Mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning funktsional-tuzilmaviy tashkil etilishi va
kompyuterning rivojlanish yo’nalishlari
Reja:
1. Hisoblash texnikasining rivojlanishi.
2. Shaxsiy kompyuterlaming tuzilishi.
3. Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari.
Tayanch tushunchalar: Mexanik hisoblash qurilma, Mexanik qurilma,
Elektromexanika mashina, Elektron hisoblash mashina, Shaxsiy kompyuter,
Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari, Shaxsiy kompyuterning
qo’shimcha qurilmalari.
Hisoblash texnikasining rivojlanishi hozirgi davrdagi yuksak darajaga
kelgunicha u juda katta taraqqiyot jarayonini boshidan oʻtkazdi. Bu taraqqiyot
jarayonini koʻrib chiqqanimizda hisoblash texnikasining rivojlanishi tarixini shartli
ravishda toʻrt katta davrga boʻlishimiz mumkin:
1. Mexanik hisoblash qurilmasigacha boʻlgan davr uzoq oʻtmishdan
boshlanib, to XVII asr boshlarigacha davom etgan. Bunda har qanday hisoblash
asbobi alohida raqam razryadlariga ega boʻlgan. Hisoblash jarayonini ma’lum
holatda tosh, yogʻochlarda amalga oshirishgan.
2. Mexanik qurilmalar davri – XVII asr boshlaridan XIX asr oxirigacha
davom etgan. 1623 yil ingliz olimi V.Shikkard birinchi boʻlib oddiy qoʻshish va
ayirish amallarini bajara oladigan mexanik hisoblash mashinasini yaratdi.
3. Elektromexanika mashinalar davri XIX asr oxiridan XX asr oʻrtalarigacha
boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Elektrotexnikaning rivojlanishi hisoblash
mashinalarida inson jismoniy mexnati oʻrniga elektr energiyani qoʻllashga olib
keldi.
Elektromexanika mashinalar bilan bir vaqtda yangi mashina turlari, hisoblash-
analitik mashinalari paydo boʻlib, ularda hisoblash jarayonlari bajarilib, avtomatik
usulda natijalar taqqoslanilib, taxlil qilinish imkoni yaratildi. Bunday mashinalardan
eng birinchisi 1888 yil AQSHda G.Gollerit tomonidan yaratilib, unga “tabulyator”
nomi berildi. Bu mashinalarda axborot tashuvchilar sifatida perfokartalar xizmat
qilgan.
4. Elektron hisoblash mashinalar (EHM) davri oʻtgan asrning 40-yillari
oʻrtalaridan boshlanib to hozirgi kungacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Bu davr
elektronikaning rivojlanish davri bilan bogʻliq boʻlib, uning asosida hisoblash
mashinalarining yangidan-yangi turlari va modellari dunyoga keldi. [2]
Elektron hisoblash mashinalar oʻz navbatida quyidagi avlodlarga boʻlinadi:
-Birinchi avlodga mansub boʻlgan EHM larning faol elementi elektron lampa
hisoblanadi. Ularning tezligi 10-20 ming amaldir. Bular 1950-yillardan boshlab
paydo boʻlgan. Bu avlodning quyidagi turlari mavjud: BESM-1, MINSK-1, URAL-
1, URAL-2, URAL-4, M-1, M-3, BESM-2, STRELA va h.k. Bularning hajmi katta,
ishlashda ishonchli emas, dastur ta’minotida kuchsiz boʻlgan. Ishlash tezligi 1
sekundda 2-3 ming operatsiya boʻlgan, operativ xotirasining hajmi 2 kb iborat
boʻlgan 1958 yilda M-20 vujudga keldi, uning tezligi 20 ming Kb operatsiya boʻlib,
xotirasi 4 Kb ga teng boʻlgan.
-Ikkinchi avlod EHM larning element bazasi boʻlib, tranzistorlar xizmat
qiladi. Operativ xotiraning keskin oʻsishiga yarim oʻtkazgichlarning paydo boʻlishi
juda foyda berdi. Bu EHM lar yordamida mutaxassislik boʻyicha ishlash mumkin
boʻladi. Bu avlod EHM larida kiritish-chiqarish qurilmalarining imkoniyatlari, ichki
xotiraning hajmi oshirilgan va dasturlash tizimlari rivojlangan. Ularda dasturlar
asosan algoritmik tillarda tuzilib, ularni tushunish uchun tarjimon dasturlar —
translyatorlar yaratiladi. Bu dasturlash jarayoni avtomatlashtirishdagi muxim
qadamlardan biri boʻldi. Bu davrga kelib dasturchilar uchun “yopiq” xolat joriy
etildi va unga koʻra endi dasturchilar EHM joylashgan xonalarga kiritilmasdan, ular
oʻzlarining dasturlarini operatorlarga topshirar va natijani kutishar edilar. Bu oʻz
navbatida mashinaning foydalanish vaqtini oshirishga imkon berdi. Birinchi avlod
EHM larida bir soatda bitta dasturchi ishlagan boʻlsa, ikkinchi avlodda bu paytda bir
necha dastur mashinaga qoʻyiladi, ya’ni EHM ning bekor turib qolishi kamaytiriladi.
Ikkinchi avlod EHM lariga URAL-14, URAL-16, MINSK-32, BESM, BESM-4, M-
220, M-222, BESM-6, MIR-2, NAIRI, RUTA va boshqalar kiradi. Bularning
orasidan BESM-6 mashinasi ayniqsa ajralib turadi. Buning tezligi sekundiga 1 mln
operatsiya bajarsa, operativ xotirasi 32 Kb dan 128 Kb gacha boʻladi.