Mavzu: Shvesiya, Daniya, Norvegiya, qirolliklari ortasidagi


 1945-2021-yillarda Daniya davlati



Download 296,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana29.04.2023
Hajmi296,86 Kb.
#933442
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shvesiya daniya Norvegiya kursavoy ishi

 
2.3. 1945-2021-yillarda Daniya davlati 
Daniya (Danmark), Daniya qirolligi (Konqeriqet Danmark) — Yevropaning 
shimoligʻarbidagi davlat, Yutlandiya ya. orolning katta qismini va unga yaqin orollar 
guruhi (Zelandiya, Fyun, Lollann, Falster va boshqa)ni oʻz ichiga oladi. Maydon 
43043 km
2
(Grenlandiya va Farer orollaridan tashqari); Aholisi 5,59 mln. kishi (2012). 
Poytaxti — Kopengagen shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 amt (viloyat)ga, amtlar esa 
kommunalarga boʻlinadi. Kopengagen va Frederikeberg shaharlari mustaqil maʼmuriy 
birlikka ajratilgan boʻlsa ham, ammo amtlarga tenglashtirilmagan. Ichki muxtoriyatdan 
foydalanuvchi Farer orollari va Grenlandiya orol Daniya qirolligi tarkibiga kiradi. 
Davlat tuzumi. Daniya— konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1953 yil 
5 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (qirolicha, 1972 yildan qirolicha 
Margrete II). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha bilan folketing (bir palatali 
parlament) amalga oshiradi. Folketing 179 deputatdan iborat. Ular umumiy toʻgʻri va 
yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni qirol 
(qirolicha) amalga oshiradi. U bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi hamda 
lavozimidan ozod etadi. Tabiati. Daniya hududi keng bargli urmonlar zonasida 
joylashgan, yer yuzasi tekislik. Eng baland joyi Yutlandiya yarim oroldagi Ayer-
Bavnexoy tepaligi (172 m). Toʻrtlamchi davrda yer ustini qoplagan muzlikning izlari 
saqlanib qolgan. Yutlandiya yarim orol va boshqa orollarning sohillarida qoʻltiqlar va 
boʻgʻozlar koʻp. Daniyada qazilma boyliklar oz. Kaolin, boʻr, neft, torf, qoʻngʻir kumir, 
gaz va tuz konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil dengiz iqlimi, yozi salqin, bahor va kuz fasllari 
uzok, davom etadi. Kishi yumshoq. Fevralda oʻrtacha temperatura 0°, iyulda 15—16°. 
Yillik yogin 600–900 mm. Yogʻinning koʻp qismi kuzda yogʻadi, bahorda va yozda 
yogʻin kam boʻladi. Tez-tez tuman tushadi. Daryolari juda qisqa (eng kattasi Gudeno, 
158 km). Kichik oqar koʻl koʻp. Mamlakat gʻarbining tuprogʻi podzol, sharqiniki 
qoʻngʻir oʻrmon tuproqlardir. Bu yerlarda dehqonchilik qilinadi. Dengiz sohillarida 
oʻtloqi allyuvial tuproq, karbonat jinslarda esa karbonatli qoʻngʻir tuproqlar paydo 
boʻlgan. Hududining 10 % ga yaqini oʻrmon bilan band. Qaragʻay, qoraqaragʻay, 
qoraqayin va dub oʻrmonlari bor. Bu oʻrmonlarda yovvoyi xayvonlardan ohu, asil va 
chipor bugʻu, elik, tiyin, tustovuq uchraydi. Sohillarda parranda koʻp. Yirik 


24 
qoʻriqxonalari: Xesselyo, Vorse. Aholisining 98 % danlar; olmonlar va frizlar ham bor. 
Aholining oʻrtacha zichligi bir km
2
ga 114 kishi. Aholining 84,9 % shaharlarda 
yashaydi. Rasmiy tili — dan tili. Dindorlarning 91 % — lyuteranlar. Yirik shaharlari: 
Kopengagen, Orxus, Odense, Olborg . 
Tarixi Daniya hududida odam qadim zamonlardan beri yashab kelgan. 5—6-asrlarda 
bu yerga danlar qabilasi kelib joylashgan va 8-asrda ular Daniyadagi asosiy qabilaga 
aylangan. Mamlakat nomi shu qabila nomidan kelib chiqqan. Daniya davlati 9—10-
asrlarda shakllangan. 11-asr boshlarida Buyuk Knud 1 hukmronligi davrida Angliya va 
Norvegiya Daniyaga qisqa vaqt qaram boʻlib turdi. Valdemar I (115782), Knud VI 
(1182-1202) va Valdemar II (1202—41) qirollik qilgan davrlarda Daniya davlati 
birmuncha mustahkamlangan. Skandinaviya davlatlari orasida Daniya iqtisodiy taraqqiy 
etgan va siyosiy jihatdan kuchli boʻlgan. 1380 yil D.Norvegiya uniyasi (ittifoqi) 
tuzilgan. 1397 yil (Margarita davrida) barcha Skandinaviya davlatlari Kalmar uniyasiga 
muvofiq Daniya qirolligiga qoʻshildi. 16-asrning 2-yarmidan yirik xususiy yer egaligi 
rivojlana boshladi. Daniya Boltiq va Shimoliy dengiz savdo yoʻlida muhim geografik 
oʻrin egallagani tufayli moddiy jihatdan birmuncha fonda koʻrar edi. Boltiq dengizida 
oʻz hukmronligini mustahkamlash va Shvetsiyani uning tarkibida ushlab turish 
maqsadida Daniya bilan Shvetsiya oʻrtasida koʻp marta boʻlib oʻtgan urushlar 
Daniyaning magʻlubiyati bilan tugab, Boltik, dengizida Shvetsiya hukmron boʻlib oldi. 
17-asrga kelib Daniyada dastlabki ixtisoslashgan qirol manufakturalari paydo boʻlib, 
ular davlatning oʻq-dori, qurol-aslaha va harbiy anjomga boʻlgan ehtiyojini qondirib 
turdi. 1660 yil Daniya davlati merosiy monarxiya deb eʼlon qilindi. Frederik III (1648—
70 yillarda idora qilgan) tomonidan eʼlon qilingan qonun (1665) Daniya absolyut 
monarxiyaga aylanganini yuridik jihatdan tasdiqladi. Rigsrod (yirik feodallar organi) 
bekor qilinib, rigsdag (tabaka vakillari majlisi) ham chaqirilmaydigan boʻldi. 
Mamlakatni markazlashtirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. 1751—70 
yillarda hukumatga boshchilik qilgan graf Bernstorf utkazgan merkantilizm siyosati 
Daniyaning xoʻjalik ahvolini ogʻirlashtirdi. Napoleon urushlarida Fransiya tomonida 
urushda qatnashgan Daniya magʻlubiyatga uchrab, birmuncha hududidan ajraldi va 
xoʻjaligiga katta zarar yetdi. 1840 yil milliy liberal partiya tuzildi (1870 yil tarqatib 
yuborildi). 1849 yil iyun konstitutsiyasiga muvofiq Daniya ikki palatali cheklangan 


25 
monarxiyaga aylandi. Shu yili yirik yer egalari manfaatini himoya qiluvchi konservativ 
Download 296,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish