Mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning funktsional-tuzilmaviy tashkil etilishi va kompyuterning rivojlanish yo’nalishlari Reja



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana31.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#211754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Informatika qayta o'zlashtirish - копия

Mexanik kalkulyatorlar  

Dastlabki  hisoblash  qurilmasi  2000  yil  oldi 

paydo  boʻlgan  abakus  edi.  U  yoʻgʻoch  gʻildirakli 

mashinaga oʻxshagan boʻlib cheklangan amallarni 

bajara  olgan. Dastlabki  evropadagi  mashina  XVII 

asr  boshida  Neper  (logarifmlar  yaratuvchisi) 

tomonidan 

yaratilgan. 

ikki 


sonning 

koʻpaytmasini 

hisoblagan. 

Keyinchalik 

bu 

qurilmalar  Blez  Paskal  va  Gotfrid  Vilgelm 



Leybnitz ishlarida yanada rivojlantirdi.  

Birinchi  tijorat  mexanik  kalkulyatori  Charlz 

Ksavyer Tomas tomonidan 1820 yilda yaratildi. Bu 

mashina  “mukammal”  edi  -  u  qoʻshish,  ayirish, 

koʻpaytirish va boʻlish amallarini bajarardi.  

Birinchi mexanik kompyuter  

Bu  mashinaning  otasi  deb  haqli  ravishda 

Lembrij  universiteti  professori  Charlz  Bebbidjni 

aytish  mumkin.  1812  yilda  paydo  boʻlgan  bu 

mashina 

turli 


usullar 

bilan 


polinomial 

tenglamalarni  yecha  olgan.  1822  yil 

oʻz 

mashinasining kichik ishchi mashinasini Britaniya 



xukumatiga namoyish qilib Bebbidj keyingi rivojlanish uchun mablagʻ oldi. Yangi 

mashina 1823 yili paydo boʻldi. U bugʻli, toʻliq avtomatlashgan boʻlib, natijalarni 

jadval sifatida chop eta olgan. Bu loyiha ustida ishlar yana 10 yil davom etdi va 1833 

yil birinchi koʻp maqsadli kompyuter yaratilib, u keyinchalik analitik mashina deb 

ataldi.  U  50  ta  oʻnlik  sonlar  bilan  ishlab  1000  tagacha  sonni  saqlay  olgan.  Bu 

mashinada  birinchi  marta  amallarning  shartli  bajarilishi  joriy  qilingandi.  Bu 

mashinaga dasturlarni perfokarta yordamida kiritilardi.  

Oʻzining  nisbatan  uzoq  yashashiga  qaramasdan  mexanik  kompyuterlar 

elektron kompyuterlar tomonidan siqib chiqarildi.  

Elektron kompyuterlar  

Birinchi  elektron  kompyuter  deb  Ayyova  shtati  kollejida  Jon  V.  Atanasov 

(John V. Atanasoff) tomonidan yaratilgan tizimni aytish mumkin. Bu qurilmalarda 

pereklyuchatel vazifasini vakumli lampalar oʻtagan.  

Biroq 

xarbiylarga 



yanada 

mukammal 

hisoblash 

tizimlari 

talab 

qilinardi.  Shuning  uchun,  1946  yil  Jon  Moshli  va  J.  Presper  Ekert  tomonidan 



Pensilvaniya universitetida ENIAC (Electrical Numerical Integrator and Calculator) 

elektron hisoblash mashinasi yaratiladi. U 10-xonali sonlar bilan ishlab sekundiga 

300  ta  amal  bajarardi.  ENIAKning  samaradorligi  mexanik  va  elektromexanik 



qurilmalarnikidan  1000  marta  balandroq  edi.  Bu  mashinada  18  mingta  vakuum 

lampalari  ishlatilgan,  u  167  kvadrat  metr  maydonni  egallagan  va  180  ming  vatt 

quvvat sarflagan.  

1945 yil matematik Jon fon Neyman kompyuterni toʻliq fizik strukturaligini 

koʻrsatdi  va  uning  apparat  qismini  almashtirmasdan  ixtiyoriy  hisoblashlarni 

samarali amalga oshirish mumkinligini koʻrsatdi. Boshqacha qilib aytganda apparat 

ta’minotni oʻzgartirmasdan dasturlarni almashtirish mumkin boʻldi.  

Birinchi  tijorat  kompyuterlari  ENIVAC  va  UNIVAC  lar  1947  yili  paydo  boʻldi. 

Ularda ba’zi dasturlar va koʻp foydalaniladigan  ma’lumotlarni saqlovchi operativ 

xotiradan foydalanilgan; dasturlash mashina tili yordamida amalga oshirilgan.  



Elektron lampalardan tranzistorlarga  

Zamonaviy  kompyuter  pereklyuchatellar  yigʻindisidan  iborat  boʻlib,  ular 

ikkilik  sonlarini  akslantirish  va  ularni  boshqarish  maqsadida  ishlatiladi.  Bu 

pereklyuchatellar  yoqiq  va  oʻchik  xolatlarda  boʻla  oladi  va  shuning  uchun  ikkilik 

ma’lumotlarni  saqlashda  qoʻllaniladi.  Dastlabki kompyuterlarda  pereklyuchatellar 

vazifasini  vakuumli  diodlar  bajargan  va  ularning  ishlashiga  qaramasdan  koʻp 

qiyinchiliklar tugʻilardi.  

Lampalarni  elektron  pereklyuchatellar  sifatida  ishlatish  samarasizdir.  Ular 

koʻp elektroenergiya talab qilib, koʻp issiqlik ajratgan. Bundan tashqari issiqlik koʻp 

ajralgani  uchun  lampalarning  ishonchliligi  pasaygan  va  ularning  ishdan  chiqqani 

uchun lampali kompyuterlarning oʻrtacha ishlash vaqti ikki soatni tashkil qilgan.  

Aynan  1948  yil  yarimoʻtkazgichli  qurilmalar  -  tranzistorlarning  ishlatilishi 

tufayli  kompyuter  industriyasida  revolyutsiya  boshlandi.  Tranzistor  Bell 

Labaratories da Jon Bardin, Uolter Bratteyn va Uilyam Shoklilar tomonidan ixtiro 

qilindi.  Elektr  kalit  boʻlgan  tranzistor  qoʻpol  va  noqulay  lampalarni  tezda  siqib 

chiqardi.  Tranzistorlar  juda  kam  quvvat  talab  qilgani  uchun  ular  asosida  qurilgan 

kompyuterlar ancha ixcham va samarali edi.  

Tranzistorlarni  paydo  boʻlishi  kompyuterlarni  miniatyuralshishiga  sabab 

boʻlib,  bu  tendentsiya  xaligacha  davom  etmoqda.  Zamonaviy  akkumulyatorlarda 

ishlovchi  portativ  kompyuterlar  oldingi  xonalarni  egallaydigan  kompyuterlardan 

samaraliroq va tezroq ishlaydi.  


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish