rasm).
1.2.8- rasm. Operativ xotira
Korpus (Quti) - bu maxsus quti boʻlib, uning ichida tizimli plata, elektr
manba, disk yurituvchilar, adapterlar platalari va boshqa ixtiyoriy tizim
komponentlari joylashtiriladi. Korpuslarning bir nechta koʻrinishi mavjud: ish
stolida gorizontal holatda oʻrnatiladigan kichkina va yupqa korpuslardan to vertikal
holatda oʻrnatiluvchi katta korpuslargacha. Bu farqdan tashqari korpuslar ular ichiga
oʻrnatilishi mumkin boʻlgan tizimli platalar va elektr manbalari bilan farqlanishi
mumkin. Ba’zi korpuslar komponentlarning olinishi va oʻrnatilishi uchun qulay qilib
yaratilgan. Katta quvvatli tizimlar uchun moʻljallangan ba’zi korpuslarda
qoʻshimcha sovitish qurilmalari va havo filtrlari oʻrnatilib, ular korpus ichiga chang
va boshqa zararli moddalarning kirishini oldini oladi. Aksariyat korpuslarda
oldindan elektr manbai oʻrnatilgan boʻladi, lekin foydalanuvchi tomonidan korpus
va elektr manbai alohida sotib olinishi mumkin (1.2.9-
rasm).
1.2.9- rasm. Korpus
Elektr manbai (Blok pitaniya) dan shaxsiy komputerning har bir alohida
komponentiga elektr toki uzatiladi. Elektr tokisiz hech narsa ishlamasa ham,
foydalanuvchi elektr manbaiga kam etibor beradi. Elektr manbaining asosiy vazifasi
oʻzgaruvchan tokni (110 yoki 220 B) kompyuter komponentlari ishlashi uchun zarur
boʻlgan elektr tokiga oʻzgartirishdir (3.3, 5 va 12 B) (1.2.10-
rasm).
1.2.10- rasm. Elektr manbai
Qattik disk (Vinchestr) - tizimdagi eng asosiy ma’lumot tashuvchisidir. Unda
barcha dastur va ma’lumotlar saqlanadi. Qattiq disklarda tashuvchilar aylanadigan
ferromagnetik qatlam bilan qoplangan alyuminiyli va karamikali disklardan iborat
boʻlgani uchun koʻpincha qattik disk deb ataladi. Qattiq disk oʻlchamlari turlicha
boʻlishi mumkin. Qattiq diskning si’gimi esa qattiq disklar soniga, oʻlchamlariga va
zichligiga boʻgʻliq (1.2.11- rasm).
1.2.11- rasm. Vinchestr
CD-ROM (Compact Disk) va DVD-ROM (Digital Versatile Disk)
yigʻuvchilari nisbatan katta sigʻimga ega boʻlgan va ma’lumotlarni optik
saqlaydigan saqlash qurilmalaridir. Dastlab bunday tashuvchilar ma’lumotlarni
faqat oʻqish uchun moʻljallangan boʻlib, ulardagi ma’lumotlarni oʻzgartish va
qaytadan yozish imkoniyati yoʻq edi. Hozir disk va disk yurituvchilarning
ma’lumotlarni yozadigan (writeable) va koʻp marotaba yozadigan (rewriteable)
modellari mavjud (1.2.12- rasm).
1.2.12- rasm. CD-ROM
Klaviatura - kompyuterning asosiy qurilmalaridan biri boʻlib, foydalanuvchi
tomonidan tizimning boshqarilishini ta’minlaydi. Klaviaturalarning turli xil
koʻrinishlari mavjud. Klaviaturalar matnni turli tillarda kiritish uchun moʻljallangan
boʻlib, oʻlchamlari, shakllari va koʻpgina maxsus imkoniyatlari bilan farqlanadi
(1.2.13- rasm).
1.2.13- rasm. Klaviatura qurilmasi
Sichqoncha - grafik interfeysli operatsion tizimlarning (Graphical User
Interface - GUI) paydo boʻlishi bilan ekranda tasvirlangan ob’ektlarni tanlash
imkoniyatini beruvchi qulay qurilma lozim boʻlib qoldi. Sotuvda bunday vazifalarni
bajaruvchi qurilmalar soni koʻp boʻlgani bilan eng qulay va ommaviy qurilma
sichqoncha hisoblanadi. Sichqonchani stol ustida siljitish orqali foydalanuvchi
sichqoncha koʻrsatkichini monitor ekranidagi ob’ektlarga olib borib, ularni
boshqarish imkoniga ega. Buni klaviatura orqali amalga oshirish biroz murakkabroq
kechardi. Shaxsiy kompyuter uchun standart sichqonchalar ikkita tugmaga ega
bo‘lib, biri ob’ektlarni tanlash uchun ikkinchisi esa ob’ektga xos kontekst menyuni
hosil qilish uchun ishlatiladi. Yana bir tur sichqonchalarda gʻildirak koʻrinishidagi
uchunchi tugma ham mavjud. U yordamida ekran ekrandagi matnni koʻrish
(prokrutka) hamda boshqa maxsus funksiyalarni bajarish mumkin (1.2.14- rasm).
1.2.14- rasm. Sichqoncha va trekbol
Videoadapter - monitorda koʻrinadigan ma’lumotlarni aks ettrirish uchun
ishlatiladi. Barcha videoadapterlar 4 ta asosiy qismlardan: videochip, operativ
videoxotira (Video RAM), raqamli va analogli signallarni oʻgiruvchi qurilma va
asosiy kiritish - chiqarish tizimidan (BIOS) iborat. Videochip ma’lumotlarni
operativ xotiraga yuklab, ekranda tasvirlanishini boshqaradi. Raqamli va analogli
signallarni oʻgiruvchi qurilma operativ videoxotiradagi ma’lumotlarni oʻqib, shu
ma’lumotlarni raqamli koʻrinishidan monitorni boshqaruvchi analogli signal
koʻrinishga oʻgiradi. Asosiy kiritish-chiqarish qurilmasi boshlangʻich yuklanish
davomida displeyning ishlashini ta’minlovchi videodrayverga ega. Soʻng diskdan
asosiy drayverlar yuklanib, Windows yoki boshqa programalar tomonidan
ishlatiladigan video holatlarning ishlashini ta’minlaydi (1.2.15- rasm).
1.2.15- rasm. Videoadapter
Monitor (displey) - koʻp tizimlarda monitor oʻzining alohida himoya
korpusiga oʻrnatilgan, ya’ni tizim blokidan alohida mavjud boʻladi. Portativ
kompyuter (noutbuk) larda va ba’zi arzon shaxsiy kompyuterlarda monitor tizim
bloki korpusiga qoʻshilib oʻrnatiladi. Monitorlar odatda parametrga koʻra ajratiladi:
diagonalining uzinligiga (dyumlarda), piksellar soniga va yangilanish chastotasiga
(Gerts). Diagonal boʻyicha monitor oʻlchamlari odatda 17 dan 32 dyum oraligʻida
oʻzgaradi. Piksellar soni zamonaviy monitorlarda 640x480 dan boshlab 1600x1200
gacha boʻlishi mumkin. Monitordagi har bir piksel uchta nuqtadan iborat boʻlib, har
bir nuqta uchun bittadan rang toʻgʻri keladi (RGB - qizil, yashil, koʻk). Oddiy
monitor tasvirni sekundiga 60 marta qayta aks ettirishi mumkin (60 Gers chastota).
Sifati yuqoriroq boʻlgan monitorlar esa tasvirni 100 Gers chastotagacha yangilaydi.
Yangilanish chastotasi videoxotiradagi tasvirning displey tomonidan ekranda aks
ettirilish tezligini ifodalaydi (1.2.16- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |