Undov belgisi quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1) Kuchli his-hayajonni ifodalagan gaplardan so‘ng: Yoshligimizda naqadar baxtiyor edik!
2) Buyurish, tilak, orzu ma’nolarini ifodalagan gaplardan so‘ng: Hoziroq bularni ko‘zimdan yo‘qot! Qandi endi qush kabi osmonda parvoz qilsa!
3) Gap boshida kelib, kuchli his-hayajon ifodalagan undalmalardan, undov hamda ha va yo‘q so‘zlaridan so‘ng: Yo‘q! Rustam bunday qabihlikka bormaydi hech qachon! Azizlar! Sizni mustaqillik bayrami bilan tabriklayman!
Nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1) Tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq va undov (his-hayajon) gaplardan keyin: Oltin kuz fasli kirib keldi. Darslarni o‘z vaqtida tayyorlab yurgin. Koshki uni kuchi yetsa.
2) Birinchi qismida nuqta, ko‘p nuqta, undov yoki so‘roq belgisi bo‘lgan ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan so‘ng: “Men hozir jo‘nayman, – dedi u. – Siz esa yarim soatlardan keyin yo‘lga chiqing”.
Do'stlaringiz bilan baham: |