6-ma’ruza: qo‘shimchalar



Download 26,98 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2022
Hajmi26,98 Kb.
#687754
  1   2   3   4
Bog'liq
6-ma'ruza-1


6-ma’ruza:
QO‘SHIMCHALAR
Reja:
1. Qorishmalar va quruq qurilish qorishmalar ishlab chiqarishda bog‘lovchi moddalar, to‘ldiruvchilar.
2. Ishlab-chiqarish bosqichlari, qo‘shimchalarning afzalliklari, sarflanuvchi energiya miqdori, komponentlar sarfi, material hajmi.
3. Material xususiyatini o‘zgarishi, struktura hosil bo‘lishi va qotish jarayonlari.


Tayanch so‘zlar: bog‘lovchi, qorishma, devorbop, suvoq, pardoz, quruq, qurilish.
Qurilish qorishmasi bog‘lovchi materiallardan biri (sement, ohak, gips va boshqalar) suv, qum va har xil qo‘shilmalar bilan qorishtirilganida tayyorlanadi.
Qurilish qorishmalari suvoqchilikda, tosh, g‘isht, bloklar va boshqa materiallardan devorlar qurishda, devorbop bloklar, plita-taxtalarda ishlatiladi. Qurilish qorishmalarini tayyorlashda to‘ldirgichlarning yirikligi 5 mm dan oshmasligi kerak.
Qorishmadagi bog‘lovchi moddalarning xiliga ko‘ra oddiy qorishmalar – sementli, ohakli, gipsli yoki murakkab qorishmali – sement-ohakli, sement-tuproqli, ohak-gipsli kabi turlarga bo‘linadi.
Ishlatilishiga ko‘ra qorishmalar devorbop, pardozbop va maxsus qorishmalarga bo‘linadi.
Qorishmaning joylanuvchanligi va yoyiluvchanligi kabi xossalari uni ishlatish uchun qulay bo‘lishi kerak. Tayyorlangan qorishmaga standart konusining qancha chuqurlikka botishiga qarab, uning yoyiluvchanlik ko‘rsatkichi topiladi. Qorishmaning ishlatilishiga qarab konusning botish chuqurligi quyidagicha qabul qilinadi:
– devorbop panel va bloklarni montaj qilishda ularning choklarini to‘lg‘izish uchun 5-7 sm;
– yirik bloklar, shuningdek, ichi bo‘sh g‘isht yoki boshqa buyumlarni tayyorlashda 7-8 sm;
– xarsang toshlarni terishda 4-6 sm, toshlarni titratish usuli bilan qorishmaga botirilgan konusning cho‘kishi 1-3 sm ga teng qilib olinadi.
Qorishmaning yoyiluvchanligi asosan undagi suv miqdoriga, shuningdek, to‘ldirgichning suv shimuvchanligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Qorishmaning suv ushlashini oshirish va unga plastiklik xususiyatini berish maqsadida qorishmaga juda mayda qilib tuyilgan anorganik qo‘shilmalar (ohak, kul va boshqalar) va organik plastifikatorlar (sovun suvi, sulfit spirt bardasi va boshqalar) qo‘shiladi.
Qorishmani qoniqarli yoyiluvchanlikda tayyorlash uchun unga organik plastifikatorlardan 0,1-0,25 % miqdorda qo‘shish kerak. Qorishmaning mustahkamligi bog‘lovchining aktivligiga, suv-sement nisbatiga, zichligiga va qotish sharoiti kabi faktorlarga bog‘liq.
Oddiy yoki og‘ir qorishma uchun tabiiy qumlar, engil qorishmalar uchun pemza, keramzit va shlak qumlari kabi to‘ldirgichlar ishlatiladi. To‘ldirgichlarning yirikligi devor choklarining qalinligiga qarab belgilanadi. Qumning yirikligi ko‘pi bilan 2,5 mm bo‘lishi kerak.
Qorishmalarni ishlash dastlab materiallarni tayyorlash, tortish va aralashtirishdan boshlanadi. Qorishma tayyorlashda ishlatiladigan to‘ldirgichlar katagi 2 mm li g‘alvirdan o‘tkazilishi kerak. Agar qorishmaga tuproq qo‘shilsa, uni avval yoyiluvchanligini 14-15 sm ga teng qilib suvda qorishtiriladi, so‘ng qorishmaga qo‘shiladi.
Qorishma havo sovuq vaqtda ishlatilsa, unga tez qotiruvchi yoki muzlash temperaturasini pasaytiruvchi qo‘shilmalar qo‘shiladi.

Download 26,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish