1.Operatsion faoliyat tahlilining mazmuni va muhim vazifalari Xo’jalik subektlari faoliyati turlarini korxona faoliyatida ko’radigan bo’lsak ular ikki turga bo’linadi
1.Odatdagi faoliyat
2.Favqulotda faoliyat
Odatdagi faoliyat turini o’zini uch turga bo’lish mumkin bular:
Asosiy faoliyat
Moliyaviy faoliyat
Investitsion faoliyat
Operatsiya(asosiy) faoliyati - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek sub’ektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyat
Operatsion faoliyat- xo‘jalik sub’ektning asosiy daromad olib keluvchi faoliyat turidir.Operatsion faoliyat tahlilida xo‘jalik sub’ekti asosiy faoliyatining muhim ob’ektlari: mehnat vositalari, predmetlari va mehnat resurlarining ta’minoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga ega bo‘lishdagi kompleks tizim o‘rganiladi.
Investitsiya faoliyati - uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya ob’ektlarini sotib olish va sotish
Moliyaviy faoliyat - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati bo‘lib, uning natijasidao‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va tarkibida o‘zgarishlar yuz beradi. Faoliyat turlariga mos ravishda tahlil ham operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat tahlili turlariga tarkiblanadi.
Operatsion tahlil- xo‘jalik yurituvchi sub’ektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek sub’ektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati tahlilidir.
Operatsion tahlil – xo‘jalik sub’ektining moliyaviy natijalarining ishlab chiqarish xarajatlari va tushum hajmiga bog‘liqligidan iborat tahlil turidir Investitsion tahlil - uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya ob’ektlarini sotib olish va sotishni tahlilidir. Investitsion tahlil investitsion faoliyat, uning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlil turidir.Moliyaviy faoliyat tahlili- xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va ular tarkibidagi o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir.Moliyaviy faoliyat tahlili –xo‘jalik sub’ektining moliyaviy xarakatlari, ularning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir. Mehnat vositalari va ulardan samarali foydalanishni tahlili. Asosiy faoliyatda foydalaniladigan mehnat vositalariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar kiritiladi. Ularning odatda aktiv va passiv turlari tarkiblanadi. Aktiv asosiy vositalar bu ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvchi mehnat vositalaridir.Passiv asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayoniga muhim sharoit ta’minlab beruvchi mehnat vositalaridir.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tahlil etishda ularning tarkibi, harakati,holati, samaradorli, rentabelli va uning dinamik o‘zgarishlariga muhim ahamiyat qaratiladi. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi
a) bir yildan ortiq xizmat muddati;
b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.
Korxona rahbari shuningdek, hisobot yilida aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar sifatida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqlidir.1