Mavzu: Operatsion faoliyatining tahlili va uning muhum jihatlari reja: Kirish



Download 55,01 Kb.
bet1/15
Sana03.11.2022
Hajmi55,01 Kb.
#859591
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
moliYAVIY TAHLIL



MAVZU: Operatsion faoliyatining tahlili va uning muhum jihatlari
REJA:
Kirish
1.Operatsion faoliyat tahlilining mazmuni va muhim vazifalari.
2.Mahsulot (ish,xizmat)larning tarmoq va faoliyat tavsifi
3.Mahsulot ishlab chiqarish hajmi,xarajatlar va foyda aloqadorligining tahlili (CVP tahlil)
4.Mahsulot (ish,xizmat)larning kritik hajm darajasi va uning omili tahlili
5.Mahsulot sotish hajmining tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Operatsiya- (latincha “Operatsion” so‘zidan olingan bo‘lib) muayyan maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan xarakatlarlarni anglatadi. Faoliyat- maqsadga erishish yo‘lida muayyan vositalardan foydalanishning rag‘batlantiruvchi jarayoni
Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi sube’ktning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek sub’ektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyatidir.
Operatsion faoliyat korxonaning asosiy faoliyat turi. Uning tashkil etilishida, asosiy faoliyat turining (OKONX) belgilanishi ham shu bilan izoxlanadi. Korxonlar faoliyatini asosiy qismi ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan shug‘ulanadilar. Agar korxonalar qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirsalar, ular ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga investitsion va moliyaviy faoliyatlar kirishi mumkin. Bunday faoliyat turlari korxonani qo‘llab quvvatlashning qo‘shimcha qatorlariga kiradi.Opreratsmon faoliyatning ustivorligi shundaki bunday faoliyat to‘liq mijozga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Operatsion faoliyat asosiy faoliyat yoki biznesga nisbatan, pul tushumlariga nisbatan eng ko‘p ishlatiladigan tushuncha hisoblanadi.
Operatsion faoliyat zamonaviy tahlilining muhim jihatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
-ishlab chiqarish va biznes samaradorligini o‘stirish istagining yuqoriligida; -erkin qarorlar qabul qilish yuzasidan xo‘jalik yuritish imkoniyatlarining kengligida;
-reja va dasturlarni doimiy koorektirovka qilish imkoniyatlari mavjudligida;
-boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p variantli hisob-kitoblarni amalga oshirishda axborotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarning yuqoriligida;
-faoliyatni rivojlantirishda barcha ichki va tashqi omillarning hisobga olinishida;
-joriy va istiqbolli rejalashtirish funksiyalarining o‘zgarishida;
-real erishilgan natijalarni boshqaruvning barcha bo‘g‘inlari bo‘yicha baholash imokniyatlarining mavjudligida
-matematik usullardan va elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish imkoniyatlarining kengligida;
-keng jamoaning boshqaruvga jalb etilishida;
-innovatsion jarayonlarni faoliyat va boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llash imkoniyatlarining majudligida;
-risklarni baholash va ularnri boshqarishda menejerlar rolining ortishida ko‘rish mumkin.
Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari asosan tadbirkorlik sub’ektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan kelib chiqadi.
Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok etadigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi. Operatsion faoliyatdan pul oqimlariga quyidagilar misol bo‘ladi:
-tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatishdan kelib tushgan pul mablag‘lari;
-royalti, xizmatlar haqi, komission to‘lovlar va boshqa daromadlar qo‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari;
-mol etkazib beruvchilarga tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar;
-xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar;
-sug‘urta tashkilotining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari va talablarlari, annuitetlar va boshqa sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va pul to‘lovlari;
-foyda solig‘i bo‘yicha to‘lovlar hamda soliqlarning qaytarilishi, agar ula moliyaviy yoki investitsion faoliyat bilan aniq bog‘liq bo‘lmasa;
-vositachilik yoki oldi-sotdi maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari.
Operatsion faoliyat tahlili yuzasidan quyidagi axborotlarga tayaniladi:
-aylanma mablag‘lar miqdori;
-resurslarni safarbar qilish yo‘llari;
-moliyaviy sablag‘lardan samarali foydalanish usullari;
-sarf xarajatlarni optimallashtirish;
-asbob uskunalarni ijaraga olish yoki sotib olish;
-tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymat bilan sotish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farqlanish;
-sotish xajmi va rentabellikning o‘sishi xaqidagi malumotlar.


Download 55,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish