20. FOIZ KONSENTRATSIYA.
1. 15 % li eritma tayyorlash uchun 100 g suvda necha gramm KCl ni eritish kerak?
A) 17,65 B) 15,00 C) 16,43 D) 18,58
2. 180 g suvda 90 g modda erishidan hosil bo’lgan eritmaning massa ulushini aniqlang.
A) 0,36 B) 0,38 C) 0,33 D) 0,30
3. 17 % li 10 g eritma tayyorlash uchun necha litr n.sh.ammiak talab etiladi?
A) 0,56 B) 1,12 C) 1,68 D) 2,24
4. Natriy gidroksidning 300 ml (zichligi ρ=1,333 g/sm3) 30 % li eritmasiga 200 ml suv qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmada natriy gidroksidning massa ulushi qanday?
A) 15 % B) 20% C) 12 % D) 25%
5. 150 ml suvda qanday hajmda (l) vodorod sulfid (n.sh.) eritilganda, 2,5 % li eritma hosil bo’ladi?
A) 4,5 B) 5,6 C) 2,6 D) 12,2
6. 10 % li magniy sulfat eritmasining 200 g miqdori bilan 5 % li bariy xloridning 350 g eritmasi aralashtirilganda hosil bo’lgan cho’kma massasini (g) hisoblang. [ Mr(Mg)=24, Mr(B A)=137, Mr(S)=32 ] A) 19,6 B) 9,6 C) 12,4 D) 4,0
7. 150 g 60 % li sulfat kislota eritmasidan 20 % li eritma tayyorlash uchun necha millilitr suv kerak?
A) 100 B) 200 C) 300 D) 400
8. 34,5 g natriy metali 1 l suvda erishidan hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini aniqlang.
A) 1,8 B) 3,2 C) 5,8 D) 6,6
9. 93 g natriy oksid necha ml suvda eritilganda, 20 % li o’yuvchi natriy eritmasi hosil bo’ladi?
[Ar(N A)=23] A) 504 B) 519 C) 590 D) 507
10. Trakibida 3 mol vodorod xlorid bo’lgan eritmaning neytrallash uchun qanday
hajmdagi (ml) zichligi 1,2 g/ml bo’lgan natriy gidroksidning 20 % li eritmasidan kerak bo’ladi?
A) 480 B) 500 C) 550 D) 580
11. Massa ulushi 3 % bo’lgan Na2CO3 ning 50 g eritmasini tayyorlash uchun necha gramm krisstallik soda olish kerak?
A) 3,70 B) 4,70 C) 4,50 D) 4,05
12. 23 g natriy 78 g suv bilan reaksiyaga kirishganda hosil bo’lgan natriy ishqor eritmasidagi natriy gidroksidining massa ulushini (%) hisoblang. A) 36 B) 23 C) 43 D) 40
13. 22,4 l vodorod xlorid 146 ml suvda eritildi. Hosil bo’lgan eritmadagi xlorid kislotaning massa ulushini foizlarda aniqlang A) 14 B) 16 C) 18 D) 20
14. Tarkibida besh mol ammiak bo’lgan eritma olish uchun uning 25 % li eritmasidan necha gramm olish kerak? A) 292 B) 310 C) 325 *D) 340
15. Erigan moddaning massa ulushi 6,6 % ni tashkil etadigan, massasi 50 g bo’lgan nitrat kislota eritmasi bilan reaksiyaga kirishishi uchun massasi 80 g bo’lgan kaliy gidroksid eritmasi kerak bo’ldi. Eritmadagi ishqorning massa ulushini aniqlang.
A) 2,7 B) 3,2 C) 3,7 D) 4,3
16. 200 g 20 % li sulfat kislota bilan qancha hajmdagi ammiak reaksiyaga kirishib, ammoniy sulfat hosil qiladi? A) 5,6 B) 11,2 C) 15,4 D) 18,3
17. 400 ml suvga 200 ml konsentrlangan (ρ=1,4 g/ml, C=63%) HNO3 aralashtirilgan bo’lsa, nitrat kislotaning foiz konsentrasiyasi qancha bo’ladi?
A) 20 B) 28 C) 26 D) 30
Do'stlaringiz bilan baham: |