3-jadval Mahsulot sotish hajmi, ishlab chiqarish harajatlari va natija aloqadorligini ko‘rsatkichlar tizimi
Daromad
Harajat
Natija
1
2
3
Mahsulot sotishdan sof tushum
(2500.0 m.s.)
Sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish
tannarxi(2250.0 m.s.)
Mahsulot sotishdan yalpi foyda
(250.0 m.s.)
A)O‘zgaruvchan harajatlar(2000.0 m.s.)
Marjinal foyda
(500.0 s.m.)
B)O‘zgarmas harajatlar
(250.0 m.s.)
Mahsulot sotishdan sof foyda(250 m.s.)
Jadval natijalaridan shuni xulosa qilish mumkinki ; mahsulot sotishdanolingan sof tushum 2500.0 ming so‘mni va uning ishlab chiqarish tannarxi 2250.0 ming so‘mni tashkil etgan. Mahsulot sotishdan ko‘rilgan natija 250 ming so‘m ijobiy farqlanishga ega bo‘lgan.Umumiy ishlab chiqarish harajatlarining ichida 2000.0 ming so‘mi o‘zgaruvchan harajatlar, 250 ming so‘mi o‘zgarmas harajatlar sifatida belgilangan. Bu orqali mahsulot sotishdan marjinal foyda va sof foyda ko‘rsatkichlari aniqlangan
4.Mahsulot (ish,xizmat)larning kritik hajm darajasi va uning omili tahliliFirma va kompaniyalar faoliyat yuritayotganda turli kutilmagan xodisalarga duch keladi. Bu esa to‘g‘ri baholashni talab etadi. Mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarishda uning qanday hajmi korxonaga zararsiz ishlash imkonini tug‘diradi, yoki mahsulotning qaysi birligida mahsulot sotishdan olinadigan tushum to‘la o‘zgaruvchan va o‘zgarmas harajatlarni qoplay oladi? Mahsulot ishlab chiqarishning kritik xajm darajasini aniqlash yuzasidan 2 xil yondashuv mavjud:
Grafik usul (mahsulot ishlab chiqarish hajmini aniqlashning xarajat tushumfoyda aloqadorligidagi kompleks grafigi tuziladi) Tenglik usuli (Tushum-xarajat=foyda formulasidan iborat tenglikdan foydalaniladi) Marjinal daromad usuli (sotishdan sof tushum-o‘zgaruvchan xarajatlar=marjinal foyda-doimiy xarajatlar=yalpi foyda) Ushbu vazifani bajarish uchun firma va kompaniyalarda mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi ko‘rsatkichi aniqlanadi.
ST-O‘X>DX Boshqacha qilib aytganda, rentabellikka erishishning eng afzal quroli – bu o‘zgaruvchan harajatlarni minimallashtirish (kamaytirib borish)dir. Buning uchun rentabellikning chegaraviy nuqtasi, ya’ni "Zararsizlik nuqtasi" ni aniqlash zarur "Zararsizlik nuqatasi" deganda foyda va zarur zonalarini bir-biridan ajratib turadigan chegaraviy nuqta tushuniladi. Bu nuqta harajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan, minimal oborot hajmini yoki minimal tushum hajmini ko‘rsatadi. Bunuqtaga erishish tufayli ishlab chiqarilgan (sotilgan) qandaydir minimal mahsulot hajmi bilan korxona harajatlarini butunlay qoplashga erishish mumkin. Bu g‘oya "marjinal foyda konsepsiyasi"ga asoslanadi. Uning formulasi quyidagicha: