Mavzu: qo'shma gaplarda sabab mazmuning yuzaga chiqishi



Download 79,08 Kb.
bet5/12
Sana01.07.2022
Hajmi79,08 Kb.
#722160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
QO\'SHMA GAPLARDA SABAB MAZMUNING YUZAGA CHIQISHI (3)4

deb // deya // deyishib: Nevaramni ko‘ray deb, bobosi kelibdi. (S.Z.)
- a (-r) + ekan: So‘zim qanday ta’sir etar ekan deb, diqqat bilan unga tikildim.
- mi + ekan: Baxtim bormikan deb.., kelaberdilar bari katta chinor sari. (H.O.)
- sin + uchun: U esini o‘nglab, tomoshabin to‘planmasin uchun, dadasiga zerikibroq yuring dedi. (A.Q.)
-toki: Qishloqqa yolg‘iz o‘zim qaytmoqchiman, toki gap-so‘zlar tinchisin. («Yoshlik».)Maqsad ergash gapning kesimi ba’zan degan maqsadda, degan niyatda, degan umid bilan birikmalari orqali ham ifodalanadi va bosh gapga birikadi: Menga qararmikin degan niyat bilan, baland ovozda gapira boshladim. («Yoshlik».)
Maqsad ergash gaplar deb, uchun, degan umidda, degan niyatda, degan maqsadda, degan umid bilan, degan niyat bilan birikmalari orqali bosh gapga bog‘lansa, gap boshida keladi, bosh gap esa undan keyin keladi. Bunday holatda bog‘lovchi vositalar ergash gap tarkibida bo‘ladi.Ergash gap toki bog‘lovchisi orqali bosh gapga biriksa, ikkinchi o‘rinda keladi va bu bog‘lovchi ergash gap tarkibida bo‘ladi.Maqsad ergash gap bosh gapning biror bo‘lagini izohlasa, bosh gapning o‘rtasida qo‘llanadi: Qiz, u og‘iz ochmasin deb, ishora qildi. («Yoshlik».)Maqsad ergash gapli qo‘shma gaplarning mazmuni voqealar o‘rtasidagi maqsad munosabatidan iborat. Bosh gap tarkibida ataylab//atayin, jo‘rttaga so‘zlari qo‘llansa, maqsadning alohida ta’kidi anglashiladi. Masalan: Hamma qarasin deb, ataylab davraga chiqdi. («Yoshlik».)
Maqsadni ifodalaydigan voqea, ko‘pincha, faraziy, asosiy voqea esa real bo‘ladi. Bunday gaplarda bosh gap hamisha mazmunan erkin, ergash gap esa bog‘li bo‘ladi. Masalan, «Biror kishi uchrab qolar deb, u katta yo‘ldan yurdi» gapida 1-gap ergash gap bo‘lib, u farazni anglatadi, 2-gap esa real voqeani aks ettiruvchi bosh gap sanaladi.Maqsad ergash gapli qo‘shma gaplarda ikki denotativ voqea ifodalanadi. Shunga ko‘ra gapda mazmuniy -sintaktik muvofiqlik saqlanadi. Maqsad ergash gapli qo‘shma gaplar ham havola bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra havola bo‘laksiz gap sanaladi. Payt ergash gapli qo‘shma gaplar. Payt ergash bosh gapda ifodalangan voqea-hodisaning yuzaga kelish vaqtini bildiradi.53 Payt ergash gap va bosh gap orasida zamon munosabati shakllanadi. Masalan: Jahl kelganda, aql qochadi. (Maqol.)Ushbu qo‘shma gapning «Jahl kelganda» komponenti ergash gap, «Aql qochadi» qismi esa bosh gap. Ergash gap bosh gapda aks etgan voqeaning yuzaga chiqish paytini ko‘rsatgan.Payt ergash gaplarning bosh gaplar bilan bog‘lanishida, asosan, payt munosabatining muayyan ko‘rinishi ifodasi uchun moslashgan biriktiruvchi vositalar qo‘llanadi. Bular quyidagilardir:
Payt ergash gap bosh gapga sifatdosh shakllari, sifatdoshli o‘ramlar orqali bog‘lanadi:
-gan +-daOnaxon gap boshlaganda, shovqin yana tindi. (As.M.)
-gan + -dan + keyin // beri // so‘ng // boshlab: Rahmonqulov stol yoniga o‘tirgandan keyin, Xumorxon pochta olib kirdi. (As.M.)
-gan + -ga + dovur // qadar:Majlis boshlangunga qadar, xona tartibga solindi. («Yoshlik».)
-gan + edi // edi, ekanXolmurod borayotgan edi, chol ko‘zlarini olaytirib darvozani yopib oldi. (P.T.)
-gan + paytda // vaqtda// chog‘da // mahalda//zamonTong yorisha boshlagan paytda, birdan zilzila sodir bo‘lgan edi. («Saodat».)
-r (-ar), -r (-ar) + ekanChaqmoqday otlarda sersavlat beklar ucharkan, uning ko‘zlarida havas, hasad yonib ketardi. (O.)
-r (-ar) + - masKun botar -botmas, biz yo‘lga chiqdik. (So‘zl.)
-mas + -danVaqt tugamasdan, hozirlik ko‘ring. (So‘zl.)
-mas +-dan + oldin // avval // burunKun botmasdan burun, mehmon ketdi. (So‘zl.)
Fe’lning ravishdosh shakli orqali ergash gap bosh gapga bog‘lanadi:
-b // -ib: Kech kirib, havoning tafti qaytdi. (S.Ahm.)
-gach: Ular biroz jim o‘tirgach, Akbarxo‘ja gap ochdi. (P.T.)

Download 79,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish