqa maktabi va
boshqa bor.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |