3-jadval
№
|
Ko’rsatkichlar
|
O’tgan yilning shu davrda
|
Hisobot davrida
|
O’zgarishi
(+;-)
|
O’sish darajasi, %
|
Summa, ming so’m
|
Salomog’i, %
|
Summa, ming so’m
|
Salomog’i, %
|
Summa, ming so’m
|
Salomog’i, %
|
|
1
|
Davr boshiga pul mablag’lari qoldig’i
|
54 209 425
|
|
|
|
|
|
|
2
|
Pul mablag’larining jami kirimi
|
12 844 045 481
|
|
|
|
|
|
|
|
Shu jumladan faoliyat turlari bo’yicha:
- asosiy faoliyatdan
|
12 722 657 345
|
|
|
|
|
|
|
|
- investitsion
|
0
|
|
|
|
|
|
|
|
- moliyaviy
|
121 388 136
|
|
|
|
|
|
|
3
|
Pul mablag’larining jami chiqimi
|
12 816 517 881
|
|
|
|
|
|
|
|
Shu jumladan faoliyat turlari bo’yicha:
- asosiy faoliyatdan
|
10 769 033 418
|
|
|
|
|
|
|
|
- investitsion
|
1 994 775 407
|
|
|
|
|
|
|
|
- moliyaviy
|
52709056
|
|
|
|
|
|
|
4
|
Davr oxiriga pul mablag’lari
|
1 408 975 313
|
|
|
|
|
|
|
Faoliyat turlari bo’yicha pul oqimi tahlili
- moliyaviy faoliyatdan keladigan pul mablag’larining balanslangan sifatiga erishish uchun qancha mablag’;
- asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyatdan xarajatlar va ularning kelish manbalarini korxona bo’yicha jamlangan holda baholash;
- pul mablag’lari kirimi va chiqimining ularning davr oxiriga qoldiq summalariga qay darajada ta‘sir etishini baholash;
- faoliyat turlari bo’yicha pul mablag’lari tarkibiga, har bitta faoliyat turi bo’yicha sof pul mablag’lari sof kirimi (chiqimi)ni baholashga imkon beradi.
Pul mablag’larini egri usuldagi tahlili. Egri usulda pul mablag’larini tahlil etishning axborot ta‘minoti sifatida buxgalteriya balansi, metodologiya asosi tahlilning balans usuli hisoblanadi. Mazkur usulda pul mablag’larining kirimida balans passivi moddalarining o’sishi va aktiv moddalarning kamayishi, pul mablag’lari chiqimida balans aktiv moddalarining ko’payishi va passiv moddalarining kamayishini xarakterlaydi.
Pul mablag’lari ko’payishida asosiy manba joriy davr foydasi vaamortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Umumiy ko’rinishda pul mablag’lari harakatini, hisob-kitobini quyidagi formula asosida topish mumkin
SPX = SF + AA - (ΔA + AA) + (ΔP - SF)
Bunda:
SF – joriy davr sof foydasi;
AA – amortizatsiya ajratmalari;
ΔA – aktivlarning o’zgarishi;
ΔP – passivlarning o’zgarishi.
1. Joriy faoliyatdan pul mablag’larining sof harakati hisob-kitobi:
PMj.f. = SF+ AA - ΔZ - ΔDM + (ΔKjamg’. -SF) + ΔKM
Bunda:
ΔZ – zaxiralarning o’sishi;
ΔDM – debitorlik majburiyatlarining o’sishi;
ΔKM – kreditorlik majburiyatlarining o’sishi
(ΔKjam. - SF) – jamg’arilgan kapitalning o’sishi (taqsimlanmagan foyda va rezerv kapitalining) joriy davr foydasidan farqi (farq – joriy davrda ishlatilgan foyda summasi) ni xarakterlaydi.
Joriy faoliyatdan sof pul mablag„lari harakati:
“+” sof foyda summasi amaortizatsiya, kirimga olingan schyotlardagi kamayish, kelgusi davr xarajatlarining o’sishi, nomoddiy aktivlarni sotishdan zararlar, soliqlar bo’yicha majburiyatlarning ortishi qo’shiladi.
“-” qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushumlar, avans to’lovlari ortishi, TMZ o’sishi, to’lovga qabul qilingan schyotlarning kamayishi, majburiyatlarning kamayishi, bank kreditlarining kamayishi.
2. Investitsion faoliyatdan sof pul mablag’lari harakati hisob-kitobi:
ChDPi.d. = - (Δ OTA + AA)
Bunda:
Δ OTA – oborotdan tashqari aktivlar o’sishi. Investitsion faoliyatdan sof pul mablag„lari harakati:
“+” moddiy aktivlar va qimmatli qog’ozlarni sotishdan pul mablag’lari kirimi;
“-” moddiy aktivlar va qimmatli qog’ozlarni sotishdan pul mablag’lari chiqimi.
3. Moliyaviy faoliyatdan pul mablag’lari sof harakati hisob-kitobi:
PMm.f. = ΔKinv + Δ Mu + Δ Mq
Bunda:
Δ Kinv – investitsiyalangan xususiy kapitalning o’sishi (sotib
olingan aksiyalar va qo’shilgan kapital summasiga farq etuvchi ustav kapitali);
ΔMu – uzoq muddatli majburiyatlarning o’sishi;
ΔMq – qisqa muddatli kreditlar va qarzlar summasining o’sishi.
Moliyaviy faoliyatdan sof pul mablag„lari harakati :
“+” oddiy aksiyalarning emissiyasi;
“-” qarzlarni qoplash va dividendlar to’lovi
Do'stlaringiz bilan baham: |