Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik



Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana06.07.2022
Hajmi1,59 Mb.
#743972
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kurs ishi IMI




O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI 
“XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI VA 
MAMLAKATSHUNOSLIK” YO‘NALISHI
 
“ISLOM MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI” 
FANIDAN 
 
 
 
 
Bajardi: 2-bosqich talabasi
J.R.Ibrohimov 
Qabul qildi: dotsent Z.Sodiqov 
 
 
 
Toshkent - 2021 y. 



Mavzu: Malining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va 
muammolari 
Reja: 
Kirish 
1.
Malining umumiy ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari va omillari. 
2.
Malining makroiqtisodiy salohiyati. 
3.
Malida tashqi iqtisodiy aloqalari. 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 



Kirish 
Mali — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 12-yanvardagi 
referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (1992-yildan Alfa Umar 
Konare). Umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun 
chiqaruvchi xrkimiyatni Milliy majlis (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni 
prezident bilan hukumat amalga oshiradi

Malida demokratiya uchun alyans — 
Panafrika ozodlik, birdamlik va adolat partiyasi (ADEMA), 1990-yilda tuzilgan; Mali 
taraqqiyot va tiklanish partiyasi, 1991-yilda tashkil etilgan; Demokratiya va rivojlanish 
partiyasi, 1991-yilda asos solingan; Demokratik tashabbus milliy kongressi partiyasi, 
1991-yilda tuzilgan; Demokratiya va taraqqiyotuchun birlashma, 1991-yilda tashkil 
etilgan; Demokratiya va mehnat uchun birlashma partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; 
Taraqqiyot uchun demokratik kuchlar ittifoki partiyasi, 1991-yilda asos solingan; 
Demokratiya va tarak,qiyot partiyasi, 1991-yil tashkil etilgan; Sudan ittifoqi — Afrika 
demokratik birlashmasi partiyasi, 1946-yilda tuzilgan, 1968-yilda taqikdangan, 1992-
yildan yana oshkora ishlay boshlagan. Mali mehnatkashlari milliy birlashmasi kasaba 
uyushmasi, 1963-yilda asos solingan. 
Malida bambara, soninke, malinke, fulbe, diula, sanu, shuningdek, xasonke, 
kachoro, senufo, dogon, bobo, moyey, Sahroi Kabirda tuareglar, arablar yashaydi. 
Aholisining 80% islom, qolganlari xristian va mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi. Rasmiy 
til — fransuz tili. Aholining qariyb 70% mahalliy bambara tilida soʻzlashadi. 
Aholining 25,5% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bamako, Mopti, Segu, 
Sikaso. 
Mali — Gʻarbiy Afrikada oʻrta ayerlarda vujudga kelgan davlatlardan biri. 
Mamlakatga Shimoliy Afrika savdogarlari kirib kelishi bilan islom dini yoyilgan (8-
asr). 19-asrning oxiridan Gʻarbiy Afrikaning markaziy hududi Fransiya 
mustamlakasiga aylandi. Mahalliy aholi mustamlakachilarga qarshi qattiq kurashdi. 
1894-yil Niger va Senegal daryolarining yuqori va oʻrta oqimlaridagi yerlari Fransiya 
Sudani nomi bilan Fransiya mustamlakasi. 1895-yildan Fransiya Sudani Fransiya 
Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga kirdi.



Ikkinchi jahon urushidan
 keyin Fransiya Sudanida ozodlik harakati kuchaydi. 
1946-yil oxirida tashkil topgan Afrika demokratik birlashmasi seksiyasi — Sudan 
Ittifoqi partiyasi milliy ozodlik harakatiga boshchilik qildi, demokratik islohotlar 
oʻtkazish uchun kurash boshladi. Sudan Ittifoqi Fransiya Gʻarbiy Afrikasi 
mamlakatlariling taraqqiyparvar kuchlari va Fransiya Umummehnat konfederatsiyasi 
tarkibidagi kasaba uyushmalari koʻmagida mamlakatda yetakchi siyosiy kuch boʻlib 
qoldi. 1957-yil uning deputatlari Territorial assambleyada birinchi marta koʻp ovoz 
olishga 
muvaffaq 
boʻldilar.
1958-yil 28-sentabrda qabul qilingan Fransiya konstitutsiyasiga muvofiq
Fransiya Sudani Sudan Respublikasi nomi bilan Fransiya Hamjamiyati tarkibiga kirdi. 
1959-yil Sudan Respublikasi bilan Senegal Respublikasining birlashuvidan Mali 
Federatsiyasi tashkil topdi. U 1960-yil iyunda Fransiya Hamjamiyati doirasida 
mustaqillikka erishdi. 1960-yil 20-avgustda Senegal Respublikasi Federatsiyadan 
chikdi. Federatsiyaning tarqalib ketishi munosabati bilan Sudan Respublikasining 
Qonun chiqaruvchi assambleyasi 1960-yil 22-sentabrda Sudan Respublikasini M. 



Respublikasi nomi bilan suveren va mustaqil davlat deb eʼlon qildi va u Fransiya 
Hamjamiyatidan chikdi. Sudan Ittifoqi partiyasining bosh kotibi M. Keyta respublika 
prezidenta boʻldi. 1968-yil noyabrdagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni M. 
Traore (1979-91 yillarda prezident) boshchiligidagi Milliy ozodlik harbiy qoʻmitasi 
egalladi. 1979-yil M. boshkaruvning fuqarolik shakliga oʻtdi. 
1991-yil 25-martda davlat toʻntarishi sodir boʻldi. Hokimiyatni qoʻlga olgan A. 
T. Ture boshchiligidagi Xalqni qutqarish qoʻmitasi demokratik islohotlar oʻtkazishga 
kirishdi. 1992-yil 1-yarmida oʻtkazilgan koʻp partiyali asosdagi parlament va prezident 
saylovi fuqarolar boshqaruviga oʻtishni nihoyasiga yetkazdi. M. Respublikasi 
Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 24-yanvarda tan oldi. Milliy bayrami 
— 22 sentabr — Mustaqillik kuni (1960). 
Mali — afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi — 
55%, sanoatning ulushi — 12%. Iqtisodiy faol ahvolining 75% qishloq xoʻjaligida 
band. Teztez boʻlib turadigan qurgʻoqchilik mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar 
yetkazadi. Qishloq xoʻjaligida yerga jamoa egaligi us-tun. Mamlakat hududining 
salkam 9% haydaladigan va boʻz yerlar, koʻp yillik ekinzorlar, 24% yaylov va 
pichanzorlar, 3,6% oʻrmon va butazorlar, qolgan qismi choʻllardan iborat. 90 ming ga 
yer sugʻoriladi. Haydaladigan yerlarda donli ekinlar, yer yongʻoq va paxta, 
shuningdek, kanop, makkajoʻxori, choy, tamaki, sholi, shakarqamish, shahar 
atroflarida sabzavot va meva, hamma joyda oq joʻxori, fonio, yams, maniok 
yetishtiriladi. Mali — Gʻarbiy Afrikadagi yirik chorvachilik mamlakatlaridan biri. 
Qoramol, qoʻy, echki, tuya, yilqi boqiladi. Oʻrmonlarda mebel va boshqa ehtiyojlar 
uchun yogʻoch tayyorlanadi. Daryolar, irmoklar va koʻllarda baliq ovlanadi. 
Mustaqillik yillarida maʼdan qazib olish yoʻlga qoʻyilib, qayta ishlash sanoatining 
30 dan koʻproq korxonasi barpo etildi. Biroq mahsulot ishlab chiqarish hajmi jihatidan 
hunarmandchilik hamon ustun. Sanoat ishlab chiqarishning yarmiga yaqini qishloq 
xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash tarmogʻiga toʻgʻri keladi. Paxta tozalash, sholi 
oqlash, yer yongʻoq va chigit yogʻi, sabzavot va meva konservalari zavodlari bor. 
Toʻqimachilik kombinatlari, kanop, koʻn-poyabzal, sement zavodlari barpo etilgan. 



Keyingi yillarda velosiped va moped, tranzistor yigʻish, metall konsturkiiyalar, mebel, 
kemasozlik korxonalari, traktor taʼmirlash ustaxonalari barpo etildi. Yiliga oʻrtacha 
200 mln. kVtsoat dan koʻproq elektr energiya hosil qilinadi. 
Malida asosiy transport turi — avtomobil. Avtomobil yoʻllari uz. — 18 ming km, 
shundan 3 ming km qattiq qoplamali. Temir yoʻllari uz. — 720 km. M.ning dengizga 
chiqish yoʻli yoʻq. Tashqi savdo yuklari Senegal va Kot-d’Ivuar orqali tashiladi. 
Mamlakatda 10 aeroport, jumladan, Bamakoda xalqaro aeroporti bor. M. chetga paxta, 
yeryongʻoq, chorva va baliq mahsulotlari, gazlama, kalava ip, oltin, olmos sotadi. 
Chetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, mashina va uskunalar, qurilish materiallari, 
kimyoviy mollar va boshqa oladi. Savdo-sotiqdagi mijozlari: Fransiya, Germaniya, 
Yaponiya, Kot-d’Ivuar, Senegal, Gana. Pul birligi — Afrika franki. 

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish