Nuqtali vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:
1) O‘z ichida vergul bo‘lgan yoyiq uyushiq bo‘laklar orasida:
Mehnat, ijod, odam sharafi;
Dil yorug‘i, hayot quvonchi,
Hammasining asl manbai
Sen, Vatanim – tinchlik tayanchi. (S.Nazar)
2) O‘z ichida vergul bo‘lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqillikka ega sodda gaplar orasida hamda har xil turdagi gaplarni o‘z ichiga olgan qo‘shma gaplarda: Daraxtlar, butalar shitirladi; kuzning salqin nafasi yuziga urildi.
Vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1) Uyushiq bo‘laklar orasida:
bog‘lovchisiz birikkan uyushiq bo‘laklar orasida: Andijon, Namangan, Qo‘qon, Marg‘ilon – O‘zbekning chamani bog‘u bo‘ston. (G’.G’.)
takrorlanuvchi bog‘lovchilar bilan birikkan uyushiq bo‘laklar orasiga: U goh kulimsiraydi, goh chuqur o‘yga toladi.
zidlovchi bog‘lovchilar yordamida birikkan uyushiq bo‘laklar orasiga: Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. (P.Q.)
2) Undalmalarni ajratish uchun: Ertaga, azizim, toqqa jo‘naymiz.
3) Kirish so‘zlarni va tuzilishiga ko‘ra murakkab bo‘lmagan kirish gaplarni ajratish uchun: Xullas, ertaga shu yerda yig‘iladigan bo‘ldilar. Men sizga aytsam, odamning yomoni bo‘lmaydi.
4) Ha va yo‘q so‘zlarini gap bo‘laklaridan ajratish uchun: Ha, bu gapingiz to‘g’ri. Yo‘q, ertaga kela olmayman.
5) Gapning ajratilgan bo‘laklarini ayirib ko‘rsatish uchun: “Biz, yoshlar, ota-bobolarimiz qoldirgan bebaho merosni ko‘z qorachig‘iday asrashimiz kerak”.
6) Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplarda: Eshik ochildi, ichkariga muzday havo yopirilib kirdi.
7) Va, ham, hamda, yoki (yolg‘iz kelgan) bog‘lovchilaridan boshqa bog‘lovchilar bilan bog‘langan qo‘shma gaplarda: Hamma gapirdi, lekin u bir chekkada xomush o‘tirar edi.
8. Ergash gapni bosh gaplardan ajratish uchun: Hamma yig‘ilgach, majlis boshlandi.
9) Muallif gapini ko‘chirma gapdan ajratish mumkin: – Bugungi qilgan ezgu ishlarimiz, – dedi ota, – kelajak uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.
1) So‘roq mazmuniga qaraganda his-hayajon kuchli bo‘lgan so‘roq gaplardan keyin undov va so‘roq belgisi birikkan holda (!?) qo‘yiladi: Go‘zallik olamni qutqarishiga kim ishonmaydi!?
2) Kuchli his-hayajon bilan berilgan savolni ifodalaydigan so‘roq gaplardan so‘ng so‘roq va undov belgisi birikkan holda qo‘yiladi: A!? – Xonkeldiyeva turgan yerida surat bo‘lib qoldi. – Direktorimiz-a?! (H.G’.)
3) Kuchli his-hayajon ifodalangan va mazmunan tugallanmagan gaplardan keyin undov belgisi va ko‘p nuqta birikkan holda (!..) qo‘llanadi: – Nafisa!.. Nafisaoy!.. – dedi Aziz o‘pkasi yumshab, ko‘zlariga qaynoq yosh keldi. (H.G’.)
4) Mazmunan tugallanmagan so‘roq gaplardan so‘ng so‘roq belgisi va ko‘p nuqta birikkan holda (?..) ishlatiladi: – Nima dedingiz? Bularning hammasi men uchun?..
Do'stlaringiz bilan baham: |