modem, strimer, joystik, plotter va boshqalar kiradi. Yuqorida sanab oʻtilgan tashqi
Matritsali printerlar - Matritsali printerlarning yozuv boshogʻi ignalar
matritsasidan iborat. Yozuv boshogʻi yozuv qatori boʻylab harakatga keladi.
Axborotga mos holda ignalarning qora qogoz orqali yoki boʻyash lentasi orqali
qogʻoz sirtiga ignalarning urilishi hisobiga yozuv shakllanadi. Yozuv sifatining
Bu printerlar boshqalariga nisbatan sekin ishlaydi. Chop qilish sifati uncha
yaxshi emas va tezligi ham katta emas. Ular 24, 48 ignali boʻladi.
Masalan, Epson-1000, 1050, 1170, 2170.
1.3.1- rasm. Matritsali printer
Oqimli printerlar
- maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yoʻli bilan
ishlagani uchun ular oqimli deyiladi. Oqimli printerlarda siyohdondan axborotga
mos holda ranglarni soplo orqali qogʻoz sirtiga purkalishi natijasida yozuv
shakllanadi. Oqimli printerlar rangli yozuvni amalga oshirish uchun moʻljallangan.
Oqimli printerlarda yozuv sifati va tezligi yuqori va rangli boʻladi (1.3.2- rasm).
Bu printerlar matnlarni tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.
Masalan, HP Paskerd - HewLett Packerd).
1.3.2- rasm. Oqimli printer
Lazer printerlar - Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi
printer hisoblanadi. Shu sababli, hozirgi kunda ushbu turdagi printerlardan keng
foydalaniladi. Ular ham rangli va rangsiz boʻladi (1.3.3- rasm).
Lazerli printerlar zamonaviy yozuv qurilmalari hisoblanadi. Axborot bilan
modullashtirilgan lazerli nurlarning maxsus baraban sirtiga tushishi hisobiga
baraban sirti dielektrik qutblanadi. Natijada baraban sirtiga tonner (mayda koʻmir
donachalari tortiladi va barabanning aylanib, qogʻoz sirtiga bosilishi hisobiga yozuv
paydo boʻladi. Lazerli printerlarda yozuv tezligi va sifati oʻta yuqori.
Masalan: HP Laser Jet. U minutiga 8-15 hatto 40 varaqgacha chop etadi.
1.3.3- rasm. Lazerli printer
Modem
- Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani oʻrnatish. U
oʻzining kommunikatsion dasturlariga ega boʻlib, bu dasturlar ma’lumotlarni uzoq
masofaga uzatadi va qabul qiladi. Masalan: US Roboties, Rockwell, Zyxel va
boshqalar (1.3.4- rasm).
1.3.4- rasm. Modem
Skaner-matn
, grafika va tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish
uchun xizmat qiladi, masalan: Hp Scanjet (1.3.5- rasm).
1.3.5- rasm. Skaner
Plotter - chizmalarni qogʻozga chiqaruvchi qurilma. Plotterlar 2 xil boʻladi:
barabanli va planshetli. Barabanliligi rulonli, planshetligi varaqli qogʻozga
chiqaradi.
Plotterlardan
asosan
chizma
loyihalarini
avtomatlashtirishda
foydalaniladi (1.3.6- rasm).
1.3.6- rasm. Plotter
Joystik - kursorni ekranda toʻrt yoʻnalishdan biriga koʻchishini ta’minlaydi.
U tegishli korpusga oʻrnatilgan dastakdan iborat. Korpus surgich yordamida
kompyuter yaqinida qimirlamaydigan sirtqi qismiga mustahkamlangan burchakni
oʻzgartiruvchilar bilan sharnir asosida birlashtirilgan dastak esa ayrim moddiy
burchak doirasida X va Y kordinatalari boʻylab harakatlanishi mumkin (1.3.7-
rasm).
1.3.7- rasm. Joystik
Har bir qurilma protsessorda joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki
oʻrnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: