O'quvchilar bilimlaridagi aniqlangan bo'shliqlar ustida ishlash
Davlatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi ta'lim islohoti hozirgi kunga kelib ijobiy natijalarini ko'rsatmoqda. «Ta'lim to'g'risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida barcha ta'lim muassasalarida ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida darslar tashkil etilmoqda.
Xalq ta'lim vazirligining 2006 yil 10-iyundagi 152-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Umumiy o'rta ta'lim o'quvchilarining ta'lim tayyorgarligi darajasini aniqlashning ko'p ballik reyting tizimi to'g'risidagi Nizom»ga asosan o'quvchilarning bilim, ko'nikma, malakalarini baholash oraliq, joriy, ijodiy faollik, bosqichli va yakuniy nazorat turlari orqali amalga oshirilmoqda.
O'quvchilarning DTS talablarini o'zlashtirishi va sinfdan sinfga ko'chirish ishlari 5 ta nazorat orqali amalga oshiriladi.
MSNI larni o'tkazish jarayonida bo'shliqga yo'l qo'ygan o'quvchilar bilan o'qituvchi yakka tartibda ishlashi lozim. Avval o'quvchilarning bo'shliqqa yo'l qo'ygan fanidagi mavzu aniqlanadi. Keyin esa shu mavzuga oid ko'rgazmalar, tarqatmalar, test banki ishlab chiqiladi. O'quvchi bilimidagi bo'shliqni to'ldirishda ko'proq mas'uliyat o'qituvchi zimmasiga tushadi.
Masalan 2-sinf o'quvchisi ona tili fanidagi 5-MSNIdan yetarli balni to'play olmadi. Shunda o'qituvchi tomonidan o'quvchilarning qaysi BKM elementlariga xatolikka yo'l qo'ygani tezda aniqlanib shu elementlar ustida qo'shimcha shug'ullanadi.
5-MSNI nazorat shakli diktant.
Tekshirishi lozim bo'lgan BKM elementlari nomi va soni.
1. Gaplarni bosh harflar bilan yozish.
2.Harf birikmali so'zlarni to'g'ri yozish.
3.Bo'g'inga to'g'ri ko'chirish.
4.Chiziqchali tinish belgilarini to'g'ri yozish.
5.Imlo va tinish belgilarini to'g'ri yozish
6.Chiroyli yozish.
Aytaylik o'quvchi harf birikmali so'zlarni to'g'ri yozish hamda bo'g'in ko'chirishda bo'shliqqa yo'l qo'ygan bo'lsa o'qituvchi o'quvchi bilan individual shug'ullanayotgan mavzusini yana bir bor tushuntirib o'tishi shart.
Masalan: bo'g'in ko'chirishga qiynaldi. Shunda o'qituvchi bir nechta bo'g'in ko'chirishga doir misollar aytadi va yozdiradi.
Mak-tab, ki-tob, o'quv-chilar, kutub-xona, paxta-zor, do'-kon.
Yana o'quvchi harf birikmali so'zlarni yozishga qiynaldi, shunda o'qituvchi bir qancha so'zlarni tarqatma kartochkalarga yozib keladi va bo'shliqqa yo'l qo'ygan o'quvchiga beradi. Shunda o'quvchi so'zlar orasidan harf birikmali so'zlarni ko'chirib yozadi.
Masalan: Singil, shahar, choy, dasht, mashina, tong… kabi so'zlarni yozadilar. O'qituvchi tomonidan xatolar tekshirilib, yutuqlar rag'batlantiriladi va to'ldiruvchi bal qo'yiladi.
O'quvchining o'ziga misollar keltirib yozish aytiladi. Xatolar tekshirilib, yutuqlar rag'batlantiriladi.
O'quvchilar qanchalik o'zlashtirganligini aniqlash maqsadida harf birikmali so'zlardan lug'at diktant olish ham yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |