-Uchinchi avlodning element bazasi mikroelektronikaga asoslangan boʻlib,
bunda integral sxemalar kuchlanishi bilan xarakterlanadi. Bu avlodning mashinalari
yagona tizimga qarashli boʻlib, quyidagilardan iborat: ES (Edinaya sistema)-1010;
ES-1020; ES1030; ES-1040; ES-50; ES-60; va boshqalardir. Bular har-xil tezlikka
ega boʻlib, oʻrtacha tezligi 1 sekundda 500 mingdan 1,0-1,3 million operatsiya
sekundiga, ularning operativ xotirasi 256 Kb dan 1204 Kb va 2048 Kb dan 8192 Kb
gacha. Ikkinchi avlod EHM larida dastur yoʻli bilan hal qilinadigan koʻp masalalar
uchinchi avlod EHM larida qurilma yordamida amalga oshiriladi. Uchinchi avlod
mashinalarini yaratishdan qoʻyilgan asosiy maqsadlardan biri EHM lar orasida
dasturli moslikni oʻrnatishdir.
Uchinchi avlod EHM larining muxim qulayliklaridan yana biri, ularning
multidasturli va vaqt taqsimoti xolatida ishlash imkoniyatlarining mavjudligidir. Bu
imkoniyatlar kuchli operastion tizimlarning yaratilishi bilan amalga oshiriladi. EHM
multidasturli xolatda ishlash jarayonida bir paytda bir necha dasturni bajarish
imkoniyatiga ega, ya’ni EHM qurilmalari parallel ishlash imkoniyatiga egadir.
Uchinchi avlodga kelib ichki va tashqi xotira muammosi deyarli hal qilingan boʻlsa-
da, ammo tezlik muammosi hal qilinmay qoldi.
-Toʻrtinchi avlod EHM lari katta integral sxemalarda qurilgan, koʻp
protsessorli mashinalardir. Bu turdagi EHM larning tezligi 10 million
amal/sekundan
ortiqdir.
Toʻrtinchi
avlodga
tegishli
boʻlgan
hisoblash
mashinalaridan biri koʻp protsessorli hisoblash kompleksi —"ELBRUS" dir. Uning
tezligi bir necha oʻn mlnga etib, 16 ming Kbayt xotirasi bor.
-Beshinchi avlod mashinalarini element bazasi boʻlib optik-elektron
elementlar xizmat qiladi. Bu avlodning tezligi sekundiga 100 million operatsiya
bajaradi. Oxirgi avlodlarga mansub boʻlgan EHM larning tezligi sekundigi 1
mlyardgacha boʻladi. EHM yordami bilan ishning effekti hisoblashlarning effektligi
bir necha oʻn minglarga koʻpaydi. Hozirgi kunda ishlatilayotgan eng zamonaviy
kompyuterlarga IBM PC turidagi kompyuterlarni aytish mumkin.
Quyida bu tarixning eng salmoqli voqealari va uning ishtirokchilari haqida
soʻz yuritiladi:
1617 yil. Jon Neper (John Napier) eng oddiy hisob-kitoblarni amalga
oshiruvchi yogʻoch mashinani ixtiro qildi.
1642 yil. Blez Paskal (Blaise Pascal) sonlarni qoʻshuvchi mashinaga ta’rif
berdi.
1822 yil. Charlz Bebbej (Charles Babbadge) haqiqatda dastlabki hisoblash
mashinasi deb hisoblash mumkin boʻlgan va keyinchalik analitik mashina deb
atalgan mashinani namoyish qildi.
1906 yil. Li Di Forest (Lee DeForest) dastlabki elektron hisoblash
mashinalarida pereklyuchatel vazivasini oʻtagan vakuumli triodni patentlashtirdi.
1945 yil. Jon fon Neyman (John Von Neumann) First Draft of a Report on the
EDVAC deb atalgan maqolasini yozdi, unda zamonaviy dasturlashtirish mumkin
boʻlgan kompyuterlar arxitekturasiga ta’rif berdi.
1946 yil. Jon Moshli (John Mauchly) va J. Presper Ekert (J. Presper Eckert)
lar tomonidan ENIAC deb ataluvchi dastlabki elektron hisoblash mashinasi
yaratildi.
1947 yil. 23 dekabrda Jon Bardin (John Bardeen), Uolter Bratteyn (Walter
Brattain) va Uilyam Shokli (William Shockley) lar tomonidan yarimoʻtkazgichlar
texnikasida toʻntarish qilgan tranzistor muvaffaqiyatli tekshiruvdan oʻtdi.
1949 yil. Kembrij universitetida Moris Vilks (Maurice Wilkes) dastlabki
amaliy dasturlash mumkin boʻlgan EDSAC kompyuterini yaratdi.
1950 yil. Minneapolisdagi tadqiqot tashkiloti dastlabki ERA 1101 deb
ataluvchi tijorat kompyuterini taqdim etdi.
1952 yil. U.S. Census Bureau da UNIVAC 1 kompyuteri oʻrnatildi.
1953 yil. IBM firmasi dastlabki 701 elektron kompyuterini yaratdi.
1954 yil. Texas Instruments firmasida Gordon Til (Gordon Teal) tomonidan
yaratilgan va 2,5 dollar turuvchi birinchi yarimoʻtkazgichli tranzistor paydo boʻldi.
1954 yil. IBM firmasi birinchi ommaviy 650 kalkulyatorini ishlab chiqardi va
oʻsha yilning oʻzida ushbu modelning 450 tasi sotildi.
1955 yil. Bell Labaratories dastlabki tranzistorli TRADIC kompyuterini e’lon
qildi.
1956 yil. Massachuset texnologik institutida dastlabki koʻp maqsadli
dasturlanuvchi tranzistorli TX-0 kompyuteri yaratildi.
1956 yil. IBM 305 RAMAC modelining paydo boʻlishi bilan magnit saqlash
qurilmalari erasi boshlandi.
1958 yil. Texas Instruments firmasi xodimi Jek
Kilbi (Jack Kilbi) tomonidan bitta yarimoʻtkazgichli
plastinada
joylashgan
va
tranzistor
va
kondensatorlardan tashkil topgan integral sxema
yaratildi.
1959 yil. IBM firmasi 7000 meynfreymlar
seriyasini yaratdi. Ular dastlabki katta kompaniyalar
uchun moʻljallangan tranzistorli kompyuter edi.
1959 yil. Fairchild Camera va Instrument Corp. kompaniyalari xodimi Robert
Noys (Robert Noyce) bevosita kremniy plastinasidagi kanallar yordamida ishlovchi
integral sxema yaratdi.
1960 yil. Bell Labs firmasi Dataphone deb atalgan, ma’lumotlarni tarmoq
orqali uzatishga moʻljallangan modemni yaratdi.
1960 yil. DEC firmasida PDP-1 deb ataluvchi va 120 ming dollar turuvchi
dastlabki mikrokompyuterni yaratildi.
1961 yil. Datamation jurnali ma’lumotiga koʻra, IBM firmasi maxsulotlari
kompyuter bozorining 81,2% egalladi.
1964 yil. Seymur Krey (Seymour Cray) tomonidan yaratilgan CDC 6600
superkompyuteri sekundiga 3 mln instruktsiya bajarib oʻzining eng yaqin raqibi
IBM Stretch dan uch barobar oshib ketdi.
1970 yil. Birinchi marta ikkita kompyuter orasida aloqa oʻrnatildi; ARPAnet
tarmogʻining dastlabki toʻrtta tugunlari - Kaliforniya
universiteti, UCLA, SRI International va Yuta shtati
universiteti.
1971 yil. IBM firmasining San-Xosedagi
laboratoriyasida 8-dyuymli disketa yaratildi.
1971 yil. Electronic News jurnalida Intel 4004
mikroprotsessorining reklamasi paydo boʻldi.
1972 yil. Intel 8008 mikroprotsessori paydo
boʻldi.
1973 yil. Don Lankaster (Don Lancaster) televizion priyomnik asosida
dastlabki harf-raqamli TV Typewriter monitorini yaratdi.
1974 yil. Xerox firmasining Paolo Altodagi tadqiqot markazida sichqonchali
ishchi stantsiya yaratildi.
1975 yil. Dastlabki Telnet paket kommutatsiyali tijorat tarmogʻi paydo boʻldi.
1975 yil. Popular Electronics jurnalining yanvar sonida 8008 protsessori
bazasida yaratilgan Altair 8800 kompyuteri haqida ma’lumot paydo boʻldi.
1976 yil. Stiv Voznyak (Steve Woznaik) bir platali Aplle I kompyuterini
yaratdi.
1976 yil. Shugart Associates 5,25 dyuymli egiluvchan diskni namoyish qildi.
1977 yil. Apple II kompyuteri paydo boʻldi.
1980 yil. Paolo Altodagi Xerox firmasining
tadqiqot markazida Jon Shoʻx (John Shoch) birinchi
kompyuter chuvalchangi - boʻsh protseesorlarni
qidirib tarmoq orqali tarqaluvchi kichik dasturni
topdi.
1980 yil. Seagate Technologies firmasi
mikrokompyuterlar uchun dastlabki qattiq diskni
ishlab chiqardi.
1981 yil. Adam Osborn (Adam Osborne) 1795 dollar turuvchi dastlabki
portativ kompyuterni chiqardi.
1981 yil. IBM firmasi oʻzining birinchi PC shaxsiy kompyuterini ishlab
chiqardi.
1983 yil. Apple firmasi birinchi foydalanuvchi grafik interfeysili Lisa
kompyuterini yaratdi.
1985 yil. Birinchi musiqali kompakt-disk va CD-ROM toʻplagichi yaratildi.
1989 yil Intel firmasi 1 mln tranzistorli 486 protsessorini ishlab chiqdi.
1990 yil. Jenevadagi yadro tadqiqotlari markazida gipermatnni belgilash tili
(Hyper Murkup Language - HTML) paydo boʻldi va World Wild Web yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |