7
I
.BOB. Urushdan keyingi yillarda Skandinaviya
davlatlarining iqtisodiy va madaniy hayoti
1.1. Urushdan keyingi yillarda Afrika davlatlar bilan iqtisodiy va
ijtimoiy-siyosiy hayoti
Skandinaviya Shimoliy Yevropa mamlakatlari tomonidan shakllangan geografiyadir.
Skandinaviya mamlakatlariga Daniya, Shvetsiya va Norvegiya kabi davlatlar kiradi. Bu
davlatlar bilan bir qatorda, Skandinaviyani Finlandiya, Islandiya, Faroe orollari, Åland
orollari va Grenlandiya tashkil etadi. Ushbu mamlakatlarning tillari oʻxshash, faqat fin
tili bundan mustasno. Ushbu tillar shimoliy olmon tillari yoki
skandinaviya tillari deb
nomlanadi. Skandinaviyaga kiruvchi Norvegiya Yevropaning eng boy mamlakatlaridan
biridir. Ushbu mamlakat neft eksport qiluvchi mamlakat, biroq baliqchilik hamda
Angliya bilan munosabati tufayli Yevropa Ittifoqiga qoʻshilmagan. Bu qatorda,
Islandiya ham Yevropa Ittifoqi aʼzosi emas. Daniya esa 1973-yilda
Yevropa Ittifoqiga
qoʻshilgan. Daniyaga qarashli Grenlandiya oroli 1979-yilda referendum orqali Yevropa
Ittifoqidan ajralib chiqqan.
Faqat 1995-yilda Shvetsiya va Finlandiya betaraflikdan voz kechib, Yevropa Ittifoqiga
qoʻshilishdi. Skandinaviya yarim oroli - Yevropaning shim.gʻarbidagi yarim orol.
Shim.dan jan.ga qariyb 1900 km ga choʻzilgan, eni 800 km gacha (Yevropada eng yirik
yarim orol). Boltiq, Shimoliy, Norvegiya va Barens dengizlari suvi oʻrab turadi.
Materikdagi chegarasi shartli ravishda Botnik qoʻltigʻidan Varangerford qultigʻigacha
boʻlgan joydan oʻtgan. Skandinaviya yarim orolio.da Norvegiya, Shvetsiya va
Finlandiya shim.gʻarbiy qismi joylashgan. Shimoliy va gʻarbiy qirgʻoklari fordlar bilan
kuchli
parchalangan, arxipelag va orol koʻp. Yarim orolning jan. qismi Skagerrak
boʻgʻozi va Boxus qultigʻi orqali ikkiga ajralgan. Sharqi va janubidagi past, qiya sohil
qismi kichikroq buxtalar bilan parchalangan. Skandinaviya yarim orolio.ning gʻarbiy va
shim. qismida Skandinaviya togʻlari (eng baland joyi — 2469 m, Galxyopiggen togʻi),
sharqida pastroq Norland yassitogʻligi (eng baland joyi 800 m), janubida morenali
pasttekislik, undan janubroqda gʻarb, sharq va jan.dan sohilbuyi pasttekisliklari bilan
chegaralangan gumbazsimon Smoland qiri (eng baland joyi 377 m) bor. Skandinaviya
yarim orolio. Boltiq qalqoni va kaledon burmali strukturasida joylashgan.
Materik
8
muzlanishining Yevropadagi markazi hisoblangan Skandinaviya yarim orolio.dagi
muzning qalinligi ayrim joylarda 1500 m ga yetgan. Foydali qazilmalardan temir, mis
rudalari, titan va qoʻrgʻoshin, shelf qismida neft konlari bor. Skandinaviya yarim
orolio.ning aksari qismi moʻʼtadil mintaqa, chekka shim. qismi subarktika mintaqasida.
Gʻarbida qishi yumshoq dengiz iqlimi (yanv.ning oʻrtacha temperaturasi shimolida —
4°dan janubida 2° gacha), yozi birmuncha salqin (8—14°). Yillik yogʻin 1000–3000
mm. Skandinaviya togʻlari tepalarida yanvar ning oʻrtacha temperaturasi —16° gacha,
iyulda 6— 8°. taxminan 5000 km² maydon muz bilan qoplangan. Skandinaviya yarim
orolio.ning sharqiy qismida moʻʼtadil iqlim kontinental iqlimga oʻtib boradi, yanvar
ning oʻrtacha temperaturasi shimda —15° dan janubida —3° gacha, iyulniki 10—17°,
yillik yongʻin 300–800 mm. Daryo koʻp, sersuv, serostona.
gidroenergiya zaxirasiga
boy. Koʻl kup, ular tektonik harakatlar va muzlik natijasida vujudga kelgan. 40% dan
ortiq maydoni oʻrmon. Gʻarbida torf botqokdiklari, janubida aralash va keng bargli
oʻrmonlar bor. Chekka shimoli tundra. Yarim orolda oʻrmon hayvonlaridan los, tulki,
kuyon, shimolida bugʻu yashaydi. Qush koʻp. Qirgʻoqqa yaqin suvlari baliqqa boy.
Do'stlaringiz bilan baham: