Mavzu: Ona-Vatan


Mavzu: Saxiy va kamtar bo'ling (sahna-dars, integrativ dars)



Download 0,78 Mb.
bet13/35
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#210463
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
Mavzu Ona-Vatan-fayllar.org

Mavzu: Saxiy va kamtar bo'ling (sahna-dars, integrativ dars)

Maqsad:

a) ta'limiy: o'quvchilarga saxiylikning, kamtarlikning fazilatlari haqida ma'lumot berish;

b) tarbiyaviy: o'quvchilarda saxiylik, kamtarlik fazilatlariga xos ko'nikmalarni tarkib toptirish;

d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda ochiqqo'llik fazilatlarini rivojlantirish.

Dars uslubi: sahna-dars

Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar

Dars texnologiyasi



Dars elementlari


I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

Davomiyligi

2

3

5

5

5

5

5

5

3

5

2

Texnologik xarita


Mavzu


Saxiy va kamtar bo'ling

Maqsad va vazifalar


O'qituvchi: o'quvchilarda saxiylikning hikmati, saxiylik-fazilat, xasislik esa illat ekanligi haqidagi tushunchani tarkib toptirish; kamtarlik fazilatlari haqida ma'lumot berish.


Dars jarayonining borishi


Tashkiliy qism. O'tgan mavzuni takrorlash. Yangi mavzuni e'lon qilish. Sahnalashtirilgan ko'rinish. Sahna ko'rinishi haqida suhbat. Hikoyatni o'qish va fikr bildirish. Dam olish daqiqasi. Darsni yakunlash va xulosalash. Uyga vazifa topshirish.


O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi




Uslub: sahna-dars; Shakl: noan'anaviy dars. Texnologik usul: interfaol. Vosita: darslik, sahna ko'rinishi uchun kerakli jihoz va liboslar, Hotamtoy va o'tinchi chol rasmi. Nazorat: frontal, yakka.

Kutilayotgan natijalar


O'qituvchi: darsning maqsadiga erishish.


O'quvchi: saxiylik, kamtarlik fazilatlarini anglash.


Kelgusi rejalar


O'qituvchi: o'quvchi­larda saxiylik, kamtarlik fazilatini tarkib top- tiradi.


O'quvchi: saxiylikning, kamtarlikning ahamiya- tini anglaydi.


Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

II . O'tgan mavzularni takrorlash.

III. Boshlovchi-o'quvchi yangi mavzuni e'lon qiladi.

IV. O'quvchilar ijrosida Alisher Navoiyning quyidagi hikoyati sahnalashtirib ko'rsatiladi:

Bir kuni Hotamtoydan so'rabdilar:

— Ey, Hotamtoy! Yer yuzida sendan ham sharafliroq, faqir-fuqarolarning ehtiyojlarini qondirgan biror insonni ko 'rganmisan yoki eshitganing bormi?

Hotamtoy bunday javob beribdi:

— Bir kuni qirqta qo'y so'ydirdim. Ziyofat berib, hammani taklif qildim. O'zim yana biror kimsa bormikan deb chor-atrofni aylandim. Qarasam, shox-shabbalarni bog'lab, orqalab olgan bir sol kelmoqda. Unga yaqinlashib:

— Ey, ota! Hotamtoy katta ziyofat berayotganini eshitmadingizmi? Qo'ylar so'ygan, holvalar, palovlar tayyorlagan. Xalq hammasi ana shu dasturxon atrofiga to'plangan. Siz nega bormadingiz? ~ dedim.

Chol:


— O'zim orqalagan mana shu o'tinlarni sotib, ovqat olaman. Bu ovqat men uchun Hotamtoy bergan ziyofatdan lazzatliroq. Kuch-quvvatim bor ekan, hech kimga yuk bo'lishni istamayman, - deb javob berdi.

Mana shu cholni o'zimdan ham sharafliroq bildim, uning qadrini o'zimdan balandroq ko'rdim, debdi Hotamtoy"

V. Boshlovchi-o'quvchining quyidagi savollari asosida muammo yechimini izlashga qaratilgan suhbat o'tkaziladi:

1. O'tinchi chol nega Hotamtoyning ziyofatiga borishni xohlamadi?

2. Qariyaning saxiyligi nimada?

VI. Avvaldan tayyorlanib kelgan o'quvchi saxiylik va kamtarlik haqida "Buni bilib oling" shartli belgisi orqali berilgan ma'lumotlarni o'z fikrlari bilan boyitib izohlaydi.

VII. Darslikdan hikoyatni va «Kamtarga kamol, manmanga zavol» hikoyasini o'qish va ilovada berilgan savol va topshiriqlar asosida tahlil qilish.

VIII. Dam olish daqiqasi: Saxiylik va kamtarlik haqida qo'shiq tinglanadi.

IX. Darslikda berilgan rasmlar mazmuni izohlanadi.

X. Dars yakunlanib, o'quvchilar bilimi rag'batlantiriladi.

XI. Uyga vazifa: Saxiylik haqida maqollar topib kelish va «Men bilgan kamtarin inson» mavzusida matn tuzib kelish.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish