Dars texnologiyasi
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
X
|
XI
|
Davomiyligi
|
1
|
5
|
7
|
3
|
7
|
5
|
5
|
3
|
5
|
3
|
1
|
Texnologik xarita
Mavzu
|
Ona tabiatni ardoqlang
|
Maqsad va vazifalar
|
O'qituvchi: o'quvchilarda ona tabiatni asrash, Qizil qitobga kiritilgan hayvon va o'simliklarni asrab- avaylash tushunchalarini tarkib toptirish, mazkur ishda o'quvchining vazifasi nimalardan iborat ekanligini anglatish.
|
Dars jarayonining borishi
|
Tashkiliy qism.
O'tgan dars mavzusini mustahkamlash.
Yangi dars mavzusini e'lon qilib, sahna ko'rinishi
namoyish qilish.
|
|
Savollar asosida suhbat o'tkazish. Darslikdan ertak o'qish. Savollar asosida suhbat. O'quvchining mustaqil chiqishi. O'qituvchining bayoni.
Iqtidorli o'quvchilarni didaktik material asosida ishlatish.
Darsni yakunlash. Uyga vazifa berish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: an'anaviy (ayrim interfaol metodlar qo'llangani holda). Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: o'quvchilar fikrini faollashtirish. Vosita: darslik, sahna ko'rinishi uchun kerakli jihozlar va liboslar. Nazorat: frontal, yakka.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O'qituvchi: o'quvchilarda tabiatga muhabbat uyg'ota olish.
|
O'quvchi: tabiatni seva olish, unga shaydo bo'la bilish.
|
Kelgusi rejalar
|
O'qituvchi: o'quvchilarni tabiatning chin shaydolari qilib tarbiyalash.
|
O'quvchi: tabiatni sevish va undan bahra ola bilish va uni avaylab asrash.
|
Darsning borishi:
I. Darsning tashkiliy qismi amalga oshiriladi.
II. O'tgan dars maqollarni yoddan so'rash va ularning mazmuniga oid savollar berish orqali mustahkamlanadi.
III. Yangi dars mavzusi e'lon qilingach, quyidagi hikoya o'quvchilar tomonidan sahnalashtirib ko'rsatiladi:
"Birni kessang, o'nni ek”
Alisher Navoiy Astrobod viloyatida hokimlik qilgan kezlarida shahar tashqarisidagi baland bir tepalikda keksa bir terak bor ekan. Navoiy kechki payt mulozimlari bilan shu yerga kelar ekan. Ulug' shoir keksa terakning mayin shabbodada shivirlab kuylashini tinglashni xush ko'rar ekan.
Bahor kunlarining birida Navoiy har galgidek mulozimlari bilan birga g'azalxon terakni qumsab shahar tashqarisiga chiqibdi. Borib qarasaki, g'azalxon terakni kimdir o'ldirib ketibdi. Alisher Navoiy og'ir xo'rsinib, mulozimlariga qotilni topib kelishni buyuribdi. Mulozimlar tezda afti-angori sovuq, barzangidek bir kishini ot oldiga solib haydab kelishibdi. Navoiy qattiq g'azablanganidan:
- Ey qotil, nega azim terakni nobud qilding? Yo bu bilan mendan o'ch olmoqchi bo'ldingmi? — debdi. Keyin mulozimlariga bu yaramasni qirq darra uringlar deb buyuribdi-da, har darra urganda, "Birga — o'n" degan hikmatni takrorlatib turishni ham tayinlabdi. Terakni to'sinbop deb kesgan odam mahalla imomi ekan, qirq darra yegandan keyin mulla mingan eshakdek yuvosh bo'lib, tavbasiga tayanibdi. Keyin u Navoiyning "Birga — o'n" deb aytgan hikmatining ma'nosiga ham tushunib olibdi. Qotil imom shundan keyin o'sha tepalikka o'n tup terak ekib, parvarish qilishga kirishibdi.
Bir-ikki yil ichida teraklar ko'kka bo'y cho'zib, gurkirab qolibdi. Alisher Navoiy o'z mulozimlari bilan yana o'sha tepalikka kelib qarasa, yosh teraklar bahor shabadasida shivirlab kuylayotgan ekan.
Shu terak bahona bo'libdi-yu, Astrobodda bog'-rog'lar ko'paya boshlabdi. Elu yurtga fayz kiribdi".
IV. Sahna ko'rinishidan so'ng o'qituvchi quyidagi savollar bilan o'quvchilarga murojaat qiladi:
1. Alisher Navoiy nima sababdan terak kesgan imomni qattiq jazoladi?
2. Siz tabiatni ardoqlashga qanday hissa qo'shasiz?
V. Darslikdan "Xonguli haqida ertak"ni ifodali o'qish.
VI. Ertakka ilova qilib berilgan savol asosida suhbat o'tkazish.
VII. O'quvchining mustaqil chiqishi ("Gulxan"jurnali 2009- yil, 2-soni, "Qushlar olami" boshsarlavhasi ostida berilgan Abdulla Saidovning "Jozibali Tustovuq" hikoyasi haqida o'z taassurotlarini so'zlab beradi)
VIII. O'qituvchi uning fikrini to'ldirib, tustovuq rasmini ko'rsatadi va shunday deydi: "Siz rasmini ko'rib turgan tustovuqlar xol-xol, qizg'ish yoki siyohrang aralash moviy tusda bo'lib, patlari quyosh nurida yaltirab turadi. Tumshuqlari ingichka, xuddi o'z go'zalliklari bilan g'ururlangandek, boshlarini tik tutib, atrofga mag'rur boqishadi. Ular yurtimizning Jizzax viloyatida uchraydilar. Tabiatni asrash jamiyati xodimlari qahratonning sovuq kunlarida qo'shimcha ozuqalar bilan ta'minlab, ularga g'amxo'rlik ko'rsatishadi.
Agar har birimiz jonivorlarga munosabatimizni o'zgartirib, ularga birdek g'amxo'r bo'lsak, jonivorlar bizdan qochmay, do'stlashadilar. Shunda hayotimiz yanada chiroyli va mazmunli bo'ladi".
IX. Didaktik material berilib, iqtidorli o'quvchilarning javobi tinglanadi (Darslikda mavzu bo'yicha berilgan rebus-jumboq va metodik qo'llanmaning "Iqtidorli o'quvchilar uchun materiallar" qismidagi tegishli material).
X. Darsni yakunlash va o'quvchilar bilimini rag'batlantirish.
XI. Uyga vazifa: "Tabiatni asrang" hayotiy ertakni o'qib, o'z fikrini aytishga tayyorlanib kelish.
Mavzu:_Umumlashtiruvchi_dars_(suhbat-dars)'>33- dars
Mavzu: Umumlashtiruvchi dars (suhbat-dars)
Maqsad:
a) ta'limiy: o'quvchilarda insoniy fazilatlarning yaxlitligi haqida tushuncha hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o'quvchilarda go'zal fazilatlarga ega bo'lishga rag'bat uyg'otish;
d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda go'zal fazilatlarni tarkib toptirish.
Dars uslubi: an'anaviy dars (suhbat-dars).
Dars jihozi: darslik, qo'shimcha adabiyotlar, mavzuga oid rasmlar.
Dars texnologiyasi
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
Davomiyligi
|
5
|
5
|
10
|
5
|
10
|
3
|
3
|
2
|
2
|
Texnologik xarita
Mavzu
|
Umumlashtiruvchi dars
|
Maqsad va vazifalar
|
O'qituvchi: o'quvchilarning o'tilgan mavzularda o'rgangan bilim va ko'nikmalarini uyg'unlashtirish.
|
Dars jarayonining borishi
|
Tashkiliy qism.
O'tilgan dars mavzusini mustahkamlash.
Yangi mavzu haqida qisqacha ma'lumot berish.
Darslikda bo'lim yuzasidan berilgan savollar asosida suhbat o'tkazish.
Dam olish daqiqasi.
Darslikdan rebus-jumboqni yechish.
Darsni yakunlash.
O'quvchilar bilimini baholash.
Uyga vazifa topshirish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: an'anaviy (suhbat metodi asosida). Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: erkin suhbat. Vosita: darslik. Nazorat: frontal, yakka.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O'qituvchi: darsning maqsadiga erishish.
|
O'quvchi: insoniy fazilatlarning uyg'unligi va yaxlitligini anglash.
|
Kelgusi rejalar
|
O'qituvchi: o'tilgan mavzuning keyingi mavzu bilan uyg'unligini ta'minlaydi. O'quvchilarda insoniylik fazilatlarini uyg'unlikda tarbiyalash.
|
O'quvchi:
Insoniylik tuyg'usini rivojlantirish.
|
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
II. Uyga berilgan vazifani so'rash.
III. Darsning kirish qismida o'qituvchi bugungi darsda o'tilgan mavzular takrorlanib, umumlashtirilishini aytadi.
IV. Darslikda bo'lim yuzasidan berilgan savollarga o'quvchilarning javoblari tinglanadi.
V. Javoblar tahlil etilib, o'qituvchi tomonidan kengaytiriladi.
VI. Dam olish daqiqasi (odob-axloq mavzusidagi bolalar qo'shiqlaridan birortasi tinglanadi).
VII. Darslikdan mavzuga oid rebus-jumboq yechiladi: Unda tushirib qoldirilgan "do'st, o'rik, soat, to'rt" so'zlarini o'quvchilar mustaqil ravishda topadilar.
VIII. Dars yakunlanib, o'quvchilar bilimi baholanadi.
IX. Uyga vazifa: bo'lim mavzularini takrorlab kelish (testga tayyorgarlik).
34- dars
Mavzu: Takrorlash
Maqsad:
a) ta'limiy: o'quvchilar bilimini nazorat qilish.
b) tarbiyaviy: o'quvchilarda odob-axloqqa oid tuyg'ularni o'stirish.
d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda mutahkam axloqiy qarashlarni tarkib toptirish.
Dars uslubi: an'anaviy dars.
Dars jihozi: darslik.
Dars texnologiyasi
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
5
|
10
|
20
|
10
|
8
|
2
|
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
|
Takrorlash
|
Maqsad va vazifalar
|
O'qituvchi: o'tilgan mavzular yuzasidan o'quvchilar bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash.
|
Dars jarayonining borishi
|
Tashkiliy qism.
O'tilgan mavzular yuzasidan qisqa savol-javob o'tkazish.
Test yozishga qo'yiladigan talablarni eslatish.
Test olish.
Darsni yakunlash.
Ta'tilga vazifa.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: an'anaviy. Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: nazorat dars. Vosita: darslik. Nazorat: frontal.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O'qituvchi: darsning maqsadiga erishish.
|
O'quvchi: o'tilgan mavzular haqida yaxlit tushunchalarga ega bo'lish.
|
Kelgusi rejalar
|
O'qituvchi: o'tilgan mavzular yuzasidan o'quvchilar bilimining uyg'unligini ta'minlaydi.
|
O'quvchi: odob-axloq haqida mukammal tushunchaga ega bo'lish.
|
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
II. O'tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o'tkazish.
III. Test yozishga qo'yiladigan talablar haqidagi ma'lumotlarni eslatish.
IV. Quyidagi savollar asosida test olish:
1. "Qizil kitob" ga kiritilgan hayvon va o'simliklar nomi to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping:
a) qo'y, echki, moychechak;
b) Buxoro kiyigi, burgut, bulbul, yo'lbars, tustovuq, lola, xonguli;
d) kalxat, to'qay mushugi, arslon, yowoyi echki.
2. tabiat in'omlari -bu ...
a) tabiat hodisalari, dov-daraxt, o'simlik, jonivor va qushlar;
b) atrofimizdagi barcha narsalar; d) bizni quvontiradigan qadriyatlar.
3. Maqolning davomini toping: O'tgan kuningni ...
a) yodingda tut; b) unutma; d) eslab qol.
4. Milliy bayramlar nomi to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping:
a) Navro'z, Mehrjon, Hosil bayramlari;
b) Xotin-qizlar kuni, Ustoz va murabbiylar kuni; d) Bilimlar kuni, Matbuot xodimlari kuni.
5. Sog'lom bo'lish uchun kun tartibiga nimalarni kiritish lozim?
a) muzdek suvda cho'milish, to'yib ovqatlanish, o'ynash;
b) har kuni uyquga yotishdan awal toza havoda 30 daqiqa aylanish, kuniga 8 soatdan uxlash, kuniga kamida 1 soatdan jismoniy mehnat qilish, ertalab kamida 10 daqiqa jismoiny tarbiya qilish;
d) to'yib ovqatlanish, toza havoda 30 daqiqa aylanish, kuniga 8 • soatdan uxlash.
6. Bosh qonunimiz — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nimalar uqtirilgan?
a) kun tartibiga rioya qilishning zarurligi.
b) kitob bilim manbayi ekanligi
d) bolalarning bilim olish, dam olish va sog'liqni saqlash huquqlari mavjudligi
To'g'ri javoblar: 1-d; 2- a; 3-b; 4-a; 5- b; 6- d.
V. Darsni yakunlash.
VI. Uyga vazifa: o'tilgan mavzular asosida "Ona Vatanim — go'zal maskanim" mavzusida ijodiy matn tuzish.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |