8- dars Mavzu: "Yozma ish"
Maqsad:
a) ta'limiy: o'quvchilarning yozma nutq savodxonligini o'stirish;
b) tarbiyaviy: o'quvchilarni ota-onaga hurmat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda yozma nutq ko'nikmalarini o'stirish.
Dars uslubi: an'anaviy dars.
Dars jihozi: metodik qo'llanma.
Dars texnologiyasi
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
1
|
4
|
10
|
25
|
3
|
2
|
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
|
Takrorlash
|
Maqsad va vazifalar
|
O'qituvchi: o'quvchilarning o'tilgan mavzular yuzasidan bilimlarini mustahkamlash va baholash.
|
Dars jarayonining borishi
|
Tashkiiiy qism. Matn mazmuni bilan tanishtirish.
Matnni qayta hikoya qildirish.
Yozma ish olish.
Darsni yakunlash.
Uy vazifasi berish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: an'anaviy. ShakI: sinf-dars. Texnologik usul: nazorat dars. Vosita: darslik. Nazorat: frontal.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O'qituvchi: darsning maqsadiga erishish.
|
O'quvchi: mavzu bo'yicha yaxlit tushuncha olish.
|
Kelgusi rejalar
|
O'qituvchi: o'quvchilar bilimining uyg'unligini ta'minlaydi.
|
O'quvchi: odob-axloq haqida mukammal tu- shunchaga ega bo'lish.
|
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish.
II. O'tilgan mavzular yuzasidan suhbat o'tkazish.
III. O'quvchilarni yozma ishga qo'yiladigan talablar bilan tanishtirish.
IV. Quyidagi yozma ish matni asosida nazorat ishi o'tkaziladi:
Ota-onaga hurmat odobi
Ota-onaga nisbatan hurmat, hech shubhasiz, muqaddas tuyg'udir.
Ota-onaga hurmat — bu ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan odatlarimizdan biridir. O'tmishda ota-bobolarimiz oilada farzandlariga qattiq tarbiya berganlar. Farzandlar ota-onasining ko'ziga tik boqmaganlar, ota-onaga qarab baqirib gapirmaganlar.
Agar ota-bobolarimizdan qolgan bu odatga amal qila bilsak, ota-onam hurmatini saqlay oldik, deb ayta olgan bo'lar edik.
V. Darsni yakunlash.
VI. Uyga vazifa: ota-onaga hurmat haqida maqollar topib kelish.
I BO'LIM YUZASIDAN QO'SHIMCHA MATERIALLAR
O'quvchilar bilimini nazorat qilishga qaratilgan test topshiriqlari
1. Ertaklar ...
a) ezgulikka yetaklar;
b) kelajakka olib borar; d) yaxshilikka chorlar.
2. Kitobni qay tarzda o'qish sog'liqqa zararli?
a) turib;
b) yotib;
d) so'zlashib.
3. Oila mustahkamligining asosi nimada?
a) to'qlikda;
b) boylikda; d) inoqlikda.
4. Kiygan kiyiming, yeyayotgan taomingda kimlarning hissasi bor?
a) ota-onamning, tikuvchining, oshpazning;
b) ota-onamning, tikuvchining, oshpazning, dehqonning, sotuvchining;
d) ota-onamning, tikuvchining, oshpazning, dehqonning.
5. Ota-ona va oila a'zolari bilan inoq bo'lish uchun nima qilish kerak?
a) ularga xushmuomala va g'amxo'r bo'lish kerak;
b) ularga muloyim gapirish kerak; d) ularni kuldirish kerak.
6. Hadisni davom ettiring. Kimki farovon hayot kechiray va dunyoda yaxshi nom qoldiray desa,...
a) o'rtoqlariga xushmuomala va g'amxo'r bo'lishi kerak;
b) ota-onasi va qarindosh-urug'lariga mehribon bo'lsin;
d) ota-onasi va qarindosh-urug'lariga xushmuomala bo'lsin.
Javoblar:
1- a; 2- b; 3-d; 4 - b; 5 - a; 6 - b.
Iqtidorli o'quvchilar uchun materiallar
Jumboq-krossvordni to 'Idiring. Unda qaysi shaharlarimiz nomi yashirilganini toping.
Savollar:
1. O'zbekistonning poytaxti...;
2. Xorazmdagi obidalar shahri;
3. Registon ansambli bilan dunyoga mashhur shahar.
Javoblar:
1- a; 2- b; 3-d; 4 - b; 5 - a; 6 - b.
Iqtidorli o'quvchilar uchun materiallar
Jumboq-krossvordni to'ldiring. Unda qaysi shaharlarimiz nomi yashirilganini toping.
Savollar:
1. O'zbekistonning poytaxti...;
2. Xorazmdagi obidalar shahri;
3. Registon ansambli bilan dunyoga mashhur shahar.
O'qiganlaringizdan xulosa chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |