Mavzu: sanatoriy-kurort faoliyati to’G’risida tushuncha va ularning tuzilishi reja


SANATORIY-KURORT FAOLIYATI TO’G’RISIDA TUSHUNCHA



Download 30,7 Kb.
bet2/6
Sana18.07.2022
Hajmi30,7 Kb.
#820440
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SANATORIY-KURORT FAOLIYATI TO’G’RISIDA TUSHUNCHA VA ULARNING TUZILISHI 1

1. SANATORIY-KURORT FAOLIYATI TO’G’RISIDA TUSHUNCHA
Sanatoriya (lot. sano — davolayman, sogʻaytiraman) — davolashprofilaktika muassasasi Sanatoriyalarda tabiiy davolash omillari (iqlim, mineral suvlar, shifobaxsh balchiq va boshqalar) bilan bir qatorda davo badan tarbiyasi qoʻllaniladi, parhez ovkatlar beriladi, davo va dam olish tartibiga amal qilinadi. Sanoat korxonalariga yaqin joylarda ishchixizmatchilar uchun sanatoriyprofilaktoriylar tashkil qilinadi. Sanatoriyprofilaktoriylar korxona maʼmuriyati va kasaba uyushmalari nazoratida boʻladi. Oʻzbekiston Sanatoriyalarida iqlim, kuyosh, balneobalchiq bilan davolash, davolash fizkulturasi va terrenkurdan keng foydalaniladi. Sanatoriyalar kurortlarda va iqlimi, tabiati, sanitariyagigiyena shartsharoitlari qulay boʻlgan yerlarda (mahalliy S.) joylashadi. Bularga Shohimardon, Oqgosh, Chorvoq dam olish zonalari kiradi.Yurtimiz aholisini oʻzi yashab turgan odatdagi iqlim sharoitlarida soiyumlashtirish uchun noyob tabiiy iqlim omillariga ega boʻlgan Sanatoriyalar bor. Bularga "Oqtosh", "Zomin", "Kosonsoy", "Miroqi" S.lari kiradi. Shuningdek, respublikada mineral suvlarning barcha turlarini oʻz ichiga olgan boy gidromineral resurslar mavjud. "Chimyon" Seida "Matsesta" suviga oʻxshash sulfidli (vodorod sulfidli) suv, "Chortoq", "Nihol" S.sida yod va brom miqdori yuqori boʻlgan yodbromli suv, "Chinobod", "Turon", "Boʻston", "Botanika", "Sitorai Mohi Xosa", "Kosonsoy" Sanatoriyalarida Saki, Yevpatoriya kurortlarining suvidan qolishmaydigan kam minerallashgan gidrokarbonat, natriy xloridli suv, "Abu Ali ibn Sino" Sanatoriyasida tabiiy radionli suv bor. Bu shifobaxsh suvlardan bemorlar ichadilar, vanna (dush) qabul qiladilar va davo maqsadlarida foydalanadilar. Bu Sanatoriyalar hozirgi kun talabiga javob beradigan zamonaviy davolashdiagnostika bazasiga ega. Sanatoriyalarda davolashdiagnostika muolajalarini olib borish uchun malakali shifokorlar, tibbiy asbobuskunalar bilan jihozlangan xonalar va lablar mavjud. Oʻzbekistonda kattalar, bolalar va oilaviy Sanatoriyalar bor. Tibbiy yoʻnalishiga qarab Sanatoriyalar sil bilan ogʻrigan bemorlar uchun (bu Slarga yoʻllanma bepul), qon aylanish aʼzolari, ovqat hazm qilish aʼzolari, nafas olish aʼzolari kasalliklari, moddalar almashinuvining buzilishi, asab tizimi va tayanchharakat aʼzolari, endokrin kasalliklarini davolashga moʻljallangan boʻladi. Slar bir va koʻp profilli boʻlishi mumkin. Respublikamizdagi bir profilli Slarga "Umid gulshani" (ginekologik va andrologik); "Sitorai Mohi Xosa" (buyraktosh), "Oktosh", "Zomin" (nafas olish aʼzolari) kiradi.Sanatoriykurortda davolash samaradorligi va natijalarning barqarorligi bemorlarni Sanatoriya va kurortlarga toʻgʻri tanlab yuborishga bogʻliq. Sanatoriyaga bemorlar davolashprofilaktika muassasalarida tibbiy koʻriqdan oʻtkazilib, keyin yuboriladi. Vrach bemorga sanatoriykurort kartasini toʻldirib beradi. Sanatoriyaga, asosan, kasalliklarning boshlangʻich davrida, shuningdek, statsionarda davolashga ehtiyoji boʻlmagan surunkali kasalliklar bilan kasallangan hamda turli kasalliklar va operatsiyalarni boshidan kechirgan bemorlarni tuzalish bosqichida yuboriladi. Bolalar Sanatoriyalari surunkali kasalliklar rivojlanishining oldini olishda kasal bolalarni kompleks davolashning muhim tomonlaridan hisoblanadi. Bolalarni Sanatoriyaga vrach koʻrsatmasiga muvofiq yuboriladi. Revmatizm, sil, tayanchharakat aʼzolari funksiyasining buzilishi, nafas aʼzolari, ovqat hazm qilish aʼzolari, buyrak, siydik chiqarish yoʻllari va moddalar almashinuvining buzilishi kasalliklari, psixonevrologik kasalliklar, teri kasalliklari, osteomiyelit, revmatoidli artrit bilan ogʻrigan bolalar Sanatoriyalari mavjud. Ixtisoslashtirilgan bolalar Sanatoriyalaridan tashkdri "Ona va bola" S.lari bor. Barcha bolalar Slarida tarbiyaviypedagogik ishlar olib boriladi. Davolash muddati uzaytirilgan Sda bolalar maktab dasturi boʻyicha oʻqiydi.

Download 30,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish