uchun: Dunyoni tark etmagayman, dunyoda sen bor uchun;
sababli: Kuzgi shudgor sifatli bo‘lganligi sababli, hosil yaxshi bo‘ldi;
tufayli: Do‘l yoqqanligi tufayli, ko‘chat zararlangan edi; -ganidan //- ganligidan: Bu kun chorshanba bo‘lganidan, bozor ayniqsa qizigan (O.);
-mi: Atrofda noxush voqealar yuz berganligidanmi, shoirning ko‘ngli g‘ash edi (O.);
-gan (-ganli + lig + I + dan) + bo‘lsa + kerak: Yig‘ilish kechiktirilgan bo‘lsa kerak, boshqarmada Rahmatqulov ham ko‘rinmadi (As.M.);
shekilli, chog‘i: Bu fojeani hamma undan ko‘rayotgan shekilli, u qayoqqadir g‘oyib bo‘ldi (As.M.);
-ki: Baxtim borki, har narsa go‘zal ko‘rinadi mening ko‘zimga (H.O.); deb: Qiz keladi deb, yigit orqasiga qaytdi («Yoshlik».);
-gach: Bolasi bu yerda student bo‘lgach, otasi osuda va ko‘ngli to‘qdir (G‘.G‘.);
-may // -masdan: Bu amallarga chidolmay, ko‘zda yoshim shashqator (M.).
2. Sabab ergash gaplar bosh gapga bog‘lovchilar yordamida birikadi:
chunki: Biz engdik, chunki biz haq edik (So‘zl.);
negaki: Adolat buning sababini surishtirmadi, negaki boqqa brigada boshliqlari ham kelishlari kerak edi (A.Q);
sababki: Bu to‘g‘rida u kishidan o‘pkalamadim, sababki ozodlik nimaligini ozodlikdan mahkum bo‘lgan odam biladi (A.Q.);
shuning uchun // shu sababli, shu boisdan// shu vajdan: Har kun ortar ko‘zlarimda nur, shuning uchun yo‘q aslo g‘amim (H.O.).
Sabab ergash gap bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu boisdan, shu vajdan bog‘lovchilari bilan biriksa, ergash gap avval, bosh gap keyin keladi, bog‘lovchilar esa bosh gap tarkibida qo‘llanadi.
-ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi ba’zan bosh gap, ba’zan ergash gap tarkibida qo‘llanadi. Masalan, «Baxtim borki, har narsa go‘zal ko‘rinadi mening ko‘zimga» gapida -ki bog‘lovchisi ergash gap kesimi tarkibida, «Men sizga shuning uchun ham ishonmaymanki, siz yolg‘on gapirasiz» gapida esa bosh gap kesimi tarkibida kelgan.
Sabab ergash gaplarda 2 xil mazmuniy munosabat farqlanadi:
1. Sabab-natija munosabati. 2. Sabab-izoh munosabati.
1-turdagi sabab ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap sababni, bosh gap undan kelib chiqadigan natijani anglatadi. Masalan: Jangchilar o‘zlarini puxta yashira olganlari uchun, talafot juda oz bo‘ldi. (O.)
2-turdagi qo‘shma gaplarda sabab ergash gap bosh gapga nisbatan izohni ham anglatadi. Masalan: Nikohning qimmati yo‘q, chunki sen rozi bo‘lmagansan, to‘g‘rimi? (H.H.) Anglashiladiki, har ikki holatda ham qo‘shma gaplarda sabab munosabati shakllanadi. Ba’zan qo‘shma gapda aks etgan sabab munosabatining sub’yektiv murakkablashuvi kuzatiladi. Qo‘shma gapning bunday murakkablashuvi sababning aniq yoki noaniqligi, ma’lum yoki noma’lumligi, taxminiyligi kabi sub’yektiv ma’no nozikliklarini gap mazmuniga kiritish hisobiga yuz beradi. Masalan, «Majlis erta boshlandi, faqat shuning uchun u kech qoldi» gapida ergash gapdagi voqeaning aniq ekanligi ta’kidlangan, bu bilan sabab munosabati subyektiv murakkablashgan. Murakkablashuv faqat yuklamasi orqali shaklan ifodalangan.
Sababning aniq emasligining ifodalanishi nutqda ko‘p uchraydi. Bu ko‘pincha -mi yuklamasi orqali yuzaga chiqadi: Yuragi bir nimani sezdimi, ovozining boricha baqirdi. (S.B.) Sabab ergash gapli qo‘shma gaplarda semantik-sintaktik nomuvofiqlik deyarli buzilmaydi. Bunday turdagi qo‘shma gaplar havola bo‘laksiz gaplar hisoblanadi.Maqsad ergash gapli qo‘shma gaplar. Maqsad ergash gap bosh gapdagi voqea-hodisaning qanday maqsad bilan yuzaga kelishini ko‘rsatadi. Masalan, «Xalqimiz shoyi kiysin deb, tut ko‘chati ekamiz» gapida «Xalqimiz shoyi kiysin deb» gapi ergash gap, «Tut ko‘chati ekamiz» gapi esa bosh gap; ergash gap bosh gapdagi voqelikning qanday maqsad asosida bajarilishini ifodalagan.
Maqsad ergash gaplar bosh gapga quyidagi bog‘lovchi vositalar bilan birikadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |