Plastmassalarning asosiy xossalari
Plastmassalar qurilish materiallari ichida konstruktiv sifat ko‘rsatkichi yuqori, ya’ni xususiy massasi kam, mustahkamligi esa yuqori material hisoblanadi. Ular aluminiydan 2 marta, po‘latdan 5-6 marta yengil. Plastmassalarning zichligi 0,8-1,8 gsm3, o‘rtacha zichligi esa 20 dan 2200 kgm3 gacha o‘zgaradi.
Plastmassalar mustahkamligi keng chegaralarda o‘zgaradi. Kukun va tolasimon to‘ldirgichli plasmassalarning siqilishdagi mustahkamligi 120-160 MPa, yog‘och shponli plastiklarniki 200-220 MPa, SVAM niki (shisha tolali anizotrop material) esa 420 MPa. Poroforli plastmassalarning siqilishdagi mustahkamligi odatda 0,1-10 MPa atrofida bo‘ladi.
Tolasimon va qatlamli to‘ldirgichli plastmassalarning uzilishdagi mustahkamlik chegarasi yuqori bo‘ladi. Masalan, tekstolitniki 150 MPa, yog‘och shponli plastmassalarniki 350 MPa.
Plastmassalarning issiq o‘tkazuvchanligi uning g‘ovakligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘ta yengil plastmassalarning issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,03 Vt(m.0C).
Plastmassa turiga qarab ishqor, kislota, tuz eritmalari va boshqa agressiv muhitlarga chidamli bo‘ladi. Yuqori zichlikdagi va mustahkamlikdagi plastmassalar yedirilishda va zarbga bardoshlidir.
Plastmassalar tarkibiga bo‘yoqlar qo‘shilib turli rangli mahsulotlar olish mumkin.
Organik shisha (polimetilmetakrilatlar) shaffof bo‘lib, 1% dan kam ultrabinafsha nurlarni o‘tkazadi, oddiy oyna esa 70% dan ko‘p nurni o‘tkazadi.
Plastmassalarni arralash, teshish, frezerlash, randalash, charxlash va boshqa texnologik ishlov berish oson. Plastmassa buyumlarni o‘zaro va boshqa materiallar (metall, yog‘och, mato va sh.k.) bilan yelimlash mumkin. Bu imkoniyatdan foydalanib turli xususiyatlarni o‘ziga mujassam qilgan yelimlangan qurilish buyumlari, konstruksiyalari va qismlari tayyorlanadi.
Plastmassa buyumlarni payvandlash osonligi ular asosida mustahkam yig‘ma konstruksiyalar tayyorlash imkonini beradi. Mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash usulida truboprovodlar, korroziya muhitidan himoyalovchi gidroizolyatsiya qatlamlari hosil qilish va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin.
Ba’zi plastmassalarning (polimerlar) yoriqlarisiz o‘ta yupqa pardalar hosil qilish imkoniyati ular asosida korroziyaga bardoshli va pardozlash bo‘yoqlari va loklari tayyorlashga zamin yaratadi.
Plastmassalar va boshqa kompozitsion polimer materiallar o‘ziga xos kamchiliklarga ega. Plastmassalarning issiqqa bardoshliligi yuqori bo‘lmay, 700C dan 2000C gacha bo‘ladi.
Issiqdan chiziqli kengayish koeffitsienti yuqoriligi plastmassalarning asosiy kamchiliklaridan hisoblanadi. Odatda 25-120.10-6 atrofida bo‘lib, po‘latning ushbu ko‘rsatkichidan 2,5-10 marta ko‘pdir. Plastmassalarning bu kamchiligini boshqa materiallar bilan kombinatsiyalashgan buyum va konstruksiyalar olishda, antikorrozion qoplamalar hosil qilishda, katta o‘lchamdagi konstruksiyalarni yig‘ishda (masalan, truboprovodlar, havoyi konstruksiyalar) hisobga olish zarur.
Plastmassalarning kamchiliklaridan biri yuklama ta’sirida vaqt davomida deformatsiyaning ortib borishidir (polzuchest). Bu kamchilik plastmassalar asosida yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan konstruksiyalar tayyorlashda hisobga olinishi kerak.
Ba’zi plastmassalar yuqori harorat ta’sirida va yonganda zararli gazlarni ajratib chiqaradi va atrof-muhit yoki xonalarda toksinlashgan sharoitni hosil qiladi. Polivinilxlorid singari termoplastik polimerlar xona harorati va namligi sharoitida ham inson uchun zararli xlor moddasini ajratadi. Plastmassalardan zararli gaz va suyuqliklar ajrlishini bartaraf etish uchun tarkibiga stabilizatorlar qo‘shiladi.
Plastmassalarning umumiy kamchiligiga quyosh nuri va kislorod ta’sirida eskirishi kiradi.
Plastmassalardan tayyorlangan buyum va konstruksiyalarning asosiy xossalari va muayyan muhitlarga bardoshliligi ularning ishlatilish sohalarini belgilaydi.
Plastmassalarning xossalarini tarkibiga turli modifikatorlar kiritib o‘zgartirish, yaxshilash va boshqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |