Mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning funktsional-tuzilmaviy tashkil etilishi va kompyuterning rivojlanish yo’nalishlari Reja



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana31.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#211754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Informatika qayta o'zlashtirish - копия

Integral sxemalar  

1956  yili  Texas  Instruments  firmasi  xodimlari  bitta  kristalda  joylashgan 

tranzistor  va  simsiz ulangan  yarimoʻtkazgichli  qurilmani ixtiro qilishdi. Dastlabki 

integral sxemasida faqatgina oltita tranzistor boʻlgan. Solishtirish uchun zamonaviy 

Pentium  Pro  mikroprotsessorlarida  5,5  mln  tranzistor,  kesh-xotiralarda  32  mln 

tranzistor boʻladi.  



Birinchi mikroprotsessor  

1998 yil Intel firmasi oʻzining 30 yilligini nishonladi. Bu firmaga 18 iyul 1968 

yil Robert Hoys, Gordon Mur va Endryu Grouvlar asos solgan. 

1970 yili Intel 1 Kbit sigʻimli xotira mikrosxemasini yaratdi. Bu mikrosxema 

oʻsha paytdagi barcha integral sxemalardan koʻproq tranzistorga ega edi. Taxminan 

oʻsha  vaqtda  kalkulyator  ishlab  chiqaruvchi  YAponiyaning  Busicom  firmasi 

oʻzining loyihalaridan biri uchun Intel firmasiga 12 turdagi mantiqiy sxema uchun 



buyurtma  berdi.  Bu  12  sxemaning  barchasini  bitta  sxemada  yaratishga  muvaffaq 

boʻlindi.  

Bundan tashqari bu mikrosxemada uning funktsiyalarini dasturiy oʻzgartirish 

imkoni  bor  edi.  Shunday  qilib  u  universal  edi,  y’ani  faqat  kalkulyatorning  oʻzida 

emas balki boshqa maqsadlarda ham ishlatish mumkin boʻldi. Bajariluvchi amallar 

faqat uning ichki tuzilmasi bilan aniqlanmaydi - integral sxema xotiradan ma’lum 

sondagi  buyruqlarni  oʻqiy  olgan  va  bu  buyruqlar  uni  boshqargan.  Gʻoya  shundan 

iborat ediki, uzatilgan buyruqlardan foydalanib amal bajaruvchi hisoblash qurilmasi 

yaratilsin.  

Intel firmasining 4-razryadli birinchi 1001 mikroprotsessori 1971 yilda paydo 

boʻldi. U 2300 ta tranzistordan iborat boʻlib har gal 4 bit ma’lumotni qayta ishlay 

olar  edi.  Protsessor  sekundiga  60  000  ming  amal  bajara  olgan,  bu  esa  hozirgi 

standartlarga nisbatan nihoyatda pastdir. U davrda bu protsessorning paydo boʻlishi 

mikroelektronikada juda katta siljish bo’lgan.  

1972  yil  4004 ning vorisi  8-razryadli 8008  mikroprotsessori  yaratildi. 1981 

yilda  esa  Intel  protsessorlari  oilasi  16-razryadli  8086  va  8088  modellari  bilan 

toʻldirildi.  

1982  yil  Intel  286  protsessori  paydo  boʻldi.  U  16-razryadli  boʻlib,  134  ta 

tranzistordan iborat va oʻzidan oldingi hamma modellarni qoʻllab quvvatlardi.  

1985 yil 32-razryadli Intel 386 protsessori dunyo yuzini koʻrdi. U 275 ming 

tranzistordan iborat va  sekunduga  5  mln  amal  bajara olar  edi  (Million  Instruction 

Per Second - MIPS). Bundan keyingi 486 protsessorini Intel 1989 yilda namoyish 

qildi.  Endi  bu  protsessorda  1,2  mln  tranzistor  boʻlib, qoʻshimcha  protsessori  ham 

bor  edi.  U  4004  protsessoridan  50  marta  tezroq  ishlardi  va  samaradorligi  katta 

meynfreymlarniki bilan barobar edi.  

1993 yil Intel Pentium oilasiga mansub birinchi protsessorini e’lon qildi. Bu 

protsessorning samaradorligi 486 nikidan 5 marta koʻp edi. Unda 3,1 mln tranzistor 

boʻlib  u  sekundiga  90  mln  amal  bajarardi.  P6  oilasiga  mansub  birinchi  Pentium 

protsessori 1995 yili paydo boʻldi. Unda 5,5 mln tranzistor bo'lib sekundiga 300 mln 

amal bajara olardi. Pentium II protsessori 1997 yilda namoyish qilindi. U 7,5 mln 

tranzistordan iborat. 1998 yili Pentium II protsessorlari oilasida Celeron (Pentium II 

ning  arzonlashtirilgan  varianti)  va  Pentium  II  Xeon  (ishchi  stantsiya  va  serverlar 

uchun  yuqori  samaradorlikka  ega  protsessor). 1999  yili  Pentium  III  protsessorlari 

dunyoga  keldi.  Shu  yilning  oʻzida  Intel  firmasi  P7  oilasiga  tegishli  protsessorni 

(kodlashtirilgan nomi Merced ) 2000 yilda paydo boʻlishini aytdi.  

Shaxsiy kompyuterlarning paydo boʻlishi  

1973 yilda birinchi 8008 protsessori asosida tayyorlangan mikroprotsessorli 

komplektlar  ishlab  chiqildi.  Biroq  ular  hech  narsaga  yaramas  edi.  1973  yili  Intel 

8080 mikroprotsessorini taqdim qildi, uning tezkorligi 8008 nikidan 10 marta katta 

edi  va  u  64  Kbayt  xotira  sigʻimini  adreslay  olar  edi.  Bu  narsa  PC  larni  sanoat 

darajasida ishlab chiqarishga turtki boʻldi.  

1975  yili  Altair  kompyuterining  Popular  Electronic  jurnalida  rasmi  chop 

etildi. Bu to‘liq 8080 protsessori, oziqlanish bloki, koʻp indikatorlardan iborat yuza 

tomoni va 256 bayt sigʻimli xotiradan iborat edi. Umumiy narxi 395 dollar boʻlib 

xaridor oʻzi uni yigʻishi lozim edi. Bu kompyuter ochiq shina sxemasiga muvofiq 




ishlab chiqilgan va shuning uchun unga boshqa firmalarning periferiya qurilmalari 

va  qoʻshimcha  platalarini  oʻrnatish  mumkin  edi.  Yangi  protsessorning  paydo 

boʻlishi  turli  dasturiy  ta’minotlarni,  jumladan,  CP/M  (Control  Programm  for 

Microprosessors) operatsion sistemasi va Microsoft firmasining BASIC (Beginners 

All-purpose  Symbolic  Instruction  Code)  dasturlash  tilining  paydo  boʻlishiga  olib 

keldi.  


1945  yili  IBM  haqiqatda  shaxsiy  kompyuter  deb  atash  mumkin  boʻlgan 

qurilma  yaratdi.  5100  modeli  16  Kbayt  sigʻimli  xotira,  16  qator  va  64  belgiga 

moʻljallangan displey, BASIC tili interpretatori va DC-300 kassetali toʻplagichdan 

iborat  edi.  Biroq  kompyuterning  narxi  (9000  dollar)  oddiy  xaridorga  qimmatlik 

qildi,  ayniqsa  koʻpgina  qiziquvchilar  (keyinchalik  xaker  nomini  olgan)  500 

dollardan  shaxsiy  komplektlarini  taklif  qilishardi.  Tabiiyki  IBM  firmasi 

kompyuterlari bunday raqobatga dosh bera olmasdi. 

1976  yili  Apple  Computer  firmasi  narxi  695  dollar  turuvchi  Apple  I 

kompyuteri  bilan  bozorga  chiqdi.  Uning  tizimli  platasi  faneraga  qotirilgan  boʻlib, 

korpus  va  oziqlanish  bloklari  umuman  boʻlmagan.  Bu  kompyuterning  bir  necha 

nusxasi chiqarilib keyinchalik u kollektsionerlarga 20 ming dollar bahosida sotilgan. 

Lekin 1977 yili paydo boʻlgan Apple II kompyuteri koʻpgina kompyuterlar timsoli 

boʻldi.  

1980 yilda kompyuter bozorida ikkita kompyuterlar hukumronlik qilardi. Bu 

koʻpgina sodiq xaridorlari va nihoyatda koʻp dasturiy ta’monotga ega Apple II va 

bir  qancha  Altair  kompyuterlariga  oʻxshash  modelli  kompyuterlar  edi.  Bu 

kompyuterlar bitta operatsion sistema (CP/M) va standart S-100 shinali kengaytirish 

razyomlariga ega edi. Ularning barchasi turli firmalar tomonidan ishlab chiqilar va 

turli nomlar bilan sotilardi. Lekin koʻp hollarda firmalar bir xil aparat va dasturiy 

ta’minotdan foydalanishgan.  



IBM firmasining shaxsiy kompyuteri 

1980  yilning  oxirida  IBM  nihoyat  tez  rivojlanayotgan  arzon  kompyuterlar 

bozoriga chiqishga qaror qildi. Yangi kompyuterni ishlab chiqish uchun Boka-Raton 

shaxrida  oʻzining  Entry  Systems  Divisison  boʻlimini  ochdi.  12  ta  kishidan  iborat 

kichik guruhga Don Estridj (Don Estridge) boshchilik qildi, bosh konstruktor qilib 

Levis Eggebrext (Lewis Eggebrecht) tayinlandi. Aynan shu guruh birinchi haqiqiy 

IBM PC ni yaratdi. Barcha muxandislar System/23 Data Master kompyuteri loyihasi 

ustida ishlagan boʻlib bu kompyuter IBM PC ning timsoli bo



ʻ

lib qoldi.  

IBM  PC  ning  koʻp  qismi  Data  Masterdan  olingan.  Masalan,  klaviatura 

joylashishi  va  elektron  sxemasi;  biroq  IBM  PC  da  displey  va  klaviatura  alohida-

alohida edi.  

Boshqa koʻpgina qismlar, jumladan sistema shinasi ham olindi. IBM PC da 

Data Masterdagi uzilishlar va xotiraga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish kontrolleri 

qoʻllanildi.   

Biroq Data Masterda 8085 protsessori qoʻllanilib u 64 Kbayt xotirani adreslay 

olgan  va  8-razryadli  ichki  va  tashqi  shinaga  ega  edi.  Ushbu  cheklanishlar  tufayli 

IBM PC da 1 Mbayt adres fazosiga, 16-razryadli ichki, lekin 8-razryadli tashqi shina 

ma’lumotlar shinasiga ega 8088 protsessoridan foydalanildi. 8-razryadli tashqi shina 




va  bir  xil  buyruqlar  tizimlari  tufayli  Data  Master  uchun  ishlab  chiqilgan 

qurilmalardan foydalanish mumkin edi.  

12  avgust  1981  yili  IBM  PC  ning  paydo  boʻlishi  bilan  mikrokompyuterlar 

industriyasi  olamida  yangi  standart  paydo  boʻldi.  Shundan  keyin  PC  ni  qoʻllab 

quvvatlovchi yuz millionlab kompyuterlar sotildi. Bu oila kompyuterlari uchun eng 

koʻp dasturiy ta’minot yaratilgan. 

Superkompyuterlar  -  sekundiga  kamida  100  megaflop  (1  megaflop  - 

sekundiga  million  amal  bajarish)  amal  bajaruvchi  kuchli  kompyuterlardir.  Ular 

oʻtatezkor deb ataladi. Bu kompyuterlar umumiy xotira va tashqi qurilmali boʻlib, 

koʻpprotsessorli yoki koʻpmashinali komplekslar sifatida tashkil etiladi. 

Turli  xildagi  kompyuterlar  mavjud  boʻlgani  bilan,  ularning  umumiy 

tomonlari bor boʻlib, ular: Protsessor, xotira, arifmetik-mantiqiy qurilma, boshqarish 

qurilma, kiritish va chiqarish qurilmalari kiradi. Bu qurilmalar aloqa kanallari orqali 

bir-biri bilan ulangan. 




Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish