-guncha: Er to‘ymaguncha, el to‘ymas. (Maqol.)
-may: Hech qancha vaqt o‘tmay, xonaga Salim yugurib kirdi. («Yoshlik».)
-may + turib: Yo‘lchi gapini tamomlamay turib, uydan Unsin chiqib qoldi. (O.)
Fe’lning harakat nomi shakli -sh (-ish) bilan ko‘makchisi bilan birga kelib, ergash gapni bosh gapga bog‘laydi: Qishloqqa salqin tushishi bilan, kolxoz saroyining katta sahnidagi chiroqlar yondi. (I. R.)
1Y. Shart mayli -sa qo‘shimchasi yordamida payt ergash gap bosh gapga bog‘lanadi. Masalan: Yuzingni bir ko‘ray desam, qo‘lingni pardalar qilding. (Z.)
Y. Qo‘shma gap qismlari demoq fe’l shakli orqali bog‘lanadi:
desa: Qaytaman desam, hech ruxsat berishmadi. (So‘zl.)deguncha: U keldi deguncha, hammamiz yugurib chiqamiz. (So‘zl.)
Y1. Payt ergash gap bosh gapga - ki bog‘lovchisi yordamida birikadi. Masalan: Shu dargohga kelibmanki, janjaldan boshim chiqmaydi. (A.Qod.)Y11. Payt ergash gap bosh gapga mi yuklama-bog‘lovchisi orqali bog‘lanadi: Paxta ochildimi, terim boshlanadi.Payt ergash gapli qo‘shma gaplarda payt munosabatining ifodalanishida turli holatlar kuzatiladi. G‘. Abdurahmonov payt munosabatining ifodalanishi bilan bog‘liq holatlarni quyidagicha farqlaydi:
1. Bosh va ergash gapdagi voqelik bir vaqtda ruy beradi. Masalan: Men-Farhod, ajdar-la olishgan damda, Qomating xanjardir, mash’aldir ko‘zing. (G‘.G‘.)
2. Bosh gapdagi harakat, xususiyat ergash gapdagi harakat, xususiyatdan so‘ng yuzaga keladi. Masalan: Mashq tugagach, gur o‘tirdi hamma birdan. (G‘.G‘.)54
О‘zbek tilida ergash gapdagi voqeaning bosh gapdagi voqeadan oldin sodir bo‘lishi ham keng tarqalgan. Masalan: Men gapdan to‘xtashim bilanoq, u yarim soatdan keyin kelishini aytdi.Ushbu gapda ergash gapdagi voqea tugashi bilan bosh gapdagi voqeaning boshlanishi ifodalangan. Oq yuklamasining ta’sirida gap mazmunida sub’yektiv murakkablashuv yuzaga kelgan. Bunday gaplarda ta’kid ham yuklamasi vositasida ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Endi gap boshlagan ham ediki, eshik taqillab qoldi. (So‘zl.)Ergash gapli qo‘shma gaplarda hamisha ikki denotativ voqea ifodalanadi. Shunga ko‘ra gapda mazmuniy- sintaktik muvofiqlik saqlanadi. Bosh gap asosiy denotativ voqeani ifodalasa, ergash bosh gapning payt bildiruvchi uzvi sifatida qo‘llanadi. Bunga ko‘ra gapda mazmuniy-funksional muvofiqlik buzilmaydi. Ammo ayrim hollarda ergash gaplardagi voqea o‘zining denotativligini yo‘qotadi va kirish qurilmalarga aylanadi yoki ularga yaqinlashadi. Masalan, «О‘z tili bilan aytganda, adirga «uzoqdan rahbarlik» qilardi» (S.Ahm.) gapi tarkibiy qismi «О‘z tili bilan aytganda» kirish tizimga aylanib, ergash gaplik xususiyatini yo‘qotishi natijasida qo‘shma gap sodda gapga aylanadi.Payt ergash gapli qo‘shma gaplarning asosiy qismi havola bo‘laksiz bo‘ladi Ergash gap payt holi sifatida to‘g‘ridan -to‘g‘ri bosh gap tarkibiga kiradi, natijada havola bo‘lakka zaruriyat bo‘lmaydi. N.Mahmudovning qayd etishicha, keng tarqalmagan bo‘lsa-da, nutqda ikki havola bo‘lakli payt ergash gapli qo‘shma gaplar ham uchraydi. Bunday gaplarda qachon-shunda//o‘shanda//o‘sha paytda tarzida qarshilantirilgan havola bo‘laklar mavjud bo‘ladi. Masalan: Sen qachon o‘ninchi sinfni bitirsang, o‘shanda soat olib beraman. О‘rin ergash gapli qo‘shma gaplar. О‘rin ergash gaplar bosh gapdagi harakatning yuzaga kelish, boshlanish yoki yo‘nalish o‘rnini ko‘rsatadi. Masalan: Katta kema qayoqqa yursa, kichik kema ham shu yoqqa yuradi. (Maqol.)
Ushbu qo‘shma gap «Katta kema qayoqqa yursa» ergash gapi va «Kichik kema ham shu yoqqa yuradi» bosh gapining -sa shart mayli affiksi yordamida o‘zaro bog‘lanishidan tarkib topgan. Ergash gap bosh gapdagi harakatning yo‘nalish o‘rnini anglatib kelgan.О‘rin ergash gaplar bosh gapdagi o‘rin holining mazmuniga aniqlik kiritadi, uni semantik jihatdan izohlaydi. Shu sababli gapning bu turi ayrim manbalarda «Umumlashtiruvchi-izoh ergash gapli qo‘shma gaplar»ga birlashtiriladi. О‘rin ergash gaplar bosh gapga shart mayli, buyruq mayli shaklidagi fe’l + ekan to‘liqsiz fe’lidan iborat biriktiruvchi vositalar orqali bog‘lanadi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |