Mavzu: qo'shma gaplarda sabab mazmuning yuzaga chiqishi



Download 79,08 Kb.
bet12/12
Sana01.07.2022
Hajmi79,08 Kb.
#722160
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
QO\'SHMA GAPLARDA SABAB MAZMUNING YUZAGA CHIQISHI (3)4

XULOSA

An’anaviy sintaktik ta’limotda hokim-tobe munosabatidagi sodda gaplarning


o‘zaro birikuvidan tashkil topgan gaplar ergashgan qo‘shma gaplar atamasi ostida
tekshirildi. Bunday turdagi qo‘shma gaplarga sintaktik qurilishi jihatidan qo‘shma
gaplarning maxsus turi sifatida qaraldi. Quyida ergashgan qo‘shma gaplar, ularning
turlari, bog‘lanishi usuli va vositalari bo‘yicha ana’anaviy sintaktik nazariyalarda qayd etilgan ilmiy xulosalarni umumlashtiramiz. Ma’lumki, ergashgan qo‘shma gaplar boshqa turdagi qo‘shma gaplar bilan kamida ikki predikativ birlikdan tashkil topishi jihatidan umumiylik belgisiga ega bo‘ladi. Ergashgan qo‘shma gaplar bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga qaraganda birmuncha murakkab semantik-sintaktik tuzilishga bo‘lib, bu murakkablik har ikki gap turida shakllangan mazmuniy-tarkibiy munosabat, bu munosabatni yuzaga keltiruvchi sintaktik qurilishda ko‘zga tashlanadi.
Shuning uchun ham ergash gapli qo‘shma gaplarning mohiyatini belgilashda ko‘pincha jiddiy muammolarga duch kelinadi. Bu, ayniqsa, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi,shart fe’lili o‘ramlar mavjud bo‘lgan sintaktik birliklarni baholashda ko‘zga tashlanadi.Turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida turli o‘ramlarni o‘z ichiga oluvchi o‘ziga xos gap tiplari mavjudki, ularni ba’zan qo‘shma gap, ba’zan murakkablashgan sodda gaplar tarzida talqin etish kuzatiladi. Bu holat ergashgan qo‘shma gaplarni o‘rganishda birmuncha qiyinchilik tug‘diradi. О‘zbek tilidagi ergash gapli qo‘shma gaplarni ilmiy o‘rganishda G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.Berdialiyev, R.Sayfullayevalarning tadqiqotlari diqqatga sazovor. Bu ishlarda ergashgan qo‘shma gaplar formal, formal-semantik, formal-funksional jihatdan tadqiq etildi, ergashgan
qo‘shma gaplarning turlari ajratilib, har bir turning o‘ziga xos lisoniy tabiati tahlil
qilindi. Ilmiy manbalarda ko‘rsatilishicha, ergashgan qo‘shma gaplar biri hokim,
ikkinchisi tobe munosabatdagi sodda gaplardan, ya’ni bosh va ergash gaplardan tashkil topadi. Bosh gap mazmuni va tuzilishiga ko‘ra nisbatan mustaqil bo‘lib, ergash gap tomonidan izohlanadi, mazmunan to‘ldiriladi. Ergash gap esa bosh gapdagi biror bir bo‘lakning ma’nosiga oydinlik kiritadi, uni izohlab, to‘ldirib keladi. Bosh va ergash gap grammatik jihatdan hamda mazmunan bog‘lanib, yaxlit birlikni tashkil etadi va umumiy bir fikrni ifodalaydi. Masalan, «Qozonga nima tushsa, cho‘michga o‘sha chiqadi» (Maqol.) gapida «Cho‘michga o‘sha chiqadi» bosh gap, «Qozonga nima tushsa» gapi ergash gap vazifasida qo‘llangan. Bu ikki gap -sa shart mayli ko‘rsatkichi orqali o‘zaro bog‘langan. Ergash gap bosh gapga tobelansa-da, ba’zan unga nisbatan mustaqillik xarakteriga ega bo‘ladi. Ergash gapdagi mustaqillik, ayniqsa, ega, kesim,aniqlovchi, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda kuzatiladi. Masalan, «Shunibilginki, seni Vatan kutadi» gapida «Seni Vatan kutadi» ergash gapi bosh gapga nisbatan shaklan mustaqil bo‘lib, u asosiy maqsadni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Demak, gapning shaklan mustaqillik kasb etishi bosh va ergash gapni farqlashda asos bo‘lib xizmat qila olmaydi. Ergash va bosh gaplar sintaktik tuzilishi, mazmuni jihatidan o‘zaro farqlanadi. Ergash gaplarning kesimi aniqlik, shart, buyruq-istak maylidagi fe’llar, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomili shakllar bilan ifodalanadi.
Bosh gapning kesimi esa barcha so‘z turkumlari bilan ifodalana oladi. G‘.Abdurahmonovning ko‘rsatishicha, ergash gaplar mazmuni va turiga ko‘ra darak yoki istak-shart bildiruvchi buyruq gaplar shaklida bo‘ladi. Ergash gaplarning so‘roq gap yoki boshqa xil shaklda bo‘lishi kam uchraydi. Ergash gaplar ayrim hollarda shaxsi umumlashgan va egasiz gap shaklida uchraydi. Masalan: Hozir qayoqqa qarasang, menga o‘xshashlar... (O.)
Bosh gaplar esa, asosan, ikki tarkibli, ba’zan bir tarkibli gap shaklida qo‘llanadi. Bosh gapning to‘liqsiz gap shaklida qo‘llanishi ko‘p uchraydi. Masalan: Trubkani
olsam, Munira! (О‘.U.) Ayrim hollarda bosh gaplar ko‘chirma gap shaklida ham
qo‘llanadi. Masalan: Bir chol dediki, bu tomonlarda fritslar juda oz, katta yo‘llar
yo‘q. (O.) Ergash va bosh gapning o‘zaro birikuvida ergashtiruvchi bog‘lovchilar,
nisbiy so‘zlar, fe’l shakllarini hosil qiluvchi morfologik ko‘rsatkichlar muhim o‘rin
tutadi. An’anaviy sintaktik nazariyalarda ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarning quyidagi turlari ko‘rsatiladi:
1. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar: shu sabali, chunki, shuning uchun, negaki, go‘yo,
-ki.. Masalan: Qalandarov shunday baqirdiki, Saida o‘ng‘aysizlanib ketdi. (A.Q.)
A’lamning qiyofasi, go‘yo bulut bosganday, o‘zgarib ketdi. (O.) Uyda mehmonlar ko‘p bo‘ldi, shu sababli qizlar yon qo‘shninikida bir xonani egalladi.
2. Bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar: -ku, -chi, -mi. Masalan: Intizom buzildimi, ishda unum bo‘lmaydi. (U.) Bilasiz-ku, men Arslonbek Qalandarovman! (A.Q.)
3.Ravishdoshning morfologik ko‘rsatkichlari: -b (-ib), -may, -gach,
-guncha. Masalan: Yigit kishining boshi egilguncha, ho‘kizning boshi sinsin.
(Maqol.) Er ko‘karmay, mol to‘ymas. (Maqol.) Bahor kelib, soylarda suvlar shildirab qoldi. (U.)
4. Sifatdosh + kelishikli (ko‘makchi) morfologik ko‘rsatkich:
a) sifatdoshning morfologik ko‘rsatkichi + kelishik: -gan+da //-dan//-ga,
-ganda+da. Masalan: Jahl kelganda, aql qochadi. (Maqol.)
b) sifatdoshning morfologik shakli+ ko‘makchi: -gan sari // sayin: Qiz yaqinlashgan sari, yurak urushi yanada tezlashdi. («Yoshlik».)
-gani+ uchun//sababli//tufayli: Nurining fikri boshqa narsalar bilan band bo‘lgani
uchun, savol-javoblari sira bir-biriga qovushmas edi. (O.)
-gan //-gani+bilan: U kelagani bilan, qizning e’tiborini qozonmadi. (So‘zl.)
v) sifatdosh + kelishik + ko‘makchi:- gan+dan+ so‘ng // keyin // oldin // ilgari//beri // buyon. Masalan: Tong yorishgandan beri, odamlar kanal tomon yuradilar. (H.O.)
-gan + ga (-gunga)+qadar // dovur. Masalan:... Vodakachka bitgunga qadar, ariqlar
tayyor bo‘ldi. (A.Q.)
-gan + -dan ko‘ra: Masalan: Senga zarra ozor bergandan ko‘ra, Yaxshiroq ko‘zimga tuproq to‘lgani. (U.)
5. Sifatdosh + -dek //-day qo‘shimchasi: -gani + -dek // -day. Masalan: Onaxon, issiq yelkasiga birov muzdek qo‘lini bosgandek, seskanib tushdi. (As.M.)
6. Sifatdosh + to‘liqsiz fe’llar: -gan ekan//edi, -r (-ar) + ekan. Masalan: Chol-kampir oydinda uyga qaytar ekanlar, har ikkovi ham chuqur fikrga toldi. (S.Ahm.)
7. Sifatdosh + paytda // vaqtda//chog‘da//onda: -gan+zamon// paytda//vaqtda
//chog‘da. Masalan: Usta Samarqandda ishlagan vaqtda, Sultonmurod uch yashar bola edi. (O.)
8. Harakat nomili shakl + ko‘makchi: -sh(-ish) + bilan // bilanoq. Masalan: Qish kirib kelishi bilanoq, qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadilar.
-sh(-ish) + -ga qaramay // qaramasdan. Masalan: Martabasi ulug‘ bo‘lishiga
qaramasdan, eng yaqin do‘stday g‘amxo‘rlik qilgan. (A.Q.)
9. Fe’lning shart mayli shakli: -sa. Masalan: Qalandarov biroz sabr qilsa, ortiqcha
so‘zga o‘rin ham qolmas edi. (A.Q.)
10. Fe’lning shart mayli shakli + kelishik (yuklama): -sa+ -da, -sa +ham
(yam). Masalan: Do‘st bilan obod uying, Gar bo‘lsa u vayrona ham. (E.V.)
11. Fe’lning buyruq mayli morfologik ko‘rsatkichi: -ng//-ngiz,
-sin//-masin. Masalan: Bu gaplar naqadar shirin, naqadar yoqimli
bo‘lmasin, Qalandarov bularga harnechuk bolta deb qaradi. (A.Q.)
12. Bog‘lovchi vazifasidagi deb // deya // deyishib // deguncha yordamchilari.
Masalan: Bir ishni qo‘liga oldi deguncha, ikkinchisi chokidan ketadi. (As.M.) ...
Tog‘day og‘ir bilak berdim, yovlarni mushtlasin deb. (H.O.)
Ko‘rinadiki, formal yo‘nalishdagi sintaktik tadqiqotlarda ergashgan qo‘shma gap
qismlarini bog‘lovchi vositalarning xilma-xil ko‘rinishlari qayd etiladi. M.Asqarova bu vositalarga qo‘shimcha tarzda nisbiy so‘zlarni ham bog‘lovchi vositalar sifatida
ko‘rsatadi. Uning fikricha, nisbiy so‘zlar ko‘pincha ergash gaplarni bosh gapga bog‘lashvazifasini bajaradi. Olima nisbiy so‘zlarning shaxs, predmet, o‘lchov-miqdor,belgi-daraja, o‘rin bildiruvchi turlarini farqlaydi.27 Masalan: kim-u, qancha-shuncha,qanday-shunday, qayer -shu er kabilar qo‘shma gapda nisbiy so‘z vazifasida qo‘llanadi.
Ergashgan qo‘shma gaplarning qurilishida alohida o‘rin tutuvchi bu vositalar ko‘p
vazifali hisoblanadi. Ular quyidagi vazifalarni bajarib keladi: a) komponentlarni o‘zaro biriktiradi; b) qo‘shma gap struktur modelining tipik ma’nolarini belgilaydi. odam haqida xabar keltirdimki, uning har bir so‘zi gavhardir. (O) -sa:Kimning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning yo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi. Ergash gap -ki yordamida bosh gap bilan biriksa, bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi o‘rinda keladi va bog‘lovchi bosh gap tarkibida bo‘ladi. Agar ergash gap -sa elementi bilan bosh gap biriksa, ergash gap birinchi, bosh gap ikkinchi o‘rinda keladi, bog‘lovchi ergash gapni kesimi tarkibida bo‘ladi. Bu shunday ajib diyorki, uning zo‘r ko‘zgusi oydir. (H.O) Ikkita gapdantuzilgan. Birinchisi bosh gap, ikkinchisi ergash gap. Ikkinchi komponentdagi aniqlovchi (shunday olmoshni) izohlagan – aniqlovchi ergash gap. Komponentlar -ki bog‘lovchisiorqali birikkan; bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi o‘rinda, bog‘lovchi bosh gap tarkibida.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:




  1. O’zbek tili (Universitet va pedagogika institutlari uchun) qayta ishlangan 2-nashr T. “O’zbekiston” 1992 y.

  2. A.Nurmatov va boshqalar. O’zbek tilining nazariy sintaksisi T.

  3. R.Rasulov. So’z valentligi va sintaktik a’loqa “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 5-6 1992 y.

  4. A.Aliev, K. Sodiqov. O’zbek adabiy tili tarixidan. (Universitet talabalari uchun darslik) T. “O’zbekiston”. 1994 y.

  5. B.Abdurahmonov, S.Mamajanov o’zbek tili va adabiyoti (Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik) T. “O’zbekiston” 1995 y.

  6. M. Mirtojiev Mantiqiy predikatning ega vazifasida kelishi. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 2 1995 y.

  7. F.Ubaeva, R. Saydullaeva to’liqsiz gaplar to’g’risida ba’zibir mulohazalar. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 1 1997 y.

  8. A.Xo’jiev. So’zning morfem tarkibi masalalariga doir. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali 1998 y.

  9. H.Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 2005

  10. M.Mirzayev, C.Usmonov, I.Rasulov. O’zbek tili. T.,1978

  11. O’zbek tili leksikologiyasi. T., 1981.

  12. B.Mengliyev, O’. Xoliyorov. O’zbek tilidan universal qo’llanma. T., 2007

  13. Ne’matov H., Rasulov R. O’zbek tili system leksikologiyasi asoslari. T., 1995.

  14. Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. T., 1996

  15. Qilichev E. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Buxoro, 2001

  16. S.Rahimov, B.Umurqulov, A.Eshonqulova. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 2001

  17. S.Rahimov, B.Umurqulov. Hozirgi o’zbek tili. T., 2003.

  18. www.ziyonet.uz

  19. Fayllar.org.uz




Download 79,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish