Reja: Nosiruddin Rabg’uziy- turkiy adabiyot tarixida alohida mavqe qozongan



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana16.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#497923
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 mavzu Nosiruddin Rabg’uziy ”Qissasi Rabg’uziy” asari



5-mavzu:”Nosiruddin Rabg’uziy.”Qissasi Rabg’uziy” asari” 
 
Reja: 
1.Nosiruddin Rabg’uziy- turkiy adabiyot tarixida alohida mavqe qozongan 
aadib. 
2. To’qbo’gabekka bag’ishlangan she’riy madhiya tahlili. 
3. “Qissasi Rabg’uziy” asarining yaratilish va o’rganilish tarixi. 
4. Asarning mavzusi,g’oyasi,vazni haqida . 
5. Qissalar asosini tarixiy- ilhoiy voqealar tashkil etishi haqida. 
6. “Kun hamalga kirdi ersa…” g’azalining xususiy tahlili. 
7. Adib merosining badiiy qimmati. 
 
 
Tayanch tushunchalar: 
Rabg’uziy, qissa, hikoyat,Nuh, Yusuf, Dovud, Namrud, Muhammad Mustafo 
alayhis-salom Odam, mubolag’a, ertak, latifa, ta’rif- tavsif usuli, g’azal, aruz, ramal 
bahri, hijo, rukn. 
Lug’at: 
Qamug’- barcha, izi izza va jalla – qudratli va ulug’ Alloh, uvuch –hovuch, ont 
berdi- so’radi, o’tindi; ont og’irlab- so’ragani uchun, Mavlo taolo- yaratguvchi 
egam,yorliq- farmon, tanlig’lar- tirik mavjudot,qazg’u- qayg’u, adiz – baland, o’ga- 
maqtov, azoq- oyoq, ulviy- oliy, sifliy- past, netak- qanday, Izi- Alloh. 


Rabg‘uziy turkiy yozma adabiyot tarixida alohida mavqe qozongan adibdir. 
Uning asl ismi Nosiruddin bo‘lib, Xorazmning Raboti O‘g‘uz degan joyida 
tug‘ilgan. Adib «Qissasi Rabg‘uziy» (hijriy 710, milodiy 1309—1310-yillar) 
asarining muqaddimasida otasi Burhoniddinning O‘g‘uz Rabotining qozisi 
bo‘lganligini aytib o‘tadi. Asardagi: «... bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, 
ma’siyat (shariatga xilof tarzda ish tutish, gunoh) yobonin kezgan, oz ozuqlug‘, 
ko‘p yozuq- lug‘ Rabot o‘g‘uzining qozisi Burhon o‘g‘li Nosiruddin...»,
deyilgan qaydlar buning dalilidir. 
Asar Nosiruddin To‘qbo‘g‘aning topshirig‘i asosida yozilgan. Muallif uni «... 
yigitlar arig‘i (poki), ulug‘ otlig‘, qutlug‘ zotlig‘, ezgu xulqlig‘, islom yorig‘liq, 
mo‘g‘ul sanilig‘, musulmon dinlig‘, odamiylar inonchi, mo‘minlar quvonchi
himmati adiz (yuksak), aqli tengiz beg» deb ta’riflaydi. 
Nosiruddin To‘qbo‘g‘abekka bag‘ishlangan she’riy madhiyada uning «ortug‘ 
yaroqlig‘ siyrati», «arslon mengizlik sav- lati», «ko‘rklug sifatlig‘ surati», «tuz 
so‘zlayur so‘zni uqa» singari sifatlari keltiriladi. 
Rabg‘uziy yirik shoir va adib bo‘lishiga qaramasdan, uning boshqa asarlari haqida 
ma’lumotlar mavjud emas. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish