Dars texnologiyasi
Dars elementlari
|
I
|
II
|
II-2
|
II-3
|
III-l
|
III-2
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
1
|
3
|
5
|
5
|
18
|
10
|
1
|
1
|
1
|
Texnologik xarita
Mavzu
|
Ajdodlar merosi — faxr va iftixorimiz
|
Maqsad va vazifalar
|
O'qituvchi: Mavzuni atroflicha yoritish, darsni o'quvchilar bilan hamkorlikda olib borish, to'liq o'zlashtirishga erishish.
|
Dars jarayonining borishi
|
1. Tashkiliy qism.
2. Uy vazifasini tekshirish, testli kartochkalar tarqatma materiallar bilan ishlash.
|
|
3. Yangi mavzu ustida ishlash.
4. Topshiriq va savollar bilan ishlash.
5. Umumlashtirish va xulosalash.
6. Baholash.
7. Uyga vazifa berish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: muloqot, innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Shakl: frontal yakka. Vosita: so'rash, so'z, testli kartochkalar, tarqatma materiallar. Nazorat: frontal yakka kuzatish. Baholash: javoblardan kelib chiqib.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O'qituvchi: o'quvchilarning ijodiy fikrlay olishlariga, o'rganganlaridan xulosa chiqara bilishlariga erishadi.
|
O'quvchi: darsda faol qatnashadi, ijodiy fikrlaydi, xulosa chiqara biladi.
|
Kelgusi rejalar
|
O'qituvchi: o'tilgan darsni tanqidiy tahlil qiladi, o'z ustida ishlaydi.
|
O'quvchi: mavzuni mukammal o'rga- nadi, uy vazifasini bajaradi.
|
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
II. O'tgan darsni takrorlash.
1. Testli kartochkalar tarqatib, javob olish.
2. Tarqatma materiallar bilan ishlash.
3. "Ozod va obod Vatan" mavzusida tuzib kelingan hikoyalar eshitiladi, o'quvchilar bilan birgalikda muhokama qilinadi (daftarlar yig'ib olinadi).
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
1. Darslik bilan ishlash.
— Darslikning 7- sahifasida berilgan rasmlar asosida suhbatlashilib, ularga berilgan tushuntirish matni o'qiladi. Uning mazmuni ustida ishlanadi.
— 8- sahifada berilgan rasmlar va tushuntirish matni yuzasidan ham shunday ish bajariladi. «Alloma» so'zining lug'aviy ma'nosi beriladi.
Alloma - arabcha so'z bo'lib, eng bilimdon, zo'r olim ma'nosini anglatadi. Ilm-fanning bir yoki bir necha sohasini mukammal egallagan shaxs; qomusiy olim.
— "Mirzo Ulug'bekning sovg'asi" matni va unga berilgan rasm ustida ishlanadi.
2. Yulduzlar olamiga "sayohat" (shu asnoda dam olish lahzasi ham o'tadi).
O'qituvchi: Hozirgi o'rganganlarimizdan foydalanib yulduzlar olamiga "sayohat" qilamiz. Ko'zlaringizni yumgan holda "sayohat"ga otlanasiz. Qani, bolajonlar, bir yulduzlar bilan "suhbatlashib" ko'ring-chi, siz ularga, ular sizga nimalar deyishar ekan? Men sizga 2—3 daqiqa vaqt beraman (past ovozda biror yoqimli kuy qo'yib qo'yiladi).
Topshiriq bajariladi. O'quvchilar javoblari eshitiladi. Namunali javoblar rag'batlantiriladi.
(Eslatma: O'quvchining kichik bir fikri ham, fikr berishga harakat qilishi ham hurmat qilinishi, qo'llab-quwatlanishi shart! Shunda o'quvchi kelgusida o'z fikrlarini tortinmay bayon eta olishga o'rganib boradi).
— Darslik bilan ishlash davom etadi.
8- sahifadagi savol va topshiriqlar ustida ishlanadi.
IV. Umumlashtirish va xulosalash.
V. Baholash.
VI. Uyga vazifa: Mavzuni mukammal o'rganish, matn mazmuni ustida ishlash.
3- dars.
Mavzu: Buyuk ajdodlarimizning ibratli ishlari (Odobnoma, ona tili fanlari uyg'unlashgan dars)
Maqsad:
a) ta'limiy: o'quvchilarda mavzu yuzasidan bilim va ko'nikma, ona tili fanida olgan bilimlari yuzasidan malaka hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o'quvchilarda ajdodlar merosini qadrlash, ulaiga hurmat tuyg'ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda intellektual faollikni oshirish, mustaqil fikrlashga o'rgatish, nutq madaniyatini o'stirish.
Dars uslubi: noan'anaviy.
Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, videolavhali tasma.
Dars texnologiyasi
Dars elementlari
|
I
|
II-1
|
II-2
|
III-1
|
III-2
|
III-3
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
1
|
6
|
6
|
5
|
14
|
10
|
1
|
1
|
1
|
Texnologik xarita
Do'stlaringiz bilan baham: |