Darsning turi: sinf-dars.
Darsning uslubi: interfaol dars.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar.
Darsning texnologiyasi
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
X
|
Davomiyligi
|
5
|
2
|
5
|
5
|
5
|
10
|
3
|
5
|
3
|
2
|
Texnologik xarita
Mavzu
|
Ota-ona — aziz va mo'tabar
|
Maqsad va vazifalar
|
O'qituvchi: o'quvchilarda oila va ota-onaning mo'tabar va muqaddasligi haqidagi tushunchani tarkib toptirish.
|
Dars jarayonining borishi
|
«Chaqiriq» bosqichi: yangi mavzu haqida qisqacha ma'lumot berish.
«Anglash» bosqichi: darslikdagi rasmlarning o'zaro qiyosiy tahlili.
Darslikdan «Farzandning burchlari» o'gitini o'qish. Darslikdan «Buni bilib oling» shartli belgisi orqali berilgan matnni o'qish. Savol-javob.
«Fikrlash» bosqichi: didaktik o'yin. «Oila» haqida qo'shiq tinglash. Rebus ustida ishlash. Uyga vazifa topshirish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: noan'anaviy. Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: didaktik o'yin. Vosita: darslik, rasm. Nazorat: frontal, yakka.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O'qituvchi: darsning maqsadiga erishish.
|
O'quvchi: oila va ota- onaga g'amxo'rlik ko'rsa- tishni anglaydi.
|
Kelgusi rejalar
|
O'qituvchi: mavzuning keyingi mavzu bilan uyg'unligini ta'minlaydi.
|
O'quvchi: oilaning shax- siy hayotidagi ahamiya- tini anglaydi.
|
Darsning borishi:
I. O'tgan mavzuni mustahkamlash uchun o'quvchilar bilan kitob o'qish madaniyati haqida suhbat o'tkazish;
II. «Chaqiriq» bosqichi. Yangi mavzu yuzasidan qisqacha ma'lumot berish (o'qituvchining badiiy kirish so'zi);
III. «Anglash» bosqichi. Mavzu yuzasidan berilgan rasmlar va unga ilova qilingan savol-topshiriqlar asosida suhbat o'tkazish. O'quvchilar e'tiborini rasmlarning o'zaro qiyosiy tahliliga yo'naltirish va oilaga g'amxo'rlik haqida mustaqil xulosa chiqarishga sharoit yaratish lozim.
IV. Darslikdan «Farzandlik burchlari» o'gitini o'qish; unga ilova qilib berilgan savol topshiriqlarni bajarish; lug'at ustida ishlash.
V. Darslikdan Umarali Qurbonovning «Oyijonim» sherini o'qish; mazmuni ustida ishlash.
VI. «Fikrlash»bosqichi (guruhlararo musobaqa shaklida). Didaktik o'yin o'tkazish: o'quvchilarning «Oilaga g'amxo'rlik» tushunchasi haqidagi bilimlarini klaster metodi orqali aniqlash:
VII. Dam olish daqiqasi: «Oila» haqida qo'shiq tinglash;
VIII. Darslikdan jumboqni yechishga oid rebus ustida ishlash (javob: yurak)
IX. Darsni yakunlab, o'quvchilar bilimini rag'batlantirish.
X. Uyga vazifa:
U.Qurbonovning «Oyijonim» she'rini va maqollarni yod olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |