Mavzu: ozon qatlamida sodir bo’layotgan o’zgarishlarni geoekologik oqibatlari



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/35
Sana31.03.2022
Hajmi1,26 Mb.
#519924
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
ozon qatlamida sodir bolayotgan ozgarishlarni geoekologik oqibatlari

Ozon qatlami nimadan saqlaydi? 
Monreal protokoli ozon qatlamini 
himoya qilish borasidagi global harakatlarda kattagina muvaffaqiyatlarga erishgan 
bo’lsa-da, biroq bu maqsadning yakunlanishiga erishish uchun hali vaqt bor. 
Quyida Protokol Tomonlariga, ular ozon qatlami xavfsizlikda qolishida davom 
etishiga ishonch hosil bo’lishidan oldin, hali hamon yengish lozim bo’lgan ayrim 
muammolardan ba’zilari keltirilgan: 
Ozon qatlami himoyasini ta’minlash uchun zarur bo’lgan, ozon yemiruvchi 
moddalardan to’liq global bosqichma-bosqich voz kechishning barqaror 


27 
sur’atlarini saqlash: ozon qatlami tiklanishini bashorat qilayotgan barcha ilmiy 
tahliliy tadqiqotlar natijalari Protokol tomonidan ko’zda tutilgan majburiy 
bosqichma-bosqich voz kechish shartlariga to’liq rioya qilish nuqtai nazariga 
asoslanadi. Shuning uchun keyingi bir necha yillar mobaynida Tomonlar ozon 
yemiruvchi moddalarni to’liq bartarf etilishiga yordam berishlari lozim. Ushbu 
faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan qo’llab-quvvatlashlarga qaramay, 
XFU larni qo’llashning saqlanib qolayotgan turlaridan, xususan ulardan 
konditsioner va sovutkichlarda foydalanishdan uzil-kesil bosqichma-bosqich voz 
kechish oson vazifa bo’lmaydi hamda rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlarga ham mazkur maqsadga erishish uchun anchagina vaqt kerak 
bo’ladi.
Iqlim uchun muqobil ozon yemiruvchi moddalarga xavfsiz o’tishni 
ta’minlash: Modomiki, GXFUlar va ularning ishlab chiqarilishi bilan bog’liq 
bo’lgan qo’shimcha mahsulotlar global isishni keltirib chiqaradigan gazlar ekan, 
ularni ishlab chiqarilishi va iste’molining davom etishi ham ozonning yemirilishi 
va 
iqlim 
o’zgarishiga ko’maklashadi. Bundan tashqari, GXFUlarga 
gidroftoruglerod (GFU)lar kabi ayrim muqobilliklar ozon qatlamiga zarar 
yetkazmaydi, ammo global isishga ko’maklashadi. Monreal protokoli Tomonlari 
yaqinda Protokolga kiritiladigan ikkita tuzatishni ko’rib chiqdilar, biroq bu borada 
hanuzgacha biror bir kelishuvga erishilmadi.
Nihoyat, konditsioner va sovutkichlarni ishlab chiqarishda ozon yemiruvchi 
moddalardan voz kechilishi energiya samaradorligini oshirish orqali global isishga 
qarshi kurashda katta yutuqlarga erishish imkonini bermoqda. Garchi Monreal 
protokoli buni talab qilmasa-da, Tomonlar o’zlarining GXFUlardan voz kechishda 
energiya samaradorligi kabi omilni hisobga olish majburiyatini oldilar.
Moliyalashtirish: Ko’pgina Tomonlar, ozon yemiruvchi moddalardan 
bosqichma-bosqich voz kechish ishida sezilarli o’sishga erishilgan sayin, 
bosqichma-bosqich voz kechish bilan bog’liq bo’lgan mavjud muammolarni hal 
etish uchun direktiv organlar e’tiborini jalb qilish va ulardan moliyaviy yordam 
olish borgan sari murakkab bo’lib borayotganligini payqadilar. 


28 
4-rasm 
Hozirga qadar direktiv tashkilotlar e’tiborini bunga qaratish hamda ulardan 
mazkur muammolarni hal qilish uchun moddiy yordam olish chora-tadbirlarini 
amalga oshirish nihoyatda qiyin vazifa ekanligiga o’z faoliyatlari davomida amin 
bo’ldilar. 
Shu kunga qadar bunga haqqi bor bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlarning
ko’pchiligi protokol doirasida, ularning bosqichma-bosqich voz kechish 


29 
borasidagi xatti-harakatlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ko’p tomonlama 
jamg’arma tomonidan moliyalashga ko’p jihatdan ishongan edilar va jamg’arma 
tomonidan yordam ko’rsatilishining davom ettirilishi ushbu mamlakatlarda 
tegishli qoidalarga rioya qilishning yuqori darajasini saqlashda muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Bosqichma-bosqich 
voz 
kechishni 
rivojlangan 
va 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda ham haqiqatdan yakunlash uchun mazkur masalaga yuqori e’tiborni 
qaratish lozim bo’lgani kabi, moliyalashni davom ettirishda ham sodiqlik talab 
etiladi. 
Noqonuniy savdo-sotiq bilan kurashish va noqonuniy maqsadlarda hamon
davom etayotgan ozon yemiruvchi moddalardan foydalanishning oldini olishni 
ta’minlash: ozon yemiruvchi moddalardan bosqichma-bosqich voz kechilishi sari, 
kimyoviy moddalarni yetkazib berilishiga cheklovlar yanada kuchayib bormoqda, 
chunki ko’pincha bunday moddalarning noqonuniy savdo-sotig’i yo’li bilan pul 
ishlash xohishi kattalashib boradi; tomonlar ushbu muammoni hal etishdagi o’z 
harakatlarini faollashtirishlari lozim. 
Ozon qatlami uchun favqulodda tahdidga egaligi aniqlangan yangi kimyoviy 
moddalarni tartibga solinishini ta’minlash: ozon yemiruvchi moddalarga 
muqobillikni ishlab chiqarishga ilhom bergan o’sha ijodiy tadbirkorlik ruhi yangi 
ozon yemiruvchi moddalarni yoki iqlimiy o’zgaruvchan hususiyatli moddalar 
ixtirosiga ham turtki berishi mumkin. 
Protokolga ko’ra, Tomonlar bozorda yangi zararli birikmalar paydo 
bo’lmasligi uchun yangi kimyoviy moddalar testlarini o’tkaza turib, hushyorlikni 
namoyon qilishlari kerak. 
Ozon qatlami holatini bashoratlarga muvofiq ravishda tiklanishini ta’minlash 
maqsadida monitoring yuritish: iqlim o’zgarishi va ozon qatlamining kamayib 
ketishining o’zaro bog’liqligi to’g’risidagi so’nggi ma’lumotlarni olinishi 
olimlarga ozon qatlamining tiklanishi avval kutilganga qaraganda kechroq sodir 
bo’lishini faraz qilishlariga asos berdi. 


30 
Jahon hamjamiyati tegishli xavf-hatarlarni bartaraf etish borasidagi chora-
tadbirlar hayotga tadbiq etilayotganligiga ishonch hosil qilishi mumkin bo’lishi 
uchun ozon qatlami holati monitoringini davom ettirishi lozim. 
Toshbaqa yoki sudralib yuruvchi sinfiga xos ba’zi hayvon turlari kosasi va 
bu uning tanasini saqlaydigan ustki qobig’idir. Ular sayyoramizda 700 million 
yillar avval paydo bo’lgan. Yer yuzida yashash uchun tirik jonzotni o’ldiradigan 
o’tkirquyosh nurlaridan saqlanish lozim edi, shuning uchun toshbaqalar kosani 
―kiyib olishga‖ majbur bo’ldilar. 
Qadimgi sudralib yuruvchilar (dinozavrlar) ham himoya qiluvchi qobiq va 
tangachaga ega bo’lganlar: Hozirgacha yashab kelgan pangolin, bronenosets, 
iguana, gatteriya kabi hayvonlarda ham shu qobiq va tangacha saqlanib qolgan. 
Bizni ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi bugungi ozon qatlami 
toshbaqalar uchun ham himoyalaydigan sharoit yaratdi, ammo ular hech qachon 
qobiq kosadan qutila olmaydilar, chunki ularning rivojlanish jarayoni tugagan, deb 
aytish mumkin. Toshbaqa qobig’i bu tabiatda toshbaqa va boshqa sudralib 
yuruvchilar paydo bo’lganda ozon yetishmaganligining dalilidir.

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish