MAVZU: QO'SHMA GAPLARDA SABAB MAZMUNING YUZAGA CHIQISHI
I.KIRISH
II. ASOSIY QISIM……………………………………………………….
1.Bog’langan qo`shma gaplarda sabab mazmun…………………………..
2.Ergashgan qoshma gapda sabab mazmun………………………………….
3. Qo'shma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko‘ra
turlari………………………………………………………………………….
III. UMUMIY XULOSALAR………………………………………………..
IV.ADABIYOTLAR RO`YXATI…………………………………………….
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.Qo`shma gaplarda sabab mazmuni. Bog`langan qo`shma gap qismlarining biri ma’lum voqea, hodisa, holatning ro`y berishiga sabab bo`lgan voqea, hodisa, holatni, ikkinchi qism esa shu sabab asosida ro`y bergan voqea, hodisa, holatni ifodalaydi. Masalan: Anor so`zlar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. Bu qo`shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismidan anglashilgan harakatning natijasidir. Qo`shma gapning birinchi qismidan anglashilgan mazmun ikkinchi qismdag mazmunni yuzaga keltiradi.
Sabab va natija munosabatini ifodalagan qo`shma gap qismlari o`zaro biriktiruv bog`lovchisi yoki r-u, -yu, -da yuklamalari yordami bilan bog`lanadi. Ammo sabab va natija munosabatining yuzaga kelishini bog`lovchi yoki yuklamaga bog`lab qo`yish to`g`ri emas. Qo`shma gapning umumiy mazmuni yoki uning tarkibidagi ayrim bo`laklarining ma’nosi, shuningdek, ohang va mantiqiy urg`u modal so`zlar sabab va natija munosabatini keltirib chiqaradi.
Qo`shma gap qismlari kesimlarining ma’nosini bir-biriga qiyoslash bilan ular orasida sabab va natija munosabati ifodalanganligini tushunish mumkin.
Ayrim hollarda qo`shma gap qismlari mazmunini qiyoslash sabab va natija munosabatini keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat asosan yuklama yordami bilan birikkan qo`shma gaplarga va biriktiruv bog`lovchisi bilan birikkan ba’zi bir bog`langan qo`shma gaplarga oiddir: Anzirat xola endigina yorug` kun ko`rishga umid bog`langanida, damba va undan keyin kanal ishi boshlanadi-yu kuyov evaz i naqd bo`lmagan og`ir mehnatga tob bera olmay, Kimsanoyni olib, shaharga ketib qoldi.
Bog`langan qo`shma gapning bu xili, ichki mazmun munosabatiga ko`ra, ergash gapli qo`shma gaplarga o`xshaydi. Ammo bu xil gap qurilmalar mazmuni, grammatik tuzilishi va ohang bilan farqlanib turadi va bog`langan qo`shma gap bo`ladi.Bog`langan qo`shma gapdagi sabab va natijani ifodalagan har bir qism mazmun jihatdan ma’lum darajada mustaqildir. Sabab va natijani ifodalovchi ergash va bosh gaplarda esa har ikki gap bir-biri bilan jips mazmunini aloqasiga kirishadi; ergash gap esa bosh gapsiz o`qilmaydi, ihlatilmaydi. Ergash gapli qo`shma gapdagi tobelik va hokimlik bog`langan qo`shma gapda bo`lmaydi.
Bog`langan qo`shma gapning bu turini tashkil etgan qismlari tuzilishi jihatidan mustaqil sodda gap shaklida bo`ladi, ergash gapli qo`shma gapning sabab anglatuvchi gapni tugallangan grammatik shaklli so`z bilan ifodalanmaydi, shuning uchun ham bu xil gaplar mustaqil ravishda qo`llanmaydi.Qo`shma gapning sabab anglatuvchi birinchi qismida ohang ma’lum darajada ko`tariladi va undan so`ng qo`shma gapning davom etishiga ishora beruvchi to`xtam bo`ladi. Ergash gapli qo`shma gapda ham ohang asosan ana shu tartibda bo`lsa ham, ergash gapdagi ohang ancha yuqori ko`tariladi va undan so`nggi to`xtam juda qisqa bo`ladi.
Sabab va natija munosabatini ifodalovchi qo`shma gap qismlari kesimlarida zamon shakllarining qo`llanishida o`ziga xoslik bor. Mazmunan bu xil qo`shma gapni tashkil etgan qismlarning birinchisi sabab bo`lib ikkinchisi undan kelib chiqadigan natijani ifodalaydi. Shunga ko`ra birinchi qismning kesimi o`tgan zamon yoki hozirgi zamon shakli va ma’nosida bo`lsa, ikkinchi qismning kesimi o`tgan zamon yoki hozirgi yoki kelasi zamon shakli va ma’nosida bo`lishi kerak. Ammo amalda kesim shakllari ana shunday bo`lgan qurilmalar juda kam uchraydi. Odatda, bog`langan qo`shma gap qismlarining kesimlari bir xil zamon shaklida bo`ladi. Bu xil kesimlardan anglashilgan mazmunning ketma-ket ro`y berishi, birining sabab, ikkinchisining undan kelib chiqadigan natija ekanini kontekst, qismlarning umumiy mazmuni ko`rsatib turadi: Samandarov hammani tanisa kerak.
Qo`shma gap tarkibidagi sabab va natijani ifodalovchi qismlar o`tgan zamonga oiddir. Ammo ulardan anglashilgan mazmun ketma-ket ro`y beradi sabab oldin, natija so`ng sodir bo`ladi.
Sabab va natija munosabatini ifodalagan qo`shma gap qismlarinining kesimlari bir xil zamon shaklida bo`lishlariga sabab shundaki, bu hil gaplarda sabab va natija orasida qat’iy chegara bo`lmaydi-avval ifodalagan qismda harakat holat boshlangan bo`lsada, u tugallanmay, natija mazmunini ifodalagan qismdagi harakat holat boshlanadi va har ikkisi barobar davom etadi: G`amxonada qashshoqlik kuldi va oila tutday to`kildi.
Bu xil gap qurilmalarining ayrim turlarida natija boshlanganda, sabab tugallanadi, ammo bu holda ham sababdan natijaning kelib chiqishi tezlik bilan ro`y beradi: Bemor dorini ichdi-yu, ta’siri ham darrov bilina qoldi.
Sabab-natija munosabatini ifodalovchi qo`shma gaplarni tashkil etgan qismlarning ichki tuzilishi, urg`usi va ohangida o`ziga xoslik mavjuddir. Buning sababi qo`shma gapning ikkinchi qismi mazmuni ma’lum darajada birinchi qismga bog`liq bo`lishidadir. Odatda, sabab va natija mazmunini ifodalashda ayrim gap bo`laklari asosiy rol uynaydi. Mantiqiy urg`u ana shunday so`zlarga tushadi. Qo`shma gapning ikki qismi orasida bog`lovchidan oldin to`xtam beriladi va ikkinchi qismi orasida bog`ovchidan oldin to`xtam beriladi va ikkinchi qism xulosalash, natijalash ohangi, pasayuvchi ohang bilan talaffuz etiladi: O`rmonjon qariyalar bilan o`tkazgan bir suxbatida allanimadan gap chiqdi-yu, kimdir yer islohotidan burun bo`lgan daryo toshqini haqida gapirdi.Sabab-natija munosabati ayrim so`zlar yordami bilan burttiriladi. Bu so`zlar qo`shma gap ikkinchi qismining boshida keladi.Sabab-natija munosabatiga kirihuvchi gaplarni biriktirihda xizmat qilgan, bunday mazmun munosabatlarining yanada aniqroq, burttiribroq ifodalash uchun ishlatilgan shu xil leksik elementlar gap bo`lagi vazifasida keladi va o`z leksik ma’nosiga ega bo`ladi. Ikkinchi qism boshida shuning uchun kelgan qo`shma gaplarda ham sabab-natija munosabati bo`lsada, bu hil qurilmalar sabab ergash gapli qo`shma gap sanaladi. Chunki shuning uchun o`zbek tilida tobelashtiruvchi bog`lovchi hisoblanadi va u bosh gap tarkibida bo`lib, sabab-ergash gapga bosh gapga bog`lash uchun xizmat qiladi.Sabab-natija munosabatini ifodalovchi qo`shma gaplarning ba’zi bir turlarida qismlar orasida aloqa juda zich bo`ladi. Qo`shma gapning ikkinchi qismi tarkibida bu, u olmoshlari ishtirok etadi: bu olmoshlar qo`shma gapning birinchi qismiga mazmunan teng bo`ladi, uni eslatadi va so`nggi mulohaza uchun asos bo`ladi. Bu, u olmoshlari gap tarkibida esa to`ldiruvchi yoki hol vazifasida keladi: Otam ham mening nog`ora chalishimni ko`rmoqchi bo`lgan, degan fikr kunglimga kelib, g`ururim yana ham ortdi va bu holning ta’siri bilan nog`ora cho`plarini yana ham balandroq ko`tarib, nog`oramga qattiqroq ura boshladim. Ba’zi bog`langan qo`shma gap qismlarining so`nggisi oldingi qismlarning mazmuniga qo`shimcha umumiy izoh bo`ladi, uni to`ldiradi, davom ettiradi; ular oldingi qismlarning mazmuniga aloqador bo`lgan yoki shu mazmundan kelib chiqadigan biror qo`shimcha xabarni yoki natijani ifodalaydi. Bu hil gaplar sodda yoki qo`shma gaplarning birikuvidan tashkil topishi mumkin.
Ikkinchi qism birinchisiga qo`shimcha izoh bo`lgan qo`shma gap qismlarini o`zaro bog`lash uchun biriktiruv bog`lovchilari–ham, hamda, va; zidlov bog`lovchilari – lekin, ammo; bog`lovchi vazifasidagi bo`lsa, esa fe’l shakllari xizmat qiladi, bunda har bir bog`lovchi o`z grammatik ma’nosini saqlaydi.
Qismlarning o`zaro semantik munosabatiga ko`ra bog`langan qo`shma gapning bu xili ikki turga bo`linadi:Izohlash munosabatini ifodalash.Qo`shimcha ma’lumot berish munosabatini ifodalash.Izohlash munosabatining ifodalanishi. Bog`langan qo`shma gapning bu xili guruhida qo`shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismdan anglashilgan umumiy mazmunni izohlaydi va u bilan bog`liq bo`lgan qo`shimcha harakat holat, xususiyatlarni ifodalaydi yoki so`zlovchining birinchi qism mazmuni haqidagi fikri, bahosi munosabatini ko`rsatadi: Odamga andisha kerak, lekin undan ham ilgariroq insof kerak.
Bu xil bog`langan qo`shma gap qismlaridan anglashilgan mazmun odatda bir vaqtda ro`y beradi, shuning uchun ham qo`shma gap qismlarining kesimlari bir-biriga mos bir xil zamon shakli va ma’nosida bo`ladi.Izoh munosabatini ifodalagan qo`shma gaplarning tarkibida bu olmoshi keladi. Bu olmoshi odatda qo`shma gap ikkinchi qismining boshida, bog`lovchilardan so`ng qo`llanadi. Bu olmoshi mazmunan birinchi gapga teng keladi, uni eslatadi va so`nggi muhokama uchun asos bo`ladi.Bu olmosh turli vazifalarda qo`llanadi, ammo u qanday vazifada bo`lmasin, qo`shma gapning ikkinchi qismida, fikr o`sha haqda boradi:Olmosh–ega vazifasida: Oziqlantirish bilan sug`orish katta uzilishga yo`l qo`yilmoqda, bu esa o`g`itning tuproq qatlami orasida qolib, kuchini yo`qotishga sabab bo`layotir.Olmosh–to`ldiruvchi vazifasida: Yaqin olti oy bo`ldiki, mana shu osoyishtalik buzildi va bunga sabab, kampirning gumonida, Siddiqjonning onasi edi.Ayrim hollarda bu olmoshi narsa, hol kabi so`zlar bilan birga kelishi mumkin. Bu holda bu olmoshi sifatlovchili aniqlovchi vazifasida bo`ladi; ba’zan qaratqich kelishigi qo`himchasini olib, qaratqichli aniqlovchi yoki to`ldiruvchi vazifasida kelishi ham mumkin: Boyning zulmi borgan sari ortdi, bu hol esa xalqning g`azabini yanada kuchaytirdi.Ba’zan ikkinchi gap tarkibidagi olmosh ifodalanmaydi, ammo bu konteksdan, umumiy mazmundan anglashilib turadi: Mulla Hakim, bir nozik ish bor. Lekin hayrli ish.Ayrim hollarda bu olmoshi butunlay qo`llanmaydi. Bunday hollarda ikkinchi gap o`z mazmuniga ko`ra birinchi gapga umumiy izoh bo`ladi: -Nima qildi jonim?–so`raydi Yo`lchi, lekin «betobmisan?» deyishga tili bormadi.
3. Qo`shimcha ma’lumot berish munosabatining ifodalanishi. Bog`langan qo`shma gapning ikkinchi qismi qo`shimcha ma’lumot ifodalashi mumkin. Qo`shimcha ma’lumot qo`shma gapning birinchi qismi bilan bevosita bog`lanishi, undan kelib chiqishi yoki birinchi qismning mazmuni bilan bevosita bog`lanmasligi ham mumkin.Bu xil bog`langan qo`shma gap qismlarini biriktirish uchun asosan ham, hamda bog`lovchilari ishlatiladi. Haftalar o`tdi ham tugaldi savdo.Ham bog`lovchisi qo`shma qapning ikki gapi orasida emas ikkinchi gapning tarkibida qo`llanishi mumkin: Siddiqjon «unsur» kalimasini «hukumatga qarshi» degan ma’noda ishlatar, bu yerdagilar ham ma’noda anglar edi…
Bunda harakat-holatning ham bog`lovchisidan oldin kelgan bo`lakka oidligi alohida ta’kidlanadi.Qo`shimcha izoh munosabati va bog`lovchisi orqali ham ifodalanadi: Bu kunlardagi ijodim o`quvchilar ommasiga ma’lumdir va shu yillardagi she’rlarimni to`plab, «Men sharqdan kelayotirman» nomli kitob qildim.
Bog`langan qo`shma gapning bu xili va, ham, hamda bog`lovchilari yordamida tuziladi. Payt munosabatini ifodalashda xizmat qiluvchi boshqa bog`lovchilar bunday ma’no munosabatini ifodalashda ihlatilmaydi.Qo`shma ma’lumot ifodalovchi gap qurilmalarinnig ikkinchi qismi birinchi kesimdan anglashilgan xabarga baho munosabatini ifodalash mumkin.
Ikkinchi qismda qo`shimcha ma’lumot ifodalagan gap qurilmalari yana, tag`in elementlarning yordami bilan ham tuzilishi mumkin. Men tayinlangan gaplar esingdan chiqib qolibdi.Shuni hisobga olish kerakki, og`zaki va yozma nutqda qo`shma gaplar faqat bir xil ma’no munosabatlarini ifodalash bilan chegaralanmaydi, ko`p hollarda turli ma’no munosabatlari birgalikda ifodalanadi. Masalan, ayiruv munosabalari bilan payt qiyoslah munosabatlari; bilan payt va ayiruv munosabatlari birga ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |