Chiziqli polimerlar makromolekulalarning uzun ipsimon kuchsiz bog‘lanishi shaklida bo‘ladi. Polimer tarkibida atomlar polyar guruhlarining bo‘lishi zanjirlar orasidagi bog‘lanishni kuchaytiradi.
Havoyi polimerlarda zanjirlar orasidagi mustahkamlik kimyoviy bog‘lanish yaxlit havoyi karkas hosil qiladi. Mukammal bog‘lanish yuz berganda polimer qattiq elastik jism holatiga o‘tadi.
Chiziqli polimerlar qizdirilganda yumshaydi va qovushoq-elastik holatda bo‘ladi. Bunda molekulalararo kuchlar va zanjirlar o‘rtasidagi harorat ta’sirida kuchsizlanadi. Termoplastik polimerlar asosiy xossalarini saqlab qolgan holda qizdirilganda yumshaydi va sovutilganda qattiq (qovushoq-elastik) holatga o‘tadi.
Termoreaktiv polimerlar (reaktoplastlar) qotirilgach qizdirilganda qaytadan plastik holatga o‘tmaydi. Harorat oshirilsa termoreaktiv polimerlar strukturasi buziladi va yonib ketishi mumkin.
Polimerizatsion polimerlar
Polietilen (-CN-CN-)n etilenni polimerizatsiyalash usulida olinadi. Polietilen oq rangli qattiq shoxsimon mahsulot bo‘lib, o‘lchami 3-5 mm li granula ko‘rinishida yoki kukun holida ishlab chiqariladi.
Polietilenning xossalari molekular massasiga zanjirning tarmoqlanishiga va kristallanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Uning zichligi 0,92-0,97 g/sm3,cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 12-32 MPa, suv shimuvchanligi 0,03-0,04%. Polietilen turli agressiv muhitlarga bardoshli va sovuqqa chidamli. Polietilenning elastiklik moduli 150-800 MPa, issiqqa bardoshliligi 108-1300C, issiqdan chiziqli kengayish koeffitsenti yuqori, qattiqligi esa kam bo‘ladi. Polietilen qurilish tizimida gidroizolyatsiya o‘rama materiali, turli diametrdagi suvsozlik va oqava suvlarni oqizishga mo‘ljallangan quvurlar, vaqtinchalik yopma mahsulot va sanitariya-texnika qismlari sifatida ishlatiladi.
Polivinilxlorid (PVX) vinilxloridni polimerizatsiyalab olinadi. Monomer (CN2CN cl) normal sharoitda efir hidli rangsiz gaz holatida bo‘ladi. Polivinilxlorid yuqori fizik-mexanik xossalarga ega, suvga va agressiv muhitlarga chidamli.
Polivinilxloriddan bir va ko‘p qatlamli, asosli va asossiz (matoli va issiqlik izolyatsiyasi) linoleumlar tayyorlanadi. U asosida gidroizolyatsion va bezak mahsulotlari olinadi. Polivinilxlorid kislotalar, ishqorlar, benzin, spirt, moylarga bardoshli bo‘lgani sababli turli diametrdagi suvsozlik, kanalizatsion va texnologik quvurlar, buyum va qismlar tayyorlanadi.
Polivinilxlorid asosida plintuslar, tutqichlar, sanitariya-texnika predmetlari va issiqlik izolyatsiyasi materiallari tayyorlanadi.
Yuqori harorat ta’sirida mustahkamligining keskin pasayishi, uzoq muddat kuch ta’sirida deformatsiyalanishi va xususiy hollarda xlor birikmalari ajrab chiqishi polivinilxloridning kamchiliklaridan hisoblanadi. Tarkibidan xlor birikmalari ajralib chiqishini bartaraf etish maqsadida polivinilxloridga ularni bog‘laydigan stabilizatorlar qo‘shiladi.
Polistirol stirol monomerini (C5N5.CNCN2) polimerizatsiyalash usulida olinadi. Polistirol xidsiz, fiziologik ziyonsiz, oddiy haroratda qattiq, shaffof material bo‘lib, 90% nurni o‘tkazadi. Polistirol granula (6-10mm), mayda va yirik kukun hamda biser (0,2% namlikda) ko‘rinishda ishlab chiqariladi.
Polistirolning cho‘zilishdagi mustahkamligi 35-60 MPa, siqilishdagi mustahkamligi 80-110 MPa. U suv muhitiga, konsentrlangan kislotalarga (azot va sirka kislotasidan tashqari), ishqor eritmalariga (40% konsentratsiyagacha) bardoshlidir. Polistirolning kamchiliklariga issiqqa bardoshliligining yuqori emasligi, mo‘rtligi va yonuvchanligi kiradi. U asosida qoplama plitalar, qorishmalar, mastikalar, issiqlik izolyatsiyasi materiallari olinadi, beton va boshqa g‘ovak buyumlarni modifikatsiyalashda (qisman yoki to‘la shimdirishda) ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |