2.Mahsulot (ish,xizmat)larning tarmoq va faoliyat tavsifi
Savdo korxonalari. Chakana va ulgurji savdo korxonalari boshqa korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan shug‘ullanadilar. Ular uchun aktivlarning muhim qismi tovarlar zaxirasi hisoblanadi. Shu sababli ham taxlilda muhim e’tibor tovarlar zaxirasining tarkibiga va dinamikasiga qaratiladi.
Tovarlar zaxirasining aylanish darajasi va bir martalik aylanishga ketadigan vaqt ko‘rsatkichlari ular faoliyatini baholashning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar qisqa va uzoq davriylikda o‘rganiladi va uning o‘zgarishlariga mos ravishda boshqaruv strategiyalari o‘zgarib boradi. Naqd mablag‘lar harakati savdo turiga va shakliga ko‘ra o‘zgarib turadi.
1-jadval
Aktivlarning aylanish davriyligi tavsifi
Faoliyat sikli
|
Naqdlik
|
Tovarlarnisotib
olish qiymati
|
Tovarlarni sotib olish qiymati
|
Foyda
|
1-davra
|
Naqd pul mablag‘lari
50 mln. sum
|
Tovaralarni sotib olish
50 mln. sum
|
Naqd pullar kirim 75 mln. sum
|
+25 mln. sum
|
2- davra
|
Naqd pul
mablag‘lari
75 mln. sum
|
Tovaralarni sotib olish 75 mln. sum
|
Naqd pullar kirimi
105 mln. sum
|
+30 mln. sum
|
3- davra
|
Naqd pul
mablag‘lari
105 mln. sum
|
Tovaralarni sotib olish
105 mln.sum
|
Naqd pullar kirimi 130 mln.sum
|
+25 mln.sum
|
4-davra
|
Naqd pul
mablag‘lari
130 mln. sum
|
……
|
……
|
……
|
5-davra
|
……
|
……
|
……
|
……
|
……
|
……
|
……
|
…….
|
……
|
CHakana savdoda tovarlar naqd pulga sotib olinadi. SHu sababli ham ularda debitorlik majburiyatlarining jami aktivlar tarikibidagi salmog‘i unchalik yuqori bo‘lmaydi. Ulgurji savdoda tovarlarni kreditga sotish hisobiga jami aktivlar tarkibida majburiyatlar summasi biroz yuqori summani tashkil etadi. SHu sababli ham analitiklar birinchi navbatda etiborni majburiyatlarning sifatiga va muddatiga qaratmog‘i lozim. SHuningdek, savdo korxonalarida ish xajmiga ta’sir etuvchi muhim faktorlardan biri sifatida mavsumning o‘zgarishiga tahlilda alohida ahamiyat qaratmoq lozim. Xizmat ko‘rsatuvuchi korxonalar. Xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning o‘ziga xos xususiyati shundagi ularda yangidan qiymat (mahsulot) yaratilmaydi.
Xizmatlar omborda saqlanmaydi, zaxiralarning jami aktivlar tarikibidagi salmog‘I uncha yuqori bo‘lmaydi. Kompaniyalarda asosiy rolni intelektual kapital egallaydi. Bunday kompaniyalar tahlilida asosiy etibor, aylanma aktivlarning samaradorliga qaratiladi. Ishlab chiqarish korxonalari. Ishlab chiqarish korxonalari tarmoqning eng faol, yuqori potensialli, ko‘p mehnat va xarajat talab qiladigan tarmoq bo‘g‘ini hisoblanadi. Ularga xos bo‘lgan eng muhim jihatlar asosiy vositalar, tovar moddiy zaxiralar va tugallanmagan ishlab chiqarish aktivlari qiymatining juda yuqoriligi bilan harakterlanadi.
Kommunal xizmatlar. Mazkur korxonalarda tahlilda eng muhim e’tibor ananaviy hisoblangan to‘lovga kobillik, likvidlik, aktivlar va xususiy capital rentabelligi ko‘rsatkichlarini baholash bilan farqlanadi. Kommunal xo‘jalik korxonalari uchun eng muhim ta’sir birligi sifatida uzoq muddatli majburiyatlarning qoplanuvchanlik darajasi baholanadi. Klommunal xujalik korxonalari xarajatlarining qoplanishiga alohida urgu beriladi. Ularning moliyalashtirishdagi mavjud holat ( o‘z o‘zini moliyalashtirish, maxalliy va respublika byudjetidan, turli jamg‘armalardan, fondalardan mablag‘ ajratish hisobiga) baholanadi. Debitorlik majburiyatlarining sifatligi tahliliga alohida urg‘u beriladi.
Gaz va neftni qayta ishlash korxonalari. Gaz va neftni qayta ishlash korxonalari moliyaviy hisobotlarida muhim element sifatida gaz va neft zaxiralarini qidirib topish va kazib chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish usullariga ahamiyat qaratiladi.
Gaz va neftni qayta ishlash korxonalarida asosiy kapitalning mikdori jami aktivlar qatorida eng yuqori salmoqni tashkil etadi. Majburiyatlar summasi ham boshqa tarmoq kompaniyalariga nisbatan juda yuqori. Investitsion kapitalning samaradlorligi va natijaviyligi muhim ko‘rsatkich sifatida baholanadi.
Transport korxonalari.
Transport tashkilotlari barcha bo‘g‘inlarda o‘z ahamiyati va muhimligi bilan alohida o‘rin tutadi. Transport tashkilotlarida muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida bir kilometr, bitta yo‘lovchi, tonna yukga qilingan xarajatlar darajasi baholanadi.
Qishloq xo‘jaligi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari aktivlari tarkibida eng muhim element bu yer hisoblanadi. Boshqa aktivlardan farqli ravishda yer amortizatsiya qilinmaydigan aktiv hisoblanadi. SHuningdek aktivlar qatorida biologik aktivlar salmog‘i ham yuqori ulushni tashkil etadi. Faoliya samaradorligi va natijaviyligidagi dinamik o‘zgarishlar (o‘sish) kishloq xujaligi korxonalarining rivojlanishining muhim omili hisoblanadi Moliyaviy soha. Moliyaviy kompaniyalarda aktivlar tarkibida asosiy ulushni qimmatli qag‘ozlarga, ko‘chmas mulkka va boshva instrumentlarga yo‘naltirilgan qisqa va uzoq muddatli investitsiyalar hajmi tashkil etadi. Shu sababli birinchi navbatda ushbu investitsiyalarning sifatini baholashga.
Passivlar tarkibida eng yuqori ulushni albatta karz mablag‘lari tashkil etadi. Masalan banklar ushbu majburiyatlarning jami passivlar tarkibidagi salmog‘i 90-95 foizga etadi. Shu sababli jalb kilingan qarz mablag‘larining qiymatiga, ularning qoplanishiga muhim ahamiyat beriladi. Banklarning moliyaviy hisobotlari va ularning yuritilishi boshqa tarmoq karxonalaridan tubdan farq qiladi. Axborotlarni olinishi va ularda molumotlarning ochib berilishi yuzasidan albatta farqli jihatlarni tarkiblash mumkin. Banklar uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichi sifatida aktivlar rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi ko‘rsatkichlari baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |