Qorishmalar va quruq qurilish qorishmalar ishlab chiqarishda bog‘lovchi moddalar, to‘ldiruvchilardan tashqari qo‘shimcha moddalar ham keng qo‘llaniladi, ular qo‘shimchalar deyiladi. Ishlab-chiqarish bosqichlarida qo‘shimchalar sarflanuvchi energiya miqdorini kamaytiradi, qimmatbaho komponentlar sarfini, material hajmini kamaytiradi, material xususiyatini yaxshilaydi, struktura hosil bo‘lishi va qotish jarayonlarini tezlatadi yoki sekinlashtiradi.
Materiallar ekspluatatsiyasi davrida avvalo qo‘shilgan qo‘shimchalar material struktrasini mustahkamlaydi, uning hayt davrini oshiradi.
Qo‘shimchalarning asosiy funksional vazifasi – bu aralashmadagi bir yoki bir necha komponentlar bilan reaksiyaga kirishishidir, shu bilan ular to‘ldiruvchilardan farq qiladi. Reaksiya natijasida aralashmada avval uchramagan yangi birikmalar paydo bo‘ladi. To‘ldiruvchi kabi kimyoviy tarkibiga ega, kukunsimon qo‘shimchalar ko‘p tarqalgan.
Qo‘shimchalar sarfi bog‘lovchi yoki quruq qorishma massasining bir foizini yuzdan bir qismidan 1-2 % gachachegarada o‘zgarishi mumkin.
Ishlab chiqarish sharoiti va ahamiyatiga ko‘ra, qo‘shimchalar suv bilan birga, yoki quruq kukun (quruq qorishma) ko‘rinishida qo‘shiladi. Qo‘shimcha aniq talablarga javob berishi kerak – donali tarkibiga va quruq qo‘shimchalar qo‘shishi vaqtida aralashtirishi davomiyligiga ko‘ra, aralashmalarda yaxshi taqsimlanishi kerak. Suvda eruvchan qo‘shimchalarni qo‘llaganda, eritish suvi bilan shaklli qorishmalarga qo‘shish – eng yaxshi taqsimotni beradi. Bundan tashqari, ularga toksiklik, yong‘in, portlash va kimyoviy xavfsizlik bo‘yicha maxsus talablar mavjud.
Shlakli qorishma va mahsulotlar xususiyatlariga axamiyati va xarakteri bo‘yicha ta’sir ko‘rsatishiga qarab, qo‘shimchalarni bir necha guruhga bo‘lish mumkin:
– gidrotatsiya, qotish va ushlash jarayonlarini tezlashtiruvchilar;
– gidrotatsiya va qotish jarayonlarini sekinlashtiruvchilar;
– shlakli qorishmalarining qulay joylashtirish xususiyatini oshiruvchilar;
– adgeziya va sun’iy tosh (polimer) chidamliligini oshiruvchilar;
– havoni tortuvchilar;
– bog‘lovchi (to‘ldiruvchi) sarfini kamaytiruvchilar;
– mahsulotlarning suvga chidamliligini oshiruvchilar;
– biokimyoviy korroziyaga to‘sqinlik qiluvchilar.
Shuni ta’kidlash joizki ko‘pgina qo‘shimchalar polifunsionaldir, bu esa ularni ishlatiliishga to‘sqinlik qiladi.
Gidrotatsiya, ushlash va qotish jarayonlarini tezlatuvchi-qo‘shimchalar. Gipsga nisbatan suyuq fazani oshiruvchi va gidrotatsiya jarayonini tezlatuvchi kuchli – elektrolitlar. Bu qo‘shimchalarga suvda eruvchan NaCl, K2SO4, Al2(SO4), FeSO4, CuSO4, K2SO4, KAl(SO4)2, KNO3, NaNO3, KOH, NaOH, H2SO4, HCl, NaHPO4, K2CO3 va boshqalar kiradi.
Gips bog‘lovchi materiallar gidrotatsiyasi, ushlashi va qotishini sekinlashtiruvchi qo‘shimchalar.
Ayrim sekinlashtiruvchi qo‘shimchalar va ularning sarfi 6.1-jadvalda keltirilgan. Gips bog‘lovchi qorishmalar gidrotatsiyasi, ushlashi va qotishini sekinlashtirishning samarali usuli bu shlakli qorishmalar temperaturasini 50-95 °S gacha oshirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |